• 2v – shakl
  • 3v – shakl
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/43
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.33 Mb.
    #59965
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
    Bog'liq
    Qo’l yozma huquqida
    OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation, malumot
    1a – shakl - Amaliy mashg’ulotlar bajarish; Amaliy mashg’ulotlar talabada 
    texnik bilimni mustahkamlashga, ularni yangi vaziyatga ko’chirib, amaliy masala 
    hamda vaziyatlarni hal qilish uchun umum-pedagogik tushunchalar va asosiy 
    pedagogik malakalarni rivojlantirishga qaratilgan.
    v) auditoriyadan tashqarida tashkil etiladigan mustaqil ta’lim 
    shakllari:  
    1v - shakl – O’quv adabiyotlari bilan ishlash - auditoriyadan tashqarida 
    o’quv adabiyoti bilan ishlash mustaqil ta’lim olishning eng asosiy shakllaridan 
    biri hisoblanadi. O’quv adabiyoti bilan ishlash juda oson va qulay usul 
    hisoblanadi. O’quv adabiyotlari bilan ishlashni barcha ta’lim oluvchilar yaxshi 
    o’zlashtirgan bo’lishlari lozim. O’quv adabiyotlari deganda, darsliklar, o’quv 
    qo’llanmalar, texnik adabiyotlar, ma’lumotlar yo’riqnomalar va hokazolarni 
    tushunish mumkin.
    2v – shakl - Ma’ruza tayyorlash - Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish 
    jarayonida ta’lim berishning turli shakl va metodlaridan foydalanilmoqda. 
    Ta’limning asosiy shakli esa ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza tayyorlash ancha 
    murakkab va ko’p mehnat talab qiladigan ishdir. Bo’lajak harbiy ta’lim bakalavr 
    o’qituvchilari «YoChQBT metodikasi» fanida, pedagogik amaliyot jarayonida 
    ma’ruza tayyorlashlariga to’g’ri keladi.
    3v – shakl - Masofaviy ta’lim texnologiyasi - masofaviy ta’lim 
    texnologiyasi an’anaviy ta’lim tizimini amalga oshirishda duch kelingan 
    muammolarni hal etish yoki shart–sharoit ushbu jarayonni taqozo qilganda 
    qo’llaniladi. Bu jarayon zamonaviy texnoloniyalardan ta’lim samaradorligini 
    oshirishda foydalanishga zamin yaratadi.
    «Masofaviy ta’lim» tushunchasi fanga o’tgan asr 90 – yillarida kirib kelgan. 
    Ingliz tilida «Masofaviy ta’lim» (distant education) «Masofada o’qitish» (distant 
    learning) 
    kabi 
    variantlarda 
    ham 
    qo’llaniladi. 
    Ta’lim jarayonlarini 


    39 
    telekomunikatsiyalardan foydalangan holda tashkil etishni esa (tele training) deb 
    yuritiladi.
    «Masofaviy ta’lim» tushunchasi-ta’lim o’quv axborotlarini oluvchiga 
    masofada turib, etkazib berishni ta’minlovchi (sun’iy yo’ldosh, televidenie, 
    kompyuter tarmoqlari va boshqalar orqali) yangi axborot texnologiyalaridan 
    foydalanishga asoslangan maxsus ta’lim xizmatlari to’plami sifatida e’tirof 
    etilgan.
    Masofaviy ta’lim afzalliklari:
    Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining mustaqil bilim olishlari - kasbiy-
    pedagogik takomillashish uchun zarur bo’lgan idrok etish faoliyati maqsadga 
    muvofiq, muntazam jarayondir.
    Funktsional mazmunda - bu psixologik-pedagogik bilimlar bilan bog’liq 
    idrok etish faoliyati turlaridan biridir. Nihoyat pedagogika o’quv yurtlari 
    talabalarining mustaqil bilim olishlari - bo’lajak o’qituvchi shaxsini har 
    tomonlama va to’la rivojlantirish masalasini hal etishning zarur shartidir.
    Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchisi bakalavrlarni pedagogik mustaqil bilim 
    olishga tayyorlash muammosini o’rganishda ularni faqat qo’shimcha, yanada 
    chuqurroq pedagogik bilimlar olishga, buning uchun - zarur bo’lgan amaliy 
    bilimlarini, malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga emas, balki shaxsning 
    ma’lum sifatlarini shakllantirishga, ularni rivojlantirishga yo’naltirish muhim - 
    bo’lajak o’qituvchi bakalavrlarni pedagogik mustaqil bilim olishlari g’oyasi 
    aynan ana shundan iboratdir.
    Hamma ko’rsatilgan vazifalar birgalikda amalga oshiriladi. Kunduzgi va 
    o’qish jarayonlarini tashkil etish o’quv va o’qishdan tashqari: umumauditoriyali 
    (frontal), guruhli va individual. Shu jumladan ulardan birgalikda foydalanish.
    O’qitish jarayonini, shu jumladan mustaqil bilim olishni muvaffaqiyatli 
    amalga oshirishda axborotlar turli vositalari, ayniqsa kompyuterli axborotlar 
    xizmat qiladi. O’qitish auditorlik va mustaqil bilim olish bilan (mustaqil) amalga 
    oshiriladi.


    40 

    Download 1.33 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika

    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish