|
I Bob Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini oʻrganishning ilmiy nazariy asoslari
|
bet | 4/12 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 110,19 Kb. | | #228265 |
Bog'liq Azimova Nozimabonu kurs ishi (1)I Bob Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini oʻrganishning ilmiy nazariy asoslari
1.1. Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini oʻrganishda olimlarning ilmiy tadqiqotlari
Alaliya — bolaning ona qornida yoki dastlabki rivojlanish bosqichida nutq shakllanishiga qadar bosh miya qobigʻi nutq doirasining organik jarohatlanishi oqibatida uzluksiz rivojlanmay qolishdir. "Alaliya" atamasi (grekcha a — yoʻq, lotincha lalio — nutq) tarjimasi nutqning yoʻqligi, nutqsizlik holati — nutq buzilishlariga doir adabiyotlarda qadim zamonlardan beri kuzatiladi. Maxsus adabiyotlarda "alaliya" atamasidan tashqari, shu nutq nuqsonini anglatuvchi quyidagi atamalardan foydalanganlar: "Tugʻma afaziya", "Ontogenetik afaziya", "Rivojlanish afaziyasi", "Disfaziya", "Nutqiy rivojlanishi sustlashuvi", "Nutqning konstitutsional orqada qolishi", "Tilni egallashdagi kamchiliklar" va h.k. Alaliyaning tarqalganligi haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar yoʻq. Ma’lumotlarga koʻra, alaliya maktabgacha yoshdagi bolalarning bir foizi, maktab yoshidagi bolalarning 0,6 — 0,2% foizni tashkil etadi. Oʻrtacha hisobda, alaliya aholining 0,1 foizida kuzatiladi. Mualliflarning ta’kidlashicha, alaliya oʻgʻil bolalarda qizlarga nisbatan 2 marta koʻp uchraydi. A. Kussmaul ta’kidlashicha, oldingi asr va bizning asrimizning boshlarigacha yashab, faoliyat koʻrsatgan shifokorlarning aksariyati nutqning yoʻqligining barcha shakllarini alaliya deb nomlab, afoniyani ham bu atamani ichiga kiritganlar, lekin vaqt oʻtishi bilan bu atamalar farqlana boshlandi. I. Frank birinchilardan boiib, bu ikki atamani farqlashga urinadi. Uning fikricha, alaliya "kar-soqovlik" singari artikulatsiya harakatlarini umuman imkoniyatsizligi boʻlib, 1. Frank alaliyani artikulatsiyani qiyinlashuvi natijasida kelib chiquvchi talaffuz kamchiligi mogilaliya bilan taqqoslaydi. I. Frank alaliya, hamda mogilaliyani dislaliya darajalaridan biri deb, artikulyator qiyinchiliklar bilan bogʻliq talaffuz kamchiligi deb ta’kidlaydi. R. Shultess alaliyani kar-soqovlik alohida nutq nuqsoni sifatida ajratib koʻrsatadi, ammo I.Frank uni artikulatsiya buzilishlari bilan boglaydi. Artikulatsiya imkoniyatining butunlay yoʻqligi sifatida alaliya dislaliyaga taqqoslandi va keyinchalik haqqoniy ravishda anartriya deb nomlana boshlandi. A. Kussmaul artikulatsiya kamchiliklarini (dizartriya va dislaliya, shuningdek, diksiyani buzilishi — disfaziya) umumiy nom bilan atash maqsadida "lalopatiya" atamasini kiritadi. Shunga qaramay, A. Kussmaul yuqoridagi mualliflar singari alaliyani artikulatsiya buzilishlari bilan bogʻliq nutq kamchiliklari sirasiga kiritadi va bu atamaning teng ma’noli nomi deb anartria literlis (tovushlar artikulatsiyasining yoʻqligi) atamasini kiritadi. Bu holda A. Kussmaul aniq tovushlami butunlay talaffuz qila olmaslik xarakterli hisoblangan buzilish holatlarini alaliyaga kiritgan: keyinchalik bunday holatni belgilash uchun "anartriya" terminidan foydalana boshlagan. Nomlari keltirilgan artikulyator buzilishlar bilan bir qatorda A. Kussmaul diksiya buzilishlari deb nomlagan kamchiliklami ajratadi. Bularga u grammatik shakllar va sintaktik ifodalarning buzilishini kiritadi. Bunday buzilishlarni tadqiqotchi disfaziyalar deb nomladi. Oʻtgan asrning 60-yillariga kelib Trusso nutqning yoʻqotilishini Broka tomonidan kiritilgan "afemiya" atam asini "afaziya" atam asiga almashtirishni taklif etadi. "Afaziya" atamasi tibbiyotda o ‘ziga xos oʻrin egalladi. Ayrim chet el mualliflari (Orton, Travis) "alaliya" va "afaziya" atamalarini birlashtirib umumiy atamalar "Bolalar afaziyasi" yoki "Rivojlanish afaziyasi" deb atashni taklif etadilar. Bunda muammolar bolalar nutq rivojlanmaganligining oʻziga xosligini kattalarda nutqning yoʻqolish hollaridan farqlab koʻrsatib beradilar. Foniatr R. Koen ishlarida "alaliya" termini artikulatsion kamchiliklar bilan shartlanmagan soqovlikning tavsifnomasi uchun qoilanilgan. U bu buzilishlarni kar-soqovlik oʻrniga eshituvchi-soqovlik yoki idiopatik alaliya (kelib chiqishi noaniq nutqsizlik) deb nomlaydi. Turli mualliflarni keyingi ishlarida "alaliya" va "afaziya" atamalari uzoq vaqtgacha noma’lum chegaralanishda kuzatiladi. Faqatgina 30- yillarga kelib logopediyada "alaliya" va "afaziya" atamalari keskin farqlandi: alaliya — nutqning rivojlanmay qolishi, afaziya — nutqning yoʻqolishi. 50 — 60-yillarda bunday chegaralanish tasdiqlandi va hozirgi vaqtda koʻpchilik tadqiqotchilar tomonidan tan olingandir va terminologiya N .N . Traugottning ma’lumotlariga koʻra, ma’lum bolalar 6 m uzoqlikda (bu normal eshitishda oʻrtacha balandlikda nutqni idrok etishning me’yoriy darajasi) oʻzlariga qaratilgan nutqni tushunadilar, lekin eshitganlarini ma’nosini tushunmaydilar, bu bolalarda aqliy zaiflik belgilari kuzatilmaydi. Tadqiqotchilar fikriga koʻra, sensor alaliyada nutq pasayishining kuzatilishi mumkin, lekin bu nutqiy rivojlanmaganlikda asosiy rol oʻynamaydi. Yu. A. Florenskayaning koʻrsatishicha sensor alaliyada (sensor-akustik sindromida) akustik ta’sirlanmaslikning alohida holati va eshituv funksiyasining toliqishi mavjud. Bu eshituv reaksiyalarining turgʻun em asligiga, eshituv differensatsiyalarining hosil boʻlishidagi qiyinchiliklarga, eshituv analizi va sintezining sifatsizligiga olib keladi. M.V. Bogdanov-Berezovskiyning aytishicha, bolalar afaziyasi (alaliya) nafaqat miyaning ma’lum sohalarini buzilishi va buning oqibatida barcha nutqiy funksiyalarda kamchiliklar boʻlishi bilan bogʻliq, balki intellektning umumiy muhitida ham albatta oʻz aksini topadi. N .N . Traugott ,R.Ye. Levina ,M.Ye. Xvatsev, S.S. Lyapidevskiy, N.A. Nikashina va boshqalaming fikricha, alaliyali bolalarda nutqning holatiga koʻra intellekt ikkilami buzilgan. Biroq mualliflar nutqiy nuqson va intellekt oʻrtasida ijobiy korrelyatsiya koʻrsatilmagan. Bu bolalarda bilimga qiziqish bor, predmetli-amaliy va mehnat faoliyati yetarlicha shakllangan, ammo fikrlash jarayonlari sekinlashgan, tushunchalar shakllanmagan va h.k.
Alaliyaning darajalarini turli olimlar turlicha koʻrsatadilar. R.Ye. Levina nutqiy rivojlanmaganlikning uch darajasini koʻrsatadi, N .N . Traugott, L.V. Melexova alaliyada bolalar nutqini shakllanishining 4 bosqichini davr ajratib koʻrsatadilar. O.V. Pradina bu nutq kamchiligining 4 bosqichini koʻrsatadi, ammo bu bosqichlar yuqorida keltirilgan bosqichlardan farq qiladi. Bu borada asosli qarama-qarshi fikrlar mavjud emas: birinchi nomlari keltirilgan mualliflar nutq rivojlanishining dastlabki davrlarini birmuncha chuqurroq koʻchirib chiqdilar va butunlay nutqsizlik, yoki alohida chugʻurlash belgilari, emotsional ovozlar va h.k. larni ajratdilar. О. V. Pravdina bolada birinchi jumlalarning paydo boiishini alohida davr qilib olishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Koʻrsatilgan darajalar hech qachon toʻgʻridan toʻgʻri bola yoshi va intellekti bilan mos kelavermaydi. Barcha darajalarning ketma-ket jamlanuvchi koʻrsatkichlari har bir alohida bola nutqining shartli rivojlanish yoʻlini koʻrsatib beradi. Nutqiy kamchiliklami darajalarga boʻlish har doim ham aniq emas, chunki bu darajalarning keskin chegarasi yoʻq. Ayrim hollarda bolalar nutqini nutqiy kamchiliklarning biron-bir darajasiga taxminan kiritish mumkin. Nutqi umuman rivojlanmagan bolalar juda kam uchraydi, koʻproq u yoki bu darajadagi nutqiy rivojlanmaganlik hollari kuzatiladi. Motor alaliyada bolalar nutqini aniq bosqichlash mumkin emas, bunda bola nutqining ayrim tarkibiy qismlarining shakllanishining proporsionallanmaganligi, xatolarning turgʻunligi kuzatiladi. Nutqning oʻz-oʻzidan rivojlanishida turli xil xatolarning yuqori darajada jadallashuvi alaliyaning muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Buzilishning oʻziga xosligi chugʻurlash davrining oʻzidayoq namoyon boʻladi: u haddan tashqari bir turliligi bilan xarakterlanadi yoki bu davr butunlay boʻlmaydi. Birinchi soʻzlar va jumlalar mal’um darajada kechikib paydo boʻladi va alaliyada nutq rivojlanishining barcha bosqichlarida uning barcha tomonlarini buzilganligi kuzatiladi. Alaliyali bolalar nutqining rivojlanishi jarayonida muayyan ijobiy dinamikani kuzatish mumkin: bolalar nutq holatining bir darajasidan ikkinchi darajasiga, birmuncha yuqorisiga oʻtadilar. Ular u yoki bu nutqiy koʻnikma va malakalarni egallaydilar, gapirmay yurishni toʻxtatadilar, biroq nutqi rivojlanmagan bolalar boʻlib qolaveradilar. Tempi boʻyicha juda sekinlashgan, ammo shu bilan birga rivojlanishga kirishishida nuqsonlar aniqlanadi. Bu nuqsonlar spontan kompensatsiyaga deyarli "bosh qoʻshmaydilar" va yoʻnaltirilgan korreksiyada qiyinchilik bilan bartaraf etiladilar. Koʻpchilik bolalar alaliyaning barcha shakllari uchun xarakterli boʻlgan umumiy nuqsonlarga egadirlar: soʻz mazmuni tizimining shakllanmaganligi, grammatik tizim kamchiliklari, semantik nuqsonlar L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.Ya. Galperin va boshqa tadqiqotchilar tomonidan faoliyatning kelib chiquvchi umumiy nazariyasi va uning genetik kelib chiquvchi shakli singari tashqi predmetli faoliyat haqidagi qoidalari ishlab chiqilgan. Shuningdek, tadqiqotchilar ishlarida tashqi jarayonlardan ichki aqliy harakatlming kelib chiqishi haqida, tashqi qurilishning oʻzgarishi orqali psixik faoliyatni shakllantirishning faol boshqaruvchi jarayoni haqida fikrlar mavjud. Alaliyaning tarqalganligi haqida ilmiy asoslangan malumotlar yoʻq.
|
| |