XULOSA…………………………………………………………………………….43




Download 110,19 Kb.
bet2/12
Sana13.05.2024
Hajmi110,19 Kb.
#228265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Azimova Nozimabonu kurs ishi (1)

XULOSA…………………………………………………………………………….43
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………...50
KIRISH
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yosh avlodni ilmli, bilimli, komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tiborini qaratmoqda . Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yilni ’’ Yoshlarni qoʻllab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili ’’deb e’lon qilinishi ham yosh avlodni har tomonlama sogʻlom voyaga yetkazish davlat dasturiga kiritilgan. Rivojlanayotgan axborot texnalogiyasi davrida ekanmiz mamlakatimiz Oʻzbekistonda ham yangicha texnalogiya soʻnggi turdagi kompyuter texnalogiyalari kirib kelmoqda . Bunday tashabbuslar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yosh avlodni ilm-fan sohasida , sport sohasida har tomonlama barkamol shaxslarni oʻstirish maqsadida ta’lim jarayonida yangi axborot kommunikatsiya va pedagogic texnalogiyalardan foydalangan holda yuqori saviyadagi mutaxassislarni tayyorlash oily maqsad qilib belgilangan.
Jamiyat oʻz farzandlarini har tomonlama yetuk, komil inson boʼlib voyaga yetishni, munosib fuqarolar boʼlib, davlat tarraqiyotiga, gullab yashnashiga oʼz ulushlarini qoʼshishlariga xarakat qiladi, umid bogʼlaydilar. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik palatasining 637-qaroriga muvofiq “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunda inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga boʻlgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilganligi hamda alalik bolalarni o`rganishda umum ta`lim maktablarda ishlash va ularga ta`lim – tarbiya berishga qaratilgan. Mamlakatimiz taraqqiyoti oʻzbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yoʻlga qoʻyish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish beniqoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot takdirini ma’naviy jihatdan yetuk, dunyoviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, imoni butun, zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir koʻrsatadigan asosiy omil — fan, texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqdarni, jahon mamlakatlar tajribalarini keng koʻlamda oʻrganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.– tarbiya berilgan . Mamlakatimiz taraqqiyoti oʻzbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yoʻlga qoʻyish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish beniqoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot takdirini ma’naviy jihatdan yetuk, dunyoviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, imoni butun, zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir koʻrsatadigan asosiy omil — fan, texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqdarni, jahon mamlakatlar tajribalarini keng koʻlamda oʻrganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdi. Alalik bolalarda uchraydigan nutq kamchiligi oʻz-oʻzidan barham topmaydi, balki vaqt oʻtgan sari yanada mustahkamlanib, zoʻrayib boradi. Nutq kamchiligiga ega kishilar logopedik yordamga muhtoj boʻladilar. Ogʻir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Hozirgi kunda davlat tomonidan inklyuziv taʼlim haqidagi hujjatlar hali rasmiylashtirilmagan,hayotiy zaruriyatlardan kelib chiqqan holda turli nodavlat tashkilotlar chet ellarda bu ishlarning ahvolini bulsada oʼrganib chiqib inklyuziv taʼlimning ayrim turlarini joriy etmoqdalar. Oʻzbekistonda YUNESKONING taʼlim boʻyicha maslahatchisi yordamida Respublika taʼlim markazining maxsus taʼlim boʻlimi aʼzolari ”Oila” Ilmiy pedagogik markazi,Nogiron farzandli ayollar jamiyatlari ,”Umr” markazi”,’’Улибкы детям ” xalqaro jamiyatning Oʻzbekistondagi guruhi(Lorans Mirelett direktori),”Umid”markazi(Maxmudova N.M.-direktor), “AL-FALAK” markazi (Yusupova G.S.Navoid) va boshqalar talaygina muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Oʻzbekistonda defektologlarning olib borayotgan ishlari xam diqqatga sazovor. Maxsus muassasalarda olib borilayotgan ishlarda inklyuziv taʼlim elementlari talaygina. Koʻp yillardan beri umumtaʼlim, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablarda maxsus guruh, sinflar tashkil etilgan va muvaffaqiyatli oʼz vazifalarini bajarib kelmoqdalar. Har bir hududdagi yordamchi maktab ommaviy maktablarda ulgurmovchi oʼquvchilar bilan yil davomida maʼlum ishlarni olib borishadi, ular uchun maxsus sinflar tashkil etiladi. Bola uyiga yaqin maktabga qatnaydi. Yordamchi tenglashtiruvchi sinflar, nutqiy guruh yoki sinflar faoliyati ham inklyuziv taʼlimga kiritilishi mumkin.
Oʼzbekiston Salomon deklaratsiyasiga binoan yaratilgan (Taʼlim tizimi anomal bolalarni qabul etib, ularning taʼlim tarbiyai uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi lozimligi haqida)- “Hamma uchun taʼlim” daturini amalga oshirishga imzo chekkan ekan, barcha taʼlim xodimlari bu ishga oʼz xissalarini qoʼshib, inklyuziv taʼlimni takomillashtirishda qatnashishlari lozim.
Xususan, Nutqiy nuqsoni boʻlgan bolalarning nuqsonini oʻrganish,ularning nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan barcha chora -tadbirlar nuqsonni anglashdan boshlanadi.Kurs ishining ham asosiy mazmuni shunga qaralgan boʻlib, aynan sistemali nutq buzlishlaridan boʻlgan -Alaliya nutq nuqsoniga ega boʻlgan bolalar nuqsonini aniqlash,oʻrganish,oldini olish,ular bilan kompleks ravishda shugullanishga qaralgandir.Alalik bolalarda uchraydigan nutq kamchiligi oʻz-oʻzidan barham topmaydi, balki vaqt oʻtgan sari yanada mustahkamlanib, zoʻrayib boradi. Nutq kamchiligiga ega kishilar logopedik yordamga muhtoj boʻladilar. Ogʻir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir koʻrsatadi.

Download 110,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 110,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XULOSA…………………………………………………………………………….43

Download 110,19 Kb.