|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat
|
bet | 3/12 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 110,19 Kb. | | #228265 |
Bog'liq Azimova Nozimabonu kurs ishi (1)Kurs ishining ob`ekti: Maktabgacha yoshdagi alalik bola
Kurs ishining maqsadi: Alaliyali bolalarda lugʻat boyligini rivojlantirishda oʻyin texnologiyalarini qoʻllash
Kurs ishining vazifalari:
Alaliya nutq nuqsonini oʻrganishda adabiyotlar tahlili
Alaliya va uning barcha turlarini o`rganish
- Alalik bolalar korreksion ish tizimini oʻrganish.
- Alalik bolalar bilan olib boriladigan logoritmik mashgʻulotlarni oʻrganish.
- Alalik bolalar fonematik idrokining oʻziga xosligini oʻrganish.
Kurs ishining metodi: ilmiy manbaalardan foydalanish, kuzatish,suhbat,oʻyin koʻrgazmalilik, harakat malakalarini rivojlantirish.
Alalik bolalarda uchraydigan nutq kamchiligi oʻz-oʻzidan barham topmaydi, balki vaqt oʻtgan sari yanada mustahkamlanib, zoʻrayib boradi. Nutq kamchiligiga ega kishilar logopedik yordamga muhtoj boʻladilar. Ogʻir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Alaliya bosh miyaning chap yarim sharidagi nutqni idora etuvchi zonalarning homiladorlik davrida yoki bolaning ilk yoshida jarohatlanishi, kam taraqqiy etganligi natijasida vujudga keladi, analizatorlarning faoliyati sekinlashadi.Amaliyot shuni koʻrsatadiki, alalik bolalarning ba’zilarida jismoniy va aqliy rivojlanishi ham sekinlashadi. Bu hol ularni boshqa kamchiliklar bor bolalardan ajratib olishda qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Alalik bolalarda aqliy va boshqa kamchiliklar ikkilamchi hodisa sifatida vujudga keladi. Bordi-yu, alaliya barham topib, nutq tiklanadigan boʻlsa, ulardagi ikkilamchi hodisalar kamayadi yoki batamom yoʻqolib ketadi. Maktabgacha yoshdagi alalik bolalarga maxsus nutq bogʻchalarida oʻz vaqtida toʻgʻri yordam berib, tegishli choralar koʻrilsa, ular ommaviy maktabning birinchi sinfidan boshlab dastur materiallarini oʻzlashtirishi va keyinchalik oliy oʻquv yurtlarida ham oʻqishini davom ettirishlari mumkin.
Alaliya tibbiy-psixologik-pedagogik, ya’ni kompleks, bolaga har tomonlama ta’sir koʻrsatish, uning nutqi va tafakkurini oʻstirishga qaratilgan korreksiya chora-tadbirlari orqali izchillik bilan, uzoq vaqt davomida bartaraf etiladi.Alaliyada gap tuzilishining shakllanmaganligi , ichki nutqiy operatsiyalarning yetilmaganligi oqibatidir .Alaliyada nutqning barcha tomonlari va funksiyalarining sistemali rivojlanmaganligi kuzatiladi . Bunday bolalarda soz va bayonlarning fonematik almashuvi buzuladi , nutqni lingvistik bezash shakllanmaydi , soʻzlar orasida pauzalarda namoyon boʻladi.
|
| |