III Bob Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirishda oʻyin texnologiyalarini takomillashtirish




Download 110,19 Kb.
bet10/12
Sana13.05.2024
Hajmi110,19 Kb.
#228265
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Azimova Nozimabonu kurs ishi (1)

III Bob Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirishda oʻyin texnologiyalarini takomillashtirish
3.1.Maktabgacha yoshdagi alalik bolalarda oʻyin texnologiyalarini shakllantirish
O`yin rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning asosiy faoliyatlaridan hisoblanadi. O`yin doim haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o`zgarishi bilan uning mazmuni ham o`zgaradi. O`yin ma’lum maqsadga ko`ra yo`naltirilgan ongli faoliyat bo`lib, uning mehnat bilan ko`p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O`yin faoliyati asosida bolada o`quv faoliyati rivojlanadi. Shuning uchun bolalarning o`yin faoliyatini rivojlantirishga ahamiyat berishimiz kerak. Bola hech qachon jim o`ynamaydi, bitta o`zi o`ynasa ham u o`yinchoq bilan gaplashadi, o`zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o`matadi, onasi, bemor, shifokoi xullas haminahaiiimaning o`rniga o`zi gapiradi. So`z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
Nutq o`yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o`z his-tuyg`u, kechinmalarini o`rtoqlashadi. So`z bolalar o`rtasida do`stona munosabatlar o`rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xilda munosabatda bo`lishga yordam beradi. Bolalarning o`zi yaratgan o`yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o`yinning g`oyasi, mazmuni, o`yin harakatlari, rollar, o`yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir. O`yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o`yiinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P. Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to`g`ri tashkil etish — ulami to`g`ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o`yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o`yinda bola yashashni o`rganmaydi, balki o`z hayoti bilan yashaydi». O`yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. O`yin bilan ta’lim o`rtasidagi bog`liqlik bola ulg`aygan sari o`zgarib boradi. Kichik guruhda o`yin ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg`ulotlarda ta’limning roli ortadi.
Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o`zlarida maktabdagi o`qishga ishtiyoq uyg`onib qoladi. Ammo bolalar uchun o`yinning qadri yo`qolmaydi, balki mazmuni o`zgaradi. Endi bolalarni ko`proq fikriy faollikni talab etuvchi o`yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o`yinlar qiziqtira boshlaydi. O`yin bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasidir. O`yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko`nikmalari harakat usullarini, axloq normalari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. O`yinda bolaning o`z tengdoshlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi. Bolalarning o`yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo`linadi.
Birinchi bosqich bolalarning «yonma-yon» o`yinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik guruh bolalariga xosdir. Bunday o`yinda bolalar o`rtog`ining o`yiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga o`ynab, «yonma-yon» o`tirganlaridan xursand bo`ladilar. Bu yoshdagi bolalarning o`yini kattalar rahbarligida ularning xulqiga ta’sir etish orqali tashkil etiladi.
Ikkinchi bosqichda bolalar o`yin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar qisqa muddatli bo`ladi. Bu davrga kelib bolalardan kimning qaysi o`yinga qiziqishi aniq bo`la boshlaydi, bir xil bolalar didaktik o`yinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o`yinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy o`yinlar ma’qulroq bo`ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o`yin bilan uzoqroq o`ynashga o`rgatishdir. Uchinchi bosqichda o`ynovchi bolalar guruhi bir-biriga do`stona munosabat va o`zaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga o`ynovchilar soni ko`p bo`lmasa-da, bolalar qiziqib o`ynaydilar. Bu davrga kelib bir-birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu bosqichda tarbiyachi bolalarning o`yinda birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga keltirishi, ularda o`zaro yordam, o`rtoqlik, do`stlik munosabatlarini shakllantirishi lozim.
Bolalar bog`chasida bolalarning uyushgan, qiziqarli va mazmunli hayotini ta’minlash uchun yosh guruhlarida rang-barang o`yinlardan foydalanish zarur. Ijodiy o`yinlar qoidalarining ichki, yashirin tabiati bolaga harakat qilishi uchun katta erkinlik yaratadi; uning o`ynayotgan jamoa oldidagi vazifasi tayyor qoidali o`yinlar mazmuniga nisbatan noaniqroq bo`ladi. Bu o`ynovchiga suyujetni osonlik bilan o`zgartirish, qo`shimcha rollar kiritish imkonini beradi. Ijodiy o`yinlar bolalarda katta qiziqish uyg`otadi va ularga ulkan ta’sir ko`rsatadi, biroq bolalar hayotini tashkil qilishda faqat shu o`yinlardan foydalanish xato bo`lur edi.
Bolalarning qoidali o`yinlarni egallashlari katta tashkiliy ahamiyatga ega. Qoidalar harakatlarning muayyan normalarini so`ng esa bolalarning bir-biriga bo`lgan munosabatini belgilaydi, bolaga o`zini va o`zi bilan birga o`ynayotganlarni nazorat qilish imkonini beradi. Qoidalami bajarishdagi mustaqillik o`yinda bolalarni maqsadga muvofiq tarbiyalash jarayonida shakllantiriladi. Bola o`ynayotganda bolalar jamoasi bilan muayyan munosabatda bo`ladi. O`yinning ijtimoiy ta’siri, u uyg`otadigan hislar unda tarkib topadigan munosabatlarda mujassamlashgan bo`ladi.



Download 110,19 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 110,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III Bob Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirishda oʻyin texnologiyalarini takomillashtirish

Download 110,19 Kb.