-chizma. Tabiiy resurslarni klassifikatsiyalash




Download 1.64 Mb.
bet6/27
Sana24.03.2017
Hajmi1.64 Mb.
#1668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
1-chizma. Tabiiy resurslarni klassifikatsiyalash.

xossalariga bog’liq. Hosildorlik ikki qismga: tabiiy va iqtisodiy turlarga ajratiladi. Tabiiy hosildorlik ko’p hollarda tabiiy va iqlimiy xususiyatlarga bog’liq bo’lsa, uning iqtisodiy turi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanish darajasiga bog’liq. Tuproq hosildorligini agrotexnik va agrokimyoviy chora-tadbirlar bilan su’niy oshirish mumkin, bu esa dehqonchilikni rivojlantirishning asosi bo’lib hisoblanadi.

O’simlik va hayvonot resurslari ham jamiyat rivojlanishida muhim o’rin tutadi. O’simlik va hayvonot resurslari birgalikda biologik resurslarni tashkil qiladi. Biologik resurslar bu tabiat tarkibidagi inson va jamiyat uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy boyliklar manbaidir (ovchilik qilinadigan joylar, madaniy o’simliklar, uy hayvonlari, manzarali landshaftlar, organik moddalarni mineral holatgacha parchalaydigan mikroorganizmlar va h.z) o’simlik resurslari o’z navbatida o’rmon, o’tloq, yaylov, oziq-ovqat, dorivor, manzarali va boshqa resurslarga bo’linib ketadi. Hayvonot resurslari mo’yna beradigan, teri beradigan, jun beradigan, go’sht beradigan, zahar beradigan, tuxum beradigan hayvonlarga bo’linadi.

Hozirgi paytda tabiatning tez sur'atlar bilan har tomonlama o'zlashtirilishi oqibatida juda ko'p o'simlik va hayvonot turlari yo'q bo'lib ketdi, yana bir qanchasi yo'qolib ketish arafasida turibdi. Shuning uchun ham o'simlik va hayvonot dunyosini qo'riqlash va qayta tiklash maqsadida buyurtmalar, qo'riqxonalar, milliy va xalq bog’lari tashkil qilingan.

Buyurtmalar qonun yo'li bilan tabiiy majmualarni bir qismi qo'riqlanadigan hududdir (hayvonot va o'simlik dunyosi). Buyurtmalar doimiy, vaqtincha, uzoq muddatli, rezervatlar va «saqlanish» joylariga bo'linadi. Bu yеrlarda o'simlik va hayvonot olamining soni inson tomonidan bir me'yorda saqlab turiladi. Uzoq vaqt davomida tabiat majmualarining ma'lum bir qismi qo'riqlanadigan joy uzoq muddatli buyurtma deb ataladi. Bunday buyurtmalar chet ellarda ko'proq tarqalgan. Buyurtmalarda tabiiy resurslardan xo'jalik maqsadlarida foydalanishga ruxsat etiladi. O’simliklarni alohida turlari qo'riqlanadigan buyurtmalarning maydoni kichik bo'lsa (bir necha yuz ga) ular turdosh yoki to'liqsiz buyurtmalar deb ataladi. Uzoq muddatli buyurtmalar Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikada ko'proq joylashgan. Masalan, Pidaung (M’yanma, 71,7 ming ga, Birma faunasi qo'riqlanadi), Djir-Forest (Hindiston, 130 ming ga, Osiyo yo'lbarsi qo'riqlanadi), Cavo (Keniya, 2088,8 ming ga, Sharqiy Afrika hayvonlari qo'riqlanadi), Selus (Tanzaniya, 3293 ming ga, fillar qo'riqlanadi ), Lvando (Angola, 828 ming ga, qora otsimon antilopa qo'riqlanadi).

Barcha tabiat majmualari tabiiy holda saqlanadigan hudud qo'riqxona deb ataladi. Odatda ma'lum bir geografik zona uchun hos bo'lgan hududlar qo'riqlash uchun ajratiladi. Bu hududlar muhim ilmiy ahamiyatga ega bo'lishi kerak (o'simlik va hayvonot dunyosi, turli hil boyliklar). Qo'riqxonalar odatda ilmiy ishlar olib boriladigan joylar hisoblanadi. Masalan, Kandalaksha (Rossiya, 180,4 ming ga, tundra landshafti qo'riqlanadi), Askaniya-Nova (Ukraina, 0,5 ming ga, dasht landshafti qo'riqlanadi), Borsa-Kelmas (O'zbekiston, 19,8 ming ga, cho'l landshafti qo'riqlanadi).

Chet ellarda kompleks va mahsus qo'riqxonalar ajratiladi (botanik, zoologik). Masalan, kompleks qo'riqhonalar: Etosho-Pan (Namibiya, 6734 ming ga, savanna va cho'l landshafti qo'riqlanadi), Yahshi Umid burni (JAR, 6968 ming ga, Ko’p o'simlik va hayvonot dunyosi qo'riqlanadi), Ki-Largo (AQSH, 19 ming ga, Florida suv osti qo'riqxonasi, turli hil marjonlar qo'riqlanadi).

Juda ham hushmanzara hududda joylashgan, inson faoliyati ta'sirida kam o'zgargan yirik kompleks qo'riqxonalar milliy bog’lar deb ataladi. Milliy bog’larda tabiiy resurslardan foydalanish chegaralangan. Bu yеrlarda aholining dam olishiga va sayyohlikka ruhsat beriladi. Ayrim milliy bog’larda ilmiy-tekshirish ishlari ham olib boriladi. Jahondagi yirik milliy bog’lar quyidagilar: Vud-Buffalo (Kanada 4,5 mln .ga, bizonlar qo'riqlanadi, jahondagi yirik milliy bog’ hisoboanadi). Yellouston (AQSH, 896,3 ming ga, to’g’ landshafti qo’riqlanadi); Yosemit (AQSH, 304,4 ming ga, tog’ landshafti, sharsharalar, sekvoyyalar qo’riqlanadi); Nayrobi (Keniya, 11,4 ming ga, savanna va savanna hayvonlari qo'riqlanadi), Serek-Shyofallets (Shvetsiya, 353 ming ga, tog’ landshafti qo'riqlanadi) va h.k.

Milliy bog’lardan tashqari xalq bog’lari ham bor. Xalq bog’lari – dam olish va sayyohlik uchun foydalaniladigan. Ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan, tabiatning inson faoliyati kam ta'sir etgan bir qismi. Xalq bog’larining to'la qo'riqlanadigan qismi tabiiy rezervatlar deb ataladi, bundan tashqari, qisman qo'riqlanadigan va ilmiy ishlar olib boriladigan qismlarga ham bo'linadi. Mashhur xalq bog’lari: Vitosha (Bolgariya, 6,4 ming ga, relikt o'simliklar qo'riqlanadi); Kirkonoshe (Chexiya, Polsha, 83 ming ga, o'rmonlar, subalp va alp, re’likt o'simliklar qo'riqlanadi), Belovej (Polsha, 4.2 ming ga, tabiiy Belovej o'rmonining bir qismi, asosan zubr qo'riqlanadi). O'zbekistonda Jizzax xalq bog’i bor. YUNЕSKO dasturi asosida qo'riqlanadigan joylar biosfera qo'riqxonasi deb ataladi. Masalan, Chotqol biosfera qo'riqxonasi.

Qishloq xo'jaligi va sanoatning, umuman xalq xo'jaligining deyarli barcha tarmoqlarini rivojlantirishda suv resurslarining miqdori katta ahamiyatga ega. Foydalanish uchun yaroqli bo'lgan dengiz, daryo, ko'l, yеr osti suvlari, tuproqdagi nam, tog’ va qutb muzliklari hamda atmosferadagi suvlar barchasi suv resurslari deb ataladi . Sayyoramizdagi suvlarning umumiy hajmi 1460 mln. km2 atrofida, ulardan 1370 mln. km2. Dunyo okeani suvlari, 90 mln. km3 quruqlik suvlari, 13 mln. km3 atmosfera suvlaridir. Daryo, tuproq va atmosferadagi suvlar eng harakatchan hisoblanadi. Dunyo okeani, yеr osti va muzlik suvlari aksincha kam harakatchan bo'ladi. Xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgan suv resurslarining o'lchamlari quyidagilardir oqimning doimiyligi, suvning minerallashish darajasi, yo'nalishi va tezligi.

Suv resurslari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: daryo, ko'l, botqoq, muz, doimiy va vaqtincha qorlar, ko'p yillik muzloq yеrlar, Dunyo okeani suvlari. Suv boyliklaridan foydalanish turli shakllarda (suvdan foydalanish va suv iste'mol qilish) va turli maqsadlarda (turmushda, sanoatda, qishloq xo'jaligida, energetikada, kemachilikda va h.k.larda) sodir bo'ladi. Ma'lum bir paytda yеr yuzasiga tushadigan suvlar (yog’in) bilan bug’lanadigan (quruqlik va okean yuzasidan) suvlar (yog’in) o'rtasidagi farq yеrning suv balansi (muvozanati) deb ataladi. Bir yilda yеr yuzasiga tushadigan suvlar (yog’inlar) miqdori 1020 mm, bug’lanish 1020 mm (okean yuzasidan 880 mm, quruqlik yuzasidan 140 mm). Ma'lum bir mamlakatning suv resurslari haqidagi ma'lumotlar to'plami uning suv kadastri deb ataladi. Bundan tashqari, o'qituvchi quyidagilar to'g’risida ma'lumotga ega bo'lishi lozim: suv bilan ta'minlanganlik darajasi, suvdan foydalanish; suv ta'minoti, aylanma suv ta'minoti, suv ombori va h.k.

Har qanday mamlakatning suv resurslari bilan ta' minlanganlik darajasi ularga bo'lgan talab bilan shu talabni qondirish imkoniyatining bir-biriga muvofiqligidir (foizda yoki birlikda o'lchanadi). Suv resurslaridan foydalanishning tartibi suvdan foydalanish deyiladi va u quyidagi qismlardan iborat:

1) Suv havzalaridan aholi va xalq xo'jaligi ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish;

2) Suvni suv havzalaridan olmasdan, o'zidan o'tkazish asosida foydalanish (GES, tegirmon va h.k.);

3) Tabiatdan foydalanishning umumiy tizimida suv resurslaridan foydalanishning hamma shakllari.

Suv havzalaridan (tabiiy va sun'iy) yoki suv bilan ta'minlash tizimlaridan suv olish suv iste'moli deb ataladi va ikki turga bo'linadi: suvni qaytarish va qaytarmasdan iste'mol qilish. Iste'molchilarni suv bilan ta'minlash chora-tadbirlarining yig’indisi (suvni olish, tozalash, tashish, iste'molchiga uzatish) suv ta'minoti deb ataladi. Suv iste'moli dunyoda kishi boshiga 3-700 l/sut. Ishlatilgan suvlarni yana qaytadan suv bilan ta'minlash tizimlariga tushishi aylanma suv ta'minoti deb ataladi.

Daryo suvlaridan tejab foydalanish, daryo suvlari me'yorini tartibga solish, elektroenergiya olish, kema qatnovini yaxshilash uchun turli hil kattalikda suv omborlari quriladi. Suv omborlari daryolarning o'zanida yoki yеr yuzasining botiq joylarida to'g’on qurish yo'li bilan bunyod etiladi.

Suv resurslarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri mineral va shifobahsh suvlardir. Tarkibida ayrim kimyoviy elementlarning birikmalari va gazlar miqdori yuqori darajada bo'lgan suvlar mineral suvlar deb ataladi. Chuchuk va mineral suvlar orasidagi farq umumiy minerallashish miqdoriga qarab aniqlanadi. Minerallashish miqdori chuchuk suvlarda 1 g/l dan kam, mineral suvlarda 1 g/l dan yuqori bo'ladi, minerallashish miqdori 50 g/l dan yuqori bo'lsa, bunday suvlar qorishma deyiladi.

Yuqori haroratga ega bo'lgan yеr osti suvlari termal suvlar deb ataladi. Nisbiy va mutlaq termal suvlar ajratiladi. Nisbiy termal suvlar harorati shu joyning o'rtacha yillik havo haroratidan yuqori bo'ladi.

Mutlaq termal suvlarning harorati yеr yuzasining eng yuqori o'rtacha yillik haroratidan yuqori bo'ladi (+37°).

Demak, suv resurslari faqat boylik bo'lib qolmasdan, balki hayotning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi.

Tabiiy resurslarning ichida jamiyatning rivojlanishida muhim o'rin tutadigani mineral resurslardir. Mineral resurslar xalq xo'jaligining deyarli barcha sohalarida ishlatiladi. Shuning uchun ham bu sohaga tegishli tushunchalar talaygina: mineral xomashyo, mineral boyliklar, foydali qazilma zahiralari, foydali qazilma konlari, ruda, shaxta, mineral xomashyo rayoni va h\ k.

Litosferaning foydalanish uchun yaroqli bo’lgan moddiy qismiga mineral resurslar deyiladi. Uni ko’p hollarda mineral xomashyo ham deb ataladi. Iqtisodiy jihatdan ajratib olish qulay bo'lgan darajada minerallar miqdoriga ega bo'lgan rudali, norudali qazilmalar hamda ko'l, dengiz, yеr osti va suv osti manbalaridagi tuzlarning tabiiy qorishmalariga mineral xomashyo deb ataladi. Ular tabiiy resurslarning muhim qismini tashkil qiladi va xalq xo'jaligining turli sohalarida ishlatiladi hamda sanoat rivojlanishi uchun asos bo'lib hisoblanadi.

Iqtisodiy jihatdan qazib olish uchun zarur miqdordagi zahiraga ega bo'lgan, bitta mineral yoki minerallar agregatidan iborat bo'lgan, yеr po'stida foydali qazilmalarning to'planib qolgan joyiga foydali qazilma konlari deyiladi. Ma'lum bir alohida hududdagi va umumiy geologik tuzilishga ega bo'lgan konlar guruhiga havza yoki rayon deb ataladi (Donesk, Kuznesk, Qarag’anda, Dur, Appalachi va boshqalar).[10]

Foydali qazilmalar, bu noorganik yoki organik yo'l bilan hosil bo'lgan yеr po'stidagi tabiiy mineral birikmalar (hosilalar)dir. Ular xo'jalikni va texnikani ma'lum paytdagi rivojlanish darajasiga qarab tabiiy yoki qayta ishlangan holda xalq xo'jaligida foydalanilishi mumkin. Foydali qazilmalar fizik xossalariga qarab uch guruhga bo'linadi - qattiq, suyug’, gazsimon. Tarkibiga va foydalanish hususiyatlariga qarab quyidagi qismlarga bo'linadi:

1) Yoqilg’i foydali qazilmalari (kaustobiolitlar). Bu guruhga ko'mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slaneslar, torf kiradi;

2) Metalli foydali qazilmalar - qora, rangli, kamyob, nodir va radioaktiv metall rudalari;

3) Nometall foydali qazilmalar - qurilish hom ashyosi, mineral o'g’itlar va h.k.

Geologik qidiruv ishlari natijasida aniqlangan mineral hom ashyo miqdoriga foydali qazilmalar zahirasi deb ataladi. Foydali qazilmalar zahiralari o'rganilish darajasiga qarab turli guruhlarga bo'linadi:

A – foydali qazilma konlari har tomonlama to'la va chuqur o'rganilgan, sanoat jihatdan o'zlashtirilishi mumkin;

V – foydali qazilma konining asosiy xususiyatlari o'rganilgan;

S - foydali qazilma konlarining asosiy geologik sharoiti umumiy darajada o'rganilgan.

Zahiralarning guruhlarga bunday bo'linishi sobiq Ittifoq o'rnida tashkil topgan mustaqil davlatlarda qo'llaniladi.

Boshqa davlatlarda zahiralar uch guruhga bo'linadi:

1) Aniqlangan yoki haqiqiy konlar (sifat va miqdor jihatdan to'la o'rganilgan);

2) To'la aniqlanmagan, ehtimolli konlar;

3) Tahminiy (bashorat) konlar.

Zahiralarning hamma turlari yig’indisi umumiy yoki geologik zahira deb ataladi. Bundan tashqari, yana potensial (bashorat qilinayotgan) zahiralar tushunchasi ham bor. Bu zahiralar iqtisodiy sharoitning o'zgarishi natijasida kelajakda o'zlashtirilishi mumkin.

Xo'jalikda tog’- kon sanoati va u bilan bog’liq bo'lgan qayta ishlash sanoati yеtakchi o'rin tutadigan rayon mineral xomashyo rayoni deb ataladi.

Foydali qazilma konlarining geografik tarqalishi o'ziga hos hususiyatlarga ega. Platformalarning qalqonlarida qimmatbaho metalli foydali qazilmalar keng tarqalgan (Avstraliya, Osiyo, Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika). Platformalarning botiqlarida yoqilg’i foydali qazilmalari keng tarqalgan.

Mineral xomashyolarni qazib olish jarayonida tabiatning hamma tarkibiy qismlari u yoki bu darajada o'zgaradi. Yangi tog’- kon sanoati landshaftlari hosil bo'ladi. Rivojlangan mamlakatlarda tog’-kon sanoati landshaftlarining asosiy qismini nokerak jinslar tashkil qiladi. Chunki rudaning tarkibidagi foydali elementlar miqdori turlicha bo'ladi. Tarkibida texnikaning hozirgi rivojlanish darajasida ajratib olish iqtisodiy jihatdan samara beradigan miqdorda foydali komponentlari bo'lgan tog’ jinslari yoki mineral agregatlari ruda deb ataladi. Masalan, oltin, mis, molibden, volfram, platina, temir, qalay, polimetall, qo'rg’oshin-rux, kumush, titan rudalari. Bu rudalarning tarkibida foydali elementlar miqdori turlicha bo'ladi.

Juda ko'p metallarning rudadagi miqdori kam bo'ladi. 1 t. mis olish uchun 100 t. ruda, 1 t. qalayi olish uchun esa 300 t. dan ortiq ruda kerak bo'ladi.



Hozirgi paytda tugaydigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslarning tobora kamayib borishi munosabati bilan noan'anaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini izlab topish bo'yicha ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ba'zi noan'anaviy resurslardan foydalanishda katta yutuqlarga erishilgan (AQSH, Islandiya, Fransiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Italiya) .

Noan'anaviy tabiiy resurslarga quyosh energiyasi, shamol kuchi, qalqish, oqim kuchi, yеrning ichki issiqligi (geotermal) va boshqalar kiradi. Resurslar bo’yicha Rossiya davlati yеtakchi bo’lib, u yеrda barcha foydali qazima turlari mavjuddir va dunyoda bu ko’rsatkichi bilan dunyo bo’yicha yеtakchilik qiladi. Tabiiy sharoitni xo’jalikning rivojlanishiga ta’sirini o’rganish. Tabiiy sharoit har qanday mamlakat, viloyat, mintaqa xo’jaligining rivojlanishini sekinlashtirishi yoki tezlashtirishi mumkin. Tabiiy sharoit qishloq xo’jaligining ixtisoslashuviga va joylashuviga, transport qurulishiga ta’sir etib, turli joylarda xo’jalik yurutishni arzonlashtirishi yoki qimmatlashtirishi mumkin. Rel‘ef xo’jalikni balandlik mintaqalari sari turli sohalarga ixtisoslashib borishiga sabab bo’ladi. Rel‘efi tekis bo’lgan joylar sanoati, transporti va qishloq xo’jaligini rivojlantirish juda qulay. Qurulish ishlari uchun juda kam mablag’ sarflanadi. Rel’efning past-balandligi orta borishi sari xo’jalik yurutish qiyinlashib boradi, qurulish ishlariga sarflanadigan xarajatlar oshib ketadi. Botqoqlar, cho’llar, doimiy muzlab yotgan yеrlar, muz bilan qoplangan joylarda xo’jalik yuritish va ularni o’zlashtirish katta mablag’ talab qiladi. Ma’lum bir joyning iqlim sharoiti xo’jalik yurutishga sezilarli ta’sir qiladi. Xo’jalik yurutishga (aynan qishloq xo’jaligini) ta’sir etadigan iqlim elementlari quyidagilar hisoblanadi: + 10 0 dan yuqori bo’lgan yillik harorat yig’indisi, yog’in miqdori, sovuqsiz va bulutsiz kunlar soni, shamollar va ularning doimiyli qor qalinligi va uning yog’ish muddati va h.k. Musbat (+ 10 dan yuqori) haroratlar yig’indisi qishloq xo’jalik ekinlarining turlarini aniqlab beradi. Yog’in miqdori va bug’lanish nisbatining turli tabiat zonalarida turlicha bo’lishi qishloq xo’jaligining ixtisoslashuvini belgilab beradi. Yog’in miqdori bilan bug’lanish miqdori teng bo’lgan joylar (dasht, o’rmon-dasht) qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun juda qulay hisoblanadi, eng hosildor, chirindiga boy tuproqlar (qora tuproqdir) shu yеrlarda tarqalgan. Bu yеrlarda lalmi dehqonchilik qilish mumkin. Yog’in miqdori bug’lanishdan ancha kam bo’lgan mo’tadil mintaqaning janubiy qismi, subtropik va tropik mintaqalarda qishloq xo’jaligi sug’orish asosida rivojlanadi. Yog'in miqdori ham, bug’lanish miqdori ham kam bo’lgan qutb atrofi va qutbiy mintaqalarda tuproq qoplami juda ham kam, ba’zi joylarda deyarli yo’q, yеr yuzasi botqoqlashgan, aksariyat joylar ko’p yillik muzloqlardan iborat bo’lgani uchun qishloq xo’jaligining chorvachilik (bug’uchilik) tarmog’i yaxshi rivojlangan. Jahonning cho’llar hududlarida ham asosan chorvachilik rivojlangan (qo’ychilik, tuyachilik). Ekvatorial, subekvatorial va nam tropik mintaqlarda yil bo’yi bir necha bor hosil olish mumkin. Hindistonda, Hindi-Xitoy yarim orollarida, Malayziya arxipelagida qishloq xo’jalik ekinlaridan (asosan sholidan) bir necha marta hosil olinadi. Demak, qishloq xo’jaligining rivojlanishiga va ixtisoslashuviga iqlim va uning xususiyatlari katta ta’sir qilgan. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi tabiat zonalari bo’yicha ixtisoslashib boradi. Shimoliy va janubiy qutbiy o’lkalarida asosan chorvachilik, o’rmon zonasida sut, sut go’sht chorvachiligi, o’rmon-dasht va dashtlarda dehqonchilik, chala cho’llarda va cho’llarda sug’orma dehqonchilik cho’llarda chorvachilik, nam yеtarli bo’lgan ekvatorial tropik o’lkalarda esa donchilik yaxshi rivojlangan.



Download 1.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-chizma. Tabiiy resurslarni klassifikatsiyalash

Download 1.64 Mb.