|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogikaBog'liq Qo’l yozma huquqidaI BOB BO’YICHA XULOSA
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o’ziga
zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga
solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha,
ta’lim – tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu erda. O’qituvchi
o’quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy
bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi
kerak”
15
.- deb ta’kidlaydi.
Ushbu fikrlardan xulosa chiqargan holda bo’lajak harbiy ta’lim
o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda quyidagi bir qator
ko’nikmalarga ega bo’lishi lozimligi belgilab olindi.
1. Bo’lg’usi harbiy rahbarlar o’z faoliyati jarayonida ibrat, namuna
ko’rsatish bilan yoshlarning harbiy faolligini, his-tuyg’usini, hatti-harakatini
rivojlantirishi va ta’sir eta olishi muhimligi aniqlandi;
2. Har bir mashg’ulot uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va
oldingi hamda keyingilari bilan aloqasini ta’minlashni nazarda tutish, mashg’ulot
o’yin,mehnat topshiriqlari va shu kabilarni chaqiriqqacha bo’lgan yoshlarning
yosh imkoniyatlari,ularni tarbiyalash va rivojlantirish istiqbollarini hisobga olish
tizimi aniqlandi;
3. Harbiy pedagogik jarayonni harbiy rahbarlar jamoasi va alohida
chaqiriqqacha bo’lgan yoshlar bilan ishlashni qamrab olib, ta’limiy-tarbiyaviy
vositalar majmuidan foydalangan holda rejalashtirildi;
4. O’z ish o’rnini tashkil etish, zarur qo’llanma va hujjatlarni tayyorlash,
ularni berilgan talablar asosida yuritishi belgilab berildi.
15
Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T., 1997. 7-
|
| |