III BOB. BO’LAJAK HARBIY TA’LIM O’QITUVCHILARIDA




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/43
Sana15.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#59965
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Bog'liq
Qo’l yozma huquqida
OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation, malumot
 


56 
III BOB. BO’LAJAK HARBIY TA’LIM O’QITUVCHILARIDA 
KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN 
TAJRIBA-SINOV ISHLARI 
1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o’tkazish 
Pedagogik adabiyotlarda bu yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib 
borishda asosiy e’tibor tadqiq etilayotgan muammoning amaliy jihatlarining 
yoritilishiga qaratilishi zarurligi ta’kidlab o’tiladi. Darhaqiqat, har qanday 
pedagogik jarayon o’z mohiyatiga ko’ra o’qituvchi hamda yaquvchi o’rtasida 
yuzaga kelib, o’zida didaktik yoki tarbiyaviy xususiyatlarni namoyon etuvchi 
amaliy faoliyat mazmunini yoritadi. Nazariy-pedagogik g’oyalar aynan ta’lim 
yoki tarbiya jarayonining mohiyatini amaliy o’rganish, tahlil etish va 
umumlashtirish asosida shakllanadi. Shu sababli ilmiy izlanishni olib borishda 
muammo bo’yicha amalga oshiriladigan tajriba-sinov ishlari yagona, yaxlit 
pedagogik tizimning yadrosi sifatida namoyon bo’ladi. 
Bo’lajak 
harbiy 
ta’lim 
o’qituvchilarida 
kasbiy 
kompetentligini 
shakllantirish muammosini tadqiq etish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib 
borishda yuqorida qayd etilgan fikrlarga tayanib ish ko’rildi. Dastlab tajriba-
sinov ishlarini olib borish yuzasidan maxsus dastur va ishchi reja ishlab chiqildi. 
Maxsus dasturda bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy 
kompetentligini shakllantirishga yo’naltirilgan tajriba-sinov ishlarini tashkil 
etishdan ko’zlangan maqsad, bu borada hal etilishi ko’zda tutilgan vazifalar, 
tajriba-sinov ishlarining tashkil etilish bosqichlari, har bir bosqichning xususiy 
maqsadlari, ularning nazariy tahlilini o’tkazilish shartlari kabi holatlar o’z 
ifodasini topdi. Quyida maxsus dasturning mazmuni haqida so’z yuritiladi. 
Tajriba-sinov ishlarini olib borishdan ko’zlangan maqsad – bo’lajak harbiy 
ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirish imkoniyatini 
yaratuvchi pedagogik shart-sharoitlar va omillarni aniqlab chiqishdan iborat. 
Tajriba-sinov ishlarini olib borishdan ko’zlangan maqsadga erishish quyidagi 
pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish hisobiga ta’minlandi: 
Mazkur maqsadni amalga oshirish, bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida 


57 
kasbiy kompetentlikni shakllantirish imkonini beruvchi tadqiqot ishlarini tashkil 
etdik. 
Tadqiqot vositasida quyidagi pedagogik vazifalarni ijobiy xal etilishi 
nazarda tutiladi.: 
1. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini 
shakllantirishga doir suhbatlar tashkil etish, test so’rovi yoki anketa so’rovlarini 
o’tkazish. 
2. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini 
shakllantirishga to’sqinlik qiluvchi omillar aniqlash va ularni bartaraf etish 
chora-tadbirlarini belgilash. 
3. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini 
shakllantirish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi shakl, metod va 
vositalarni aniqlash. 
4. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini 
shakllantirishga oid maxsus metodikani tajriba sinovidan o’tkazish. 
5. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini 
shakllantirishga erishish. 
6. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini 
shakllantirishga oid maxsus metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida 
tajriba-sinov ishlarining natijalarini umumlashtirish, tahlil etish. 
Tadqiqotning tajriba-sinov ishlari 2012-2014 o’quv yillari davomida uch 
bosqichda olib borildi. Tajriba maydoni etib, Nizomiy nomidagi TDPU harbiy 
ta’lim kafedrasining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo’nalishi talabalari 
belgilandi. Tajriba maydonlaridan sinov ishlariga jami 47 nafar talaba jalb etildi. 
Jami sinaluvchi-talabalar amaliyotga tatbiq etilgan metodika samaradorligini 
xolis baholash maqsadida tajriba hamda nazorat guruhlariga biriktirildilar. 
Tajriba guruhlaridagi sinaluvchi-talabalarning soni 24, nazorat guruhidagi 
sinaluvchi-talabalarning soni esa 23 nafarga teng bo’ldi. 
Tajriba guruhida dissertant tomonidan tavsiya etilaѐtgan hamda bo’lajak 
mehnat ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligi darajalarini shakllanishini 


58 
ta’minlashga ѐrdam beruvchi metodika asosida amaliy faoliyat yo’lga qo’yilgan 
bo’lsa, nazorat guruhlarida esa an’anaviy tartibda o’quv-tarbiya ishlari olib 
borildi. 
Shunday qilib, bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy 
kompetentligini shakllantirishga qaratilgan ilmiy izlanishni olib borishda tajriba-
sinov ishlarini tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratildi. Sinov ishlari bo’lajak 
harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid 
maxsus dastur asosida tashkil etildi.

Download 1.33 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  III BOB. BO’LAJAK HARBIY TA’LIM O’QITUVCHILARIDA

Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish