Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirishda texnologiyalar qoʻllash




Download 110,19 Kb.
bet8/12
Sana13.05.2024
Hajmi110,19 Kb.
#228265
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Azimova Nozimabonu kurs ishi (1)

2.2 . Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirishda texnologiyalar qoʻllash
Alaliyaning turli shakllariga chalingan bolalar bilan ishlashning logopedik amaliyoti toʻrt bosqichda olib boriladi . Ularga muvofiq logoritmik va musiqiy-ritmikaviy tarbiyalash ishlari amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda bolalar bilan aloqa oʻrnatish uchun shart-sharoitlar yaratiladi , har bir bola individual ekanligiga qaramasdan, birinchi mashgʻulotlarda bolalarning xulq-atvorida umumiy alomatlar;oʻyinchoqlarga yoʻnaltirilgan qiziqish yoʻqligi , muloqotga kirishmaslik , moslashish faoliyatning zaifligi , yangi sharoitdan qoʻrqish kabilar ajralib turadi. Boshida pedagog bola bilan nutqsiz aloqa oʻrnatadi .Birinchi mashgʻulotlarda oʻzaro aloqaning imo-ishorali, ritmikali, amaliy shakllari, muloyim, ruhlantiruvchi tabassum dalda beruvchi kabilar jalb qilinadi. Kutish usullaridan foydalanib, har bir bola bilan nutqsiz aloqalar shakllantiriladi. Shuning uchun musiqa rahbari logoped kabi birinchi mashgʻulotlarda bardosh va vazminlik, hushmuomalalik hamda bor e’tiborni bolaga jamlab uning amaliy va musiqiy imkoniyatlarini namoyon qiladi.
Keyinchalik bolalarning harakatlari shakllanadi va ularga tuzatish kiritiladi , aniqrogʻi : asosiy harakatlar harakatchan oʻyinlarda umumrivojlantiruvchi va harakatga soluvchi majmualar tuzatiladi . Asosiy harakatlar (qadam bosish , yugurish , sakrash , muvozanatni saqlash , tirmashish , otish )bolalarning har tomonlama jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi: mushaklarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi , yurak-tomir va nafas olish tizimlari ishini yaxshilaydi , bolalarning harakatlanish tajribasini boyitadi, asab tizimi mustahkamlanishiga imkon beradi , bosh miya qobigʻidagi hayajonlantiruvchi va tormoz jarayonlariga ijobiy ta’sir koʻrsatadi . Bu esa bolada vazmin bosiq asabiy-ruhiy ahvol yaratilishiga imkon beradi. Mushaklarning ayrim guruhlariga koʻproq ta’sir koʻrsatishiga qarab umumrivojlantiruvchi mashgʻulotlar quyidagilarga boʻlinadi ;
a ) qoʻllar va yelka kamari mushaklari uchun .
b)oyoqlar uchun.
v)gavda mushaklari uchun
Mazkur mashqlarning vazifasiga bolaning turli mushaklar guruhlarini uygʻunlikda rivojlantirish , harakatni boshqarish koʻnikmasi , toʻgʻri qaddi-qqomatni tarbiyalash kiradi.


Download 110,19 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 110,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirishda texnologiyalar qoʻllash

Download 110,19 Kb.