Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirish xususiyatlari buzilishlarining kelib chiqish sabablari




Download 110,19 Kb.
bet5/12
Sana13.05.2024
Hajmi110,19 Kb.
#228265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Azimova Nozimabonu kurs ishi (1)

1.2. Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirish xususiyatlari buzilishlarining kelib chiqish sabablari
Alaliyani oʻrganishda uzoq vaqt mobaynida uning kelib chiqish sabablarini turlicha koʻrsaatgaanlar. Alaliya-markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi. Alaliyada bosh miyaning poʻstloq sohalarida nerv tolalarining shakllanishining orqada qolishi kuzatiladi. Bola hayotining dastlabki uch yili shartli ravishda nutqgacha boʻlgan davr hisoblanadi.
Alaliyada bosh miyaning jarohatlanishi perenatal yoki ilk postnatal davrda yuzaga kelishi mumkin.Nutqiy funksiya uchun muhim hisoblangan miya tizimining rivojlanishi homilalik davrida tugamaydi va bola tugʻilganidan soʻng ham davom etadi . Miyaning rivojlanmaganligi yoki erta jarohatlanishi nerv toʻqimalari qoʻzgʻaluvchanligining pasayishiga va asosiy nerv jarayonlari harakatchanligining oʻzgarishiga olib keladi. Bu esa bosh miya poʻstlogʻi toʻqqimalarining ish qobiliyatini pasaytiradi.
Alaliya asosida yotuvchi patofiziologik mexanizmlarni oʻrganish, qoʻzgʻaluvchanlik va tormozlanganlik jarayonlarining inertligini, bosh miya poʻstlogʻi toʻqimalarining yuqori darajada funksional zaiflashuvini koʻrsatdi (I.K.Samoylova). Tadqiqotchilar miya poʻstlogʻida qoʻzgʻatuvchi va tormozlovchi jarayonlarning fazoviy konsentratsiyasining yetishmasligini aniqladilar. Alaliyali bolalarda miyaning elektr faolligini oʻrganish jarayoni, koʻpincha chakka-tepa-ensa sohalarida, peshana-chakka va dominant yarimsharning chakka shoxlarida biopotensiallaming aniq lokal oʻzgarishlarini aniqlab berdi (L.A. Belogrud; A.L. Lindenbaum; Ye.M. Mastyukova). Soʻnggi tekshirishlarning koʻrsatishicha, alaliyada ikki yarimsharlar poʻstlogʻida koʻplab jarohatlar, ya’ni bilaterial jarohatlarning yaqqol namoyon boʻlmagan shakllari kuzatiladi. Bosh miyaning bir tomonlama zararlanishi natijasida nutq rivojlanish bosh miyaning sogʻlom tomonining kompensator imkoniyatlari sogʻlom rivojlanayotgan yarim shakllar hisobiga amalga oshishi mumkin. Bosh miyaning bilaterial jarohatlanishida kompensatsiya imkoniyatlari mutlaqo yoʻqoladi yoki juda qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Bu holda, bosh miya nutq zonalari jarohatlanishining tor oʻchoqli xarakterga egaligi haqidagi ilgari mavjud boʻlgan nuqtayi nazar tasdiqlanmaydi.
Alaliya — nutqiy rivojlanishning vaqtinchalik funksional sustlashuvi emas. Bu nutq buzilishida nutqni rivojlantirishning barcha jarayoni markaziy asab tizimining patologik holati sharoitida kechadi. Alaliyaning ayrim koʻrinishlari tashqaridan bolalarning normal rivojlanishining ilk bosqichlariga o ‘xshaydi. Biroq vaqt oʻtishi bilan bular oʻrtasidagi farq yaqqol koʻzga tashlanadi, ya’ni nutqni normal rivojlanishi alaliyadan farqli ravishda nutq bosqichlarining o ‘rni boshqasi bilan uzviy va tez holda almashadi. M. Sovak va boshqa tadqiqotchilar "alaliya" tushunchasini kengaytirish maqsadida, uning kech shakllangan koʻrinishlarini kiritadilar. Ular alaliyaning nutqni nevrologik yoʻqligi — mutizm, demensiya va shizofreniyada nutqning yoʻqolishi, eshitishining pasayishi va oligofreniyadan farqlab koʻrsatadilar. M. Sovak va boshqa tadqiqotchilar "alaliya" tushunchasini kengaytira turib bu bilan nutq yoʻqligining barcha holatlarini qamrab oldilar. Ular demensiya va shizofreniyada nutq buzilishidan, eshituvning buzilishi va oligofreniyadan farq qiluvchi nutqning nevrologik yoʻqligi singari mutizm bilan bogʻliq boʻlmagan nutqning sekin shakllanishini ham bu tushunchaga kiritdilar. K.P. Bekker va M. Sovak nutq rivojlanmaganligi sur’atida biologik, ijtimoiy sabablar yoki ular kombinatsiyasining ustunligi bilan bogʻliq komponentlarini ajratdilar. Tadqiqotchilar flkri boʻyicha ilgari nomlanuvchi eshituvchi-soqovlik, motor-kinestetik buzilishlar yoki noqulay ijtimoiy ta’sirlar bilan shartlangan, oʻziga xos xarakterga ega. Nutq rivojlanishining kechikishida namoyon boʻladi. Nutq rivojlanishining oddiy kechikishidan farqli ravishda nutq rivojlanmaganligining murakkab shakllarini xarakterlay turib, M. Kritchli, oral-fatsial diskoordinatsiyalarning, til va labning harakatli malakalarining nuqsonliligini, soʻzli belgilarni tushunish yoki notoʻgʻri qoʻllashni mavjudligini ta’kidlab oʻtadi. M. Kritchlining ta ’kidlashicha, Xalqaro nevrologik federatsiyada (Italiya, Varenna,) nutq yetarli rivojlanmaganligi holatida "afaziya" terminidan Til konsepsiyasi tarafdorlari nutqning shakllanmaganligini idrok va nutqiy bayonni yuzaga kelishi jarayonning til operatsiyasining shakllanmaganligi bilan bogʻlaydilar.
Alaliya oʻz mexanizmlari, nutqiy rivojlanmaganlikning yuzaga kelishi va namoyon boʻlishiga koʻra turlichadir. Alaliya koʻrinishidagi kuzatiluvchilarni oʻrganish va farqlashga tanlangan yondashuv asosida tadqiqotchilar buzilishning bir nechta turlarini nomladilar.

  • Libmann alaliyaning quyidagi shakllarini ajratib koʻrsatadi: motor eshitish soqovlik, sensor eshitish soqovlik va sensomotor eshitish soqovlik.

  • R.Ye. Levina buzilishning psixologik tasnifini tasviya etadi. Bunda bolalar guruhlarga boʻlinadi: toʻliqsiz eshituv idroki bilan (fonematik), koʻruv idroki buzilishi bilan (predmetli) va psixik faolligi buzilganligi bilan.

  • V.K. Orfmskaya lingvistik tavsifnomani ishlab chiqib, til tizimining buzilishlarining yetakchi koʻrinishlarini birlamchi va ikkilamchi buzilishlarga koʻra alaliyaning 10 shaklini ajratib koʻrsatadi: 4 ta motor shakli, 4 ta sensor yetishm ovchilik shakllari va 2 ta nutq rivojlanmaganligining asosida harakat koʻruv buzilishlari bilan bogʻliq shakli.

V.A. Kovshikov ishlarida alaliyaning impressiv (sensor) va ekspressiv (motor) shakllari kuzatiladi.
Ekspressiv (motor) alaliya deganda, til birliklarini egallash va ularni boshqarishning buzilishi bilan namoyon boʻluvchi til buzilishlari tushuniladi va bu hol artikulatsiya va ma’no operatsiyalari saqlangan holda grammatik, leksik va fonematik operatsiyalami bajarish imkonini cheklaydi. Ye.F. Sobotovich psixolingvistik tuzilish va nutqiy faoliyat mexanizmlarini inobatga olib buzilishni tahlil qildi va alaliyani farqladi: tilning paradigmatik yoki sintagmatik tizimini oʻzlashtirishdagi koʻpgina buzilishlar. Ye.F. Sobotovich fikricha, motor alaliyada tilning belgili shaklini oʻzlashtirishda kamchiliklar kuzatiladi (nutqlardan vujudga kelishi jarayonida belgilardan foydalanish va birlashtirish qoidalari).Alaliyaning kelib chiqishi va rivojlanish dinamikasini ayrim mualliflar sxemali tarzda quyidagicha ta’rifladilar: u yoki bu sabab bosh miya poʻstlogʻining butun sensomotor sohasining jarohatlanishini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida total alaliya yuzaga keladi. Soʻnggi yillarda miya moddasining rivojlanishi va kompensator omillarning ta’siri ostida jarohatlanishning asosiy oʻchogʻi poʻstloqning sensor yoki motor sohalari tomoniga suriladi. Shu sababli bola rivojlanishining erta davrlarida alaliyani sensor va motor shakllariga ajratish shartli kechadi, keyinchalik buzilishning yetakchi komponentini ajratish mumkin.
Alaliya nutqiy rivojlanishning vaqtinchalik funksinonal sustlashuvi emas. Bu nutq buzilishida nutqni rivojlantirishning barcha jarayoni markaziy asab tizimining patalogik holati sharoitida kechadi . Alaliyaning ayrim koʻrinishlari tashqaridan bolalarning normal rivojlanishining ilk bosqichlariga oʻxshaydi .Biroq vaqt oʻtishi bilan bular oʻrtasidagi farq yaqqol koʻzga tashlanadi , nutqni normal rivojlanishi alaliyadan farqli ravishda nutq bosqichlarining oʻrni boshqasi bilan uviy va tez holda amalga oshadi .Nutq rivojlanishining oddiy kechikishidan farqli ravishda nutq rivojlanmaganligining murakkab shakllarini xarakterlay turib , M. Kritchi oral fatsion diskoordinatsiyalarning , til va lablarning harakati malakalarining nuqsonliligini , soʻzli belgilarni tusshunish yoki notoʻgʻri qoʻllashni mavjudligini ta’kidlab oʻtadi .



Download 110,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 110,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirish xususiyatlari buzilishlarining kelib chiqish sabablari

Download 110,19 Kb.