• .’’Bu nimaning mazzasi’’ oʻyini
  • II Bob Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirishda oʻyin texnologiyalarini qoʻllash




    Download 110,19 Kb.
    bet6/12
    Sana13.05.2024
    Hajmi110,19 Kb.
    #228265
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Azimova Nozimabonu kurs ishi (1)

    II Bob Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirishda oʻyin texnologiyalarini qoʻllash
    2.1. Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirish xususiyatlarni tekshirish
    Alaliya - tibbiy psixologik pedagogik muammo. Logopediya sohasiga, bola shaxsi va nutq rivojlanishiga yoʻnaltirilgan korreksion ta’sir usullari va tamoyillarini aniqlash kiradi. Sistemali uzoq davom etuvchi logopedik ishlar qator hollarda bolalarning nutqiy muloqoti uchun yetarli vositalarni beradi, ayrim hollarda esa — elementlar nutqnigina. Nutqiy nuqsonni tabiatiga koʻra bu muammo motor va sensor alaliya koʻrinishiga koʻra differensial hal etiladi. Alaliyada nutq shakllanishi har tomonlama yondashuv, nutqni rivojlanishiga yordam beruvchi va bilish faoliyatining yaxshilanishiga imkon beruvchi nutqning barcha funksiyalari rivojlanishiga e ’tiborni qaratadi. Nutq va shaxsiyat ustidan bir butun har tomonlama tizimli ish olib boriladi. Bunda ontogenezda nutqiy funksiyalar rivojlanishi qonuniyatlari hisobga olinadi. Tizimli logopedik ish nutqiy rivojlanishdagi uzilishlarni toʻldirishga va maxsus dastur boʻyicha maktab ta’limiga tayyorlashga yoʻnaltiriladi yoki u maktab ta’limiga qoʻshimcha ravishda parallel olib boriladi. Nutqiy rivojlanmaganlikni bartaraf etishni shunday tashkil qilish kerakki, ish jarayonida maktab vazifalarini oʻzlashtirishga tayyorgarlik yuzaga kelsin. Samarali logopedik ish, agar u psixonevrolog (nevropatolog, psixiatr) tomonidan oʻtkaziladigan faol dori-darmon va fizioterapevtik muolajalar fonida har tomonlama oʻtkazilsagina amalga oshadi. Ish jarayonida turli metod, usullardan mujassamlashgan holda foydalaniladi. Bolaning nutqiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishning vazifa va mazmuni aniqlanadi. Olib boriladigan ishlar nutqiy faoliyat mexanizmlarini shakllantirishga qaratiladi: motiv, aloqa bogʻlash maqsadi, bayonning ichki dasturi, uning leksik-grammatik vositalarini tanlash grammatik tuzilishi shakllantiriladi. Nutqiy tajribani boyitish uchun bilimlardan ongli foydalanish uquvi rivojlantiriladi, nutqiy operatsiyalarni modellashtirishni egallash uquvi orttiriladi. L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.Ya. Galperin va boshqa tadqiqotchilar tomonidan faoliyatning kelib chiquvchi umumiy nazariyasi va uning genetik kelib chiquvchi shakli singari tashqi predmetli faoliyat haqidagi qoidalari ishlab chiqilgan. Shuningdek, tadqiqotchilar ishlarida tashqi jarayonlardan ichki aqliy harakatlaming kelib chiqishi haqida, tashqi qurilishning oʻzgarishi orqali psixik faoliyatni shakllantirishning faol boshqaruvchi jarayoni haqida fikrlar mavjud. Shundan kelib chiqib, ish jarayonida predmetli-amaliy faoliyatning korreksion imkoniyatlari qoʻllaniladi. Metodik usullami standartlash mumkin emas: nutqiy va didaktik materiallarni tanlash, uning ketma-ketligini belgilash. Faqat nutqiy rivojlanmaganlik xossalari hisobga olinmasdan, balki har bir bola shaxsiyatining xususiyatlari ham, uning qiziqishlari, kompensator imkoniyatlari ham e ’tiborga olinadi. Tarbiyaviy ta’sir bilan bola xarakteridagi nevrotik qatlam bartaraf etiladi, ongli maqsad sari yoʻnalgan shaxsiyatni tarbiyalash boʻyicha ish olib boriladi. Bolani travm alovchi atrof-muhitdagi ta’sirlar yoʻqotiladi, nutqiy rivojlanmaganlikka bolaning toʻgʻri munosabati va uni bartaraf etish boʻyicha olib boriladigan ishga toʻgʻri munosabati ishlanadi. Faqat nutq rivojlanishi koʻzda tutilmay, balki bolaning nutqiy boʻlmagan faoliyati ham shakllantiriladi. Nutq sensor rivojlanish va umumharakatli imkoniyatlar kompleksida mukammallashadi. Mayda qoʻl motorikasi rivojlanishiga e’tibor qaratiladi: chiziq tortishga, boʻyashga, shtrixlashga oʻrgatiladi, tugunchalar bogʻlashga, mozaykalar va geometrik materiallardan naqshlar chizish oʻrgatiladi va h.k. Agar bolalar qoʻl barmoqlari harakati rivojlanishidan orqada qolsa, u holda nutq rivojlanishidan ham orqada qolishligi isbotlangan. Qoʻl harakatlarini mashq qildirish jarayonida nutq holati mukammallashadi. Ishning boshlangʻich bosqichlarida nutqning psixofiziologik asoslari shakllantiriladi, bolada muloqotga ehtiyoj hissi uygʻotiladi. Bolada motivatsion bayon qilishning asosini shakllantirish, nutqiy va psixik faollikni rivojlantirish, taqlid faoliyati va aks ettiruvchi nutq funksiyalarini shakllantirish muhimdir. Faoliyat motivini tarbiyalash va bayon qilish dasturini tashkil qilish muhim baza yaratadi; alaliyali bolalarda oʻzi shakllana olmaydigan, nutq rivojlanishi uchun vositalar qatori. Bu qatorlarning asosiysi, predikativ tizimni rivojlantirish va grammatik qurilish elem entlarini egallash hisoblanadi.
    Faqatgina nutqiy buzilishlargina bartaraf etilmay, nutqiy boʻlmagan kamchiliklar bartaraf etiladi, tahlil, tarkib jarayonlari rivojlantiriladi, nutqiy rivojlanish uchun muhim sanalgan diqqat, idrok, umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari ham shakllantiriladi. Bu buyumlarni shakli, rangi kattaligiga koʻra farqlashga va nomlashga oʻrgatiladi. Tevarak-atrofga munosabati boʻyicha predmet holatini ajratish va nomlashga oʻrgatish olib boriladi (tepada, o ‘rtada va h.k.). K oʻruv idroki va fazoviy solishtirishning shakllanmaganligini bartaraf etishda, vaqt va fazoviy tasawurlarni shakllantirishda bolaning fazoda faol koʻchishi bilan, qayta saflanish, yoʻnalishli yurish va h.k. li o ‘yinlardan foydalaniladi. Figura detallarini farqlash boʻyicha ish olib boriladi. Koʻp miqdordagi elementlari boʻlgan murakkab figuralar tahlil qilinadi, konstruktorlash qobiliyati va konstruksiyalarni fahmlash rivojlantiriladi. Analiz, sintez operatsiyalari, nutqiy boʻlmagan materialni umumlashtirish (solishtirish, taqqoslash, o ‘xshatish, predmetlaming oʻxshashligi va farqini ajratish, belgilari boʻyicha taqqoslash — rang, kattalik, shakl), oʻrnatilgan sabab-oqibatning oʻzaro munosabatlari nutq shakllanishi uchun muhim shart-sharoit yaratadi. Nutqni rivojlantirish uchun ritmika va logaritmika usullaridan foydalanish samarali natija beradi. Musiqa, soʻz va harakatlar turli mashqlarda uygʻunlashib, harakat va nutq-harakat faoliyatini shakllantiradi, bolalarning ritmik, nutqiy va shaxsiyat rivojlanishidagi uzilishlarni toʻldirishni ta’minlaydi. Nutqni rivojlantirish uchun bola uchun qulay darajadagi muloqot amaliyoti muhimdir: mazmunli kontekst bilan birlashmagan (savollarni tushunish, ularga batafsil javob berish) jumlalar bilan, alohida soʻzlar bilan oʻtkaziluvchi operatsiyalar (koʻrsat, qaytar, nomla) bola uchun emotsional va semantik ahamiyatli boʻlgan vaziyatlar fonidagi mazmunli kontekst bilan qoʻshilgan iborali material bilan (oʻyinchoqni soʻrash, mashgʻulot turini tanlash va h.k.), tanish rasmlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalar, dialogik soʻng monologik nutqdan foydalanib oʻtkaziluvchi o ‘yinlar bilan va h.k.lar. Asta-sekin leksik-grammatik materal hajmi va murakkabligi oshib boradi. Nutqni toʻgʻrilash ishlari amaliy predmetli faoliyat bilan bogʻliq va unga tayanadi. Bola oʻz harakatlarini tushunish shakllantiriladi (men oʻqiyapman, chopayapman, sakrayapman). Bola nutqining rivojlanishi imkoniyatlariga koʻra, bajarilayotgan ish yuzasidan bogʻlangantoʻgʻri tushuntirish (nutqi) hisobot rivojlantirib boriladi. Logoped bolalarda faol diqqati, tushunishni tarbiyalab borish bilan birgalikda, bolaning jumlani oxirigacha eshitishga, leksik-grammatik shakllami tushunishga, savol mohiyatini tushunishga (Nima yemoqdamiz? Nima bilan yemoqdamiz va va h.k.) oʻrgatib boradi. Bolalarda leksik-grammatik shakllami qoʻllash, intonatsiya ustidan ongli kuzatuvchanlik tarbiyalandi, flektiv munosabatlarni tushunish mustahkamlanadi, turli xil birikmalarda soʻzlar aloqasi, soʻz va grammatik strukturalar ketma-ketligi tarbiyalanadi. Ish jarayoniga turli analizatorlar eshitish, koʻrish, taktil analizatorni jalb etish muhim. Bola buyum nomini eshitishi, kuzatib koʻrishi, imo- ishora bilan koʻrsatib berishi, nomlashi zarur. Buning natijasida bola ongida qoʻshim cha bogʻlanishlar yuzaga keladi, nutqiy material mustahkamlanadi. Koʻpgina analizatorlar faoliyatiga tayanib, taqqoslash va qarama- qarshi qoʻyishdan foydalaniladi. I.P. Pavlov bularni differensirovkalar shakllanishining asosiy uslublari sifatida tavsiya qilgan. Ishda qoʻshimcha tayanch tahlili va hisoblaridan foydalaniladi, shu jumladan, ramziylik va modellashtirish. Koʻpincha ishning oʻyin shaklidan foydalaniladi, chunki u qiziqishni uygʻotadi, muloqotga ehtiyoj tugʻdiradi, nutqiy taqlidni, motorikaning rivojlanishiga yordam beradi, ta’sirning emotsionalligini ta’minlaydi, biroq oʻyinda ham bir qator hollarda bunday bolalarni maxsus oʻrgatishga toʻgʻri keladi, chunki ularda oʻyin harakatlari shakllanmagan boʻlishi mumkin. Mashgʻulotlarning samaradorligi koʻrgazmali qurollarning mavjudligi va ulardan toʻgʻri foydalanishga bogʻliq. Olib borilayotgan ishning bosqichlaridan qati nazar, ta’sir butun nutq tizimiga qaratiladi: lugʻatini aniqlash va boyitish, frazali va bogʻlangan nutqni shakllantirish, tovush talaffuzini korreksiyalash. Shuningdek, har bir bosqichning maxsus vazifalari va oʻziga xos ish mazmuni aniqlanadi. Birinchi bosqichda olib borilayotgan ishlar quyidagilar sanaladi: nutqiy faollikni tarbiyalash, passiv va faol lugʻatni shakllantirish. Dialog, sodda, katta boʻlmagan hikoya ustida ish olib boriladi. Nutqiy faoliyatning psixofiziologik asoslari va vaziyatli muloqotning birlamchi koʻnikmalari shakllantiriladi. Ikkinchi bosqichda lugʻat va jumla tuzilishini murakkablashtirish asosida frazali nutqi shakllantiriladi. Gaplardan foydalanish ularni grammatik jihozlash, dialog va hikoya ustida ish olib boriladi. Uchinchi bosqichda mustaqil nutqni shakllantirish ishlari olib boriladi. Barcha bosqichlarda nutqiy faoliyatning hamma tomonlari shakllantiriladi. Bolalar amaliy mashqlar yordamida soʻzlarni gapda bogʻliqligini tushunishga va ularni nutqida toʻgʻri qoʻllashga oʻrganadilar. Nutqiy uquvlarni shakllantirishda - morfologik, grammatik, fonematik umumlashmalar va qarama-qarshiliklar — mexanik mashqlani yaqinlashtirmasdan, aloqalar, mazmunni anglash uchun analizga katta e’tibor qaratish, kuzatishga oʻrgatish, tahlil qilish va turli darajadagi nutq materialini umumlashtirish muhim. Asta-sekin nutqda harakat, sifat, predmet va uning elementlarining xossalari, munosabat va aloqalarni belgilash yoli orqali nutqiy bayon qilishlaming intellektuallashuvi darajasi oshadi. Koʻrgazmali vaziyatlarda bolalar tomonidan buyum, harakatlar ajratib olinadi va shu asosida soʻz shakllari taqqoslanadi, turli yangi gaplar tuziladi. Lugʻat bilan ishlashning turli usullaridan foydalaniladi: nutqiy va asl holidagi predmetlar, harakatlar, rasmlar, vaziyatlarni namoyishi. Lugʻat bilan ishlashning koʻrinishlari: predmetlarni harakatlarga mos tarzda tanlash (kim yuguryapti, uchayapti), butun qismlarini nomlash (eshik, chiroq, gʻildirak). Bir oʻzakli soʻzlarni tanlash (bogʻ-bogʻbon), tarif boʻyicha predmetlarni topish antonim, sinonimlami, kichraytirish-erkalash soʻzlar tarkibini tanlash. Mavzular oʻyinchoqlar, mevalar, sabzavotlar va h. k. lugʻat egallash bilan birgalikda soʻzning ma’lum grammatik shaklidan foydalanishni oʻrgatib boriladi (koʻplik va birlik, shaxs va son). Predmetlar bilan harakatlarni bajara turib bolalar ularni nutqlashtiradilar: sut ichyapman, sutni idishga quyyapman va h.k. Ularda savollarga javob berish va savol berish uquvi tarbiyalanadi. Soʻz boʻyicha gap oʻylab topish, tayanch soʻzlar, seriyali rasmlar boʻyicha gap tuzadilar, predmetlar haqida savollar va topishmoqlar tuzish, ikki yoki undan ortiq predmetlarni taqqoslab ta’rif berish uquvi shakllantiriladi. Javob variantlarining xilma-xilligi boyitiladi, bu soʻzga mos keluvchi muhim grammatik shaklni faol tanlashga yordam beradi, soʻzga va nutq ifodalash vositalariga qiziqishni tarbiyalaydi. Grammatik malakalarni shakllantirishda turli koʻrinishdagi mashqlardan foydalaniladi: soʻz birikmalarini koʻchirish, taqlid qiluvchi, almashtiruvchi va oʻzgaruvchi mashqlar. Bunday mashqlar kommunikativ xarakterga ega, ular muloqot jarayoniga yaqindirlar. Grammatik tuzilishni mustahkamlash uchun asta-sekin gaplaming turli modeli qayta ishlanadi: bosh kelishik va moslashtirilgan fe’l (Vali oʻtiribdi); bosh kelishik, moslashtirilgan fe’l va toʻgʻri qoʻshimcha (Bola kitob oʻqiyapti); bosh kelishik, moslashgan fe’l va ikki bogʻliq kelishik (Ona qizchaga kitobni berdi — tushum va joʻnalish kelishigi) va h.k. Turgan gapki, bolaga grammatika boʻyicha hech qanday ma’lumotlar berilmaydi, ish faqat birmuncha doimiy soʻz oʻzgartirish, soʻz hosil qilish va gap tuzish modellari bilan amaliy tanishtirishni koʻzda tutadi. Istalgan grammatik kategoriya ustidan olib boriladigan umumiy ish tartibi quyidagicha: bola avval logoped ma’lum modelni qanday tuzyapganini koʻradi va kuzatadi, soʻng taqlid qiluvchi nutqiy faoliyatga kirishadi. Bunda ajratilgan grammatik shaklni va bogʻlangan nutqdagi grammatik shaklni qoʻllaydi. Impressiv agrammatizm bartaraf etishda shaxsiy nutqdagi agrammatizm tekislanib boradi. Bolalar tomonidan grammatikani oʻzlashtirish jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga egadir, chunki tushunchalarning shakllanishi mavhumlashtirish va umumlashtirishga olib keluvchi analiz va sintezning alohida shakllariga asoslanib amalga oshadi. Grammatik tushunchalar mavhumligi bilan xarakterlanadi, chunki oldinda alohida soʻzlar va gaplar koʻrinmay, ular asosida yotuvchi hosil boʻlish, uygʻunlashuv va oʻzgarishlar koʻrinadi. Grammatik qurilishni egallash, lugʻatni boyitish va nutq birligi sifatida gaplarni amaliy oʻzlashtirish bilan bir vaqtning oʻzida olib boriladi. Grammatik qurilishni oʻzlashtirish — bu eshitish boʻyicha differensatsiya (ajratish, qismlarga ajratish va birlashtirish) va nutqda ma’lum elementlar (qoʻshimchalar, koʻmakchilar va h.k. ) qachon va qanday foydalanilishi haqidagi nutqiy tasavvurlarni eslab qolish. Suhbatlar, predmet va harakatlarni kuzatishlar, oʻyinlar, verbal namunalarga tayanish va hokazolardan foydalaniladi. Didaktik materiallar, pedagogning nutqiy materiallari, mashqlami tashkil qilish, bolalar amaliy m uloqotini rivojlantirish maqsadida qoʻllanuvchi maishiy vaziyatlami tanlash, oʻyinda nutqiy muloqot va boshqalar nutq oʻrgatish vositalari hisoblanadi. Olib boriladigan ishning asosiy vazifasi — bolada muloqot jarayoni va vositalarini shakllantirish. Shaxslararo muloqot — dialogdan sekin- asta monolog nutqga oʻtiladi. Nutqiy muloqot tashabbusi asta-sekin logopeddan bolaga oʻtadi. Nutqiy amaliyot ongli farqlash, morfologik elementlarni ajratish, umumlashtirish va sintaktik konstruksiyalar boʻyicha ishlarda oldindan ta’minlanadi. Bola diqqati mazmun va jaranglashning oʻzgarishiga qaratiladi: qoʻlni sila—qoʻli bilan sila, qalamni chiz —qalam bilan chiz. Gap ustida ishlashda asosiy fikr, mantiqiy urgʻu ajratiladi, uni oʻmini oʻzgartirish qoʻllanadi, vazifalar savol-javobni koʻzlaydi, gaplaming tarqalishi va qayta qurilishini nazarda tutadi. Sinonimizatsiya usulidan foydalana turib boshqacharoq aytish, aynan bir fikmi boshqa til vositalari bilan ifodalash taklif qilinadi. Bunday mashqlar bolada nutq hissini tarbiyalaydi, lugʻat zaxirasi faollashuvini ta’minlaydi, grammatik-sintaktik modellarni mustahkamlaydi. Bogʻlangan nutq ustida olib boriladigan ish faoliyat motivini shakllantirish va bayon qilishning mukammal dasturini tashkil qilishdan boshlanadi. Bayon qilish rejasi sifatida sujetli rasmlar seriyasi, ramzlik, epizodlaryoki alohida predmetlar ifodalangan almashtiriluvchi rasmlardan foydalanadilar. Bolalar rasmlarni kerakli ketma-ketlikda qoʻyib chiqadilar, alohida epizodlar boʻyicha berilgan savollarga javob beradilar, tayanch soʻzlar boʻyicha awal logoped yordamida, soʻng mustaqil hikoya tuzadilar. Mustaqil monologik nutq shakllanishida bolalarning yaxlit matnni ham, alohida gaplarni ham tuzish uquvi mustahkamlanadi. Alaliyali bolalarni savodga oʻrgatish nisbatan erta boshlanadi, bu ularning nutqiy imkoniyatlarini kengaytiradi. Oʻqilgan va yozilgan material koʻproq mustahkamlanadi, nutqiy faoliyat shakllanishi ta’minlanadi. Savodga oʻrgatish, soʻz va iboralaming tuzilishini oʻzlashtirishda bolaga yaqindan yordam beradi. U oʻqish va yozish orqali oʻz nutqini nazorat qiladi va tuzatib boradi. Bunday bolalami savodga oʻrgatish uzoq muddatni va maxsus usullar qoʻllanilishini talab etadi. Yozma nutqni egallashda ikkilamchi disgrafiya va disleksiya yuzaga keladi. Maktab yoshidagi alaliyali bolalar uchun ogʻir nutq nuqsoniga ega bolalar uchun moʻljallangan maktablar sharoitida amalga oshiriladigan, maxsus tashkil etilgan ta’lim shakli talab qilinadi. Oʻquvchilarni ona tiliga oʻrgatish maxsus dastur asosida amalga oshiriladi. Maxsus maktablarda bolalarni oʻqitish va tarbiyalash ta’minlanadi, xususan, nutq rivojlanishida chuqur orqada qolish ularning ogʻzaki muloqotini chegaralaydi va bilim asoslarini egallashda jiddiy toʻsiq hosil qiladi. Nutq rivojlanmaganligining yengil darajasida bolalar ta’lim olishlari mumkin, xususan, ommaviy maktablarda ma’lum qiyinchiliklar bilan va parallel ravishda logopedik punktda shugʻullanishlari mumkin. Logopedik mashgʻulotlarda bolalar nutqi rivojlanishi orasidagi uzilishlar toʻldiriladi, ul statsionar sharoitida muvaffaqiyatli olib boriladi. Bu yerda yaxlit tibbiy-psixologo-pedagogik tadbirlar kompleksini maqsadga muvofiq amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bu tadbirlar alaliyali bolalar shaxsiy nutqi rivojlanishiga, logoped, tarbiyachi, shifokor ishida aloqani ta’minlashga yoʻnaltirilgan. Logopedik ishlar bolani sistemali ravishda maxsus davolash ishlari olib borilganda samarali hisoblanadi. Bunday bolalar nutqi rivojlanishining kuchli manbayi, ularning normal gapiruvchi odamlar bilan muloqoti hisoblanadi.
    .’’Bu nimaning mazzasi’’ oʻyini
    Oʻyinda ta'mli analizatordan foydalaniladi, meva va sabzavot haqidagi bilimlarni yaxshilaydi. Dastlab, kichik boʻlaklar meva yoki sabzavotlar kesiladi, soʻngra bola koʻzlar bilan yopiladi va sinab koʻriladi, kichkina bola oʻzi nima yeganini bilishi kerak boʻladi.Bu oʻyinni asosan maktabgacha va boshlangʻich sinfdgi maktab oʻquvchilariga oʻrgatsak boʻladi, bolalar bu oʻyinni qiziqish bilan oʻynaydilar.

    Download 110,19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 110,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II Bob Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirishda oʻyin texnologiyalarini qoʻllash

    Download 110,19 Kb.