Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilari kasbiy kompetentligini




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/43
Sana15.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#59965
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
Qo’l yozma huquqida
OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation, malumot
3. Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilari kasbiy kompetentligini 
shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish 
O’quv jarayonini kompyuterlashtirish zamonaviy ta’lim sohasida hal 
qilinishi lozim bo’lgan muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Kompyuter yordamida o’quv va didaktik materiallar deyarli professional 
darajada ishlab chiqilishi mumkin. Matnni qo’lyozma shaklida tayyorlab olish 
kerak. Matn tayyor bo’lgach, unda mantni qayta ishlovchi dastur, misol uchun 
Word dasturi orqali kompyuterga kiritish mumkin. Grafiklarni kiritish uchun 
Power Point taqdimot dasturidan foydalaniladi. Ikkala dastur birga matn va 
grafik kombinatsiyasini amalga oshirishga yordam beradi.


51 
Microsoft Power Point — universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, 
ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, 
grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan 
slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Slayd — ma’lum bir o’lchamga ega bulgan muloqot varaqlari hisoblanadi. 
Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor taqdimotni kompyuter ekranida, 
videoproektor yordamida katta ekranda namoyish qilish mumkin. Taqdimotni 
tashkil qilish — slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Taqdimot axborot texnologiyasining samaradorligi ko’p jihatdan takdim 
etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va x.k.larga bog’liq 
ekanligini ham unutmaslik lozim. Zamonaviy texnik vositalardan dars davomida 
kompyuter dasturlaridan, didaktik vositalardan, miniplakatlardan, slaydlardan 
foydalanish, talabalarning bilim saviyasini oshirishda katta yordam ko’rsatadi. 
Multimedia – bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko’rinishga ega 
bo’lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya (hayvonlar tasviri), video va 
h.k.) va turli xil tashuvchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, audio 
va video – lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog’liq sohasidir.
Multimedia (multimedia – ko’p muhitlilik) vositalari bu apparat va dasturlar 
to’plami bo’lib, u insonga o’zi uchun tabiiy bo’lgan juda turli – tuman 
muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan 
holda kompyuter bilan muloqat qilish imkonini beradi. Multimedia 
foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib 
imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi 
rolini bajarmasdan, balki bu u erda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok etadi; 
shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda – birinchi 
navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo’lib o’tadi.
Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni audio (nutqli) va 
videokiritish va yuqori sifatli tovushli (sound) va video (video) platalar, 
videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitafondan yoki 


52 
videokameradan tasvirni oladi va uni ShKga kiritadi; yuqori sifatli 
kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoekranli akustik va videokabul 
kiladigan tizimlar, hozirdayoq keng tarqalgan skanerlar (chunki ular 
kompyuterga bosma matnlarni va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); 
yuqori sifatli printerlar va plotterlar.
Multimedia vositalariga yuqori ishonch bilan ko’pincha tovushli va 
videoma’lumotlarni 
yozish 
uchun 
ishlatiladigan 
optik 
va 
raqamli 
videodisklardagi katta sig’imli tashqi eslab qolish qurilmalarini ham kiritish 
mumkin.

Download 1.33 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilari kasbiy kompetentligini

Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish