TABIIY RESURSLARDAN XO’JALIKDA FOYDALANISH XUSUSIYATLARI




Download 1.64 Mb.
bet7/27
Sana24.03.2017
Hajmi1.64 Mb.
#1668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
1.2. TABIIY RESURSLARDAN XO’JALIKDA FOYDALANISH XUSUSIYATLARI.

Yer osti qazilmalarining ahamiyati yеr osti qazilmalari o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslardan o'zining qayta tiklanish xususiyatlariga ega emasligi bilan ajralib turadi va tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi. Insonlar qadim zamonlardan boshlab yеr ostidan kerakli qazilmalarni qazib olib foydalanib kelganlar. Jamiyat tarixi ham asosiy ishlatilgan qazilmalar nomiga mone ravishda «tosh davri», «bronza davri», «temir davri» deb nom olgan. Vaqt o'tishi bilan insonlar sonining oshib borishi, shunga monand ravishda ular ehtiyojlarini o'sib borishi natijasida fan va texnika rivojlanib, foydali qazilmalar­ni qidirib topish va ishlatish hajmi ham ortib borgan. Yer osti qazilmalari jamiyat rivojida qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishdan keyin ikkinchi o'rinda turadi.

Qazilma boyliklar deb, yеr qa'ridan qazib olinadigan qora, rangli va nodir metal ma'danlari, turli xil yonuvchi resurslar (ko’mir, tabiiy gaz, neft, yonuvchi slanes, torf ), kimyoviy xomashyolar (tuzlar), qurilish materiallariga aytiladi.

Biror-bir ishlab chiqarish sohasi yoki, unda yеrdan qazib olinadigan resurslardan foydalanilmasa yеr bag’ri kimyo, metallurgiya, energetika va boshqa katta sanoat korxonalari uchun xomashyo manbai hisoblanadi. Yerdan qazib olingan yonilg’i resurslarga deyarli barcha texnika va transport vositalari harakatlanadi. Qazilma boyliklardan olinadigan mineral va kimyoviy o'g'itlardan esa qishloq xo'jaligida keng foydalaniladi. Hozirgi kunga kelib insoniyat foydalanadigan mineral va tog' jinslarining umumiy soni 3500 dan ortib ketdi va har yili 120 milliard tonnadan ortiq foydali qazilmalar va turli tog' jinslari ishlatilmoqda.

Qazilma boyliklarni qazib olish, tashish, qayta ishlash vaqtida atrof-muhit ifloslanadi. Minglab unumdor yеrlar industrial dashtlarga aylanadi. Suv, havo, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosiga zarar yеtkaziladi. Tog-'kon sanoati korxonalari faoliyati natijasida har yili kon usti jinslari, flotasion boyitish chiqitlari, turli xil shlaklar, klenkerlar hosil bo'ladi. Mineral xomashyolar ochiq

(kar'er) yoki yopiq (shaxta) usullarida qazib olinadi. Ochiq usulda qazib olingan qazilmalardan ancha to’laqonli foydalanish imkoniyati bo'lsada, atrof-muhitga ko'rsatadigan salbiy ta'siri yuqori bo'ladi. Bunday ta'sir doirasi yuzlab km.gacha boradi. Konlarning ochiq usulda qazib olinishi surilmalarga sabab bo'ladi. Surilmalar kon yonbag’irlarida, kar'er chuqurligi va ularning devor qiyaligi oshgan sari qiya yotgan tog'- jinslari qatlamining surilishi hisobiga sodir bo'ladi. Bunday surilmalarni Qo'rg'oshinkon, Kyalmakir, Angren konlarida kuzatish mumkin. Yopiq, usulda qazib olinadigan qazilmalar uchun sarf-xarajat yuqori bo'lishi bilan birga qazib olish jarayonida hozirgi mavjud texnologiyalarni takomillashmaganligi sababli foydali ma'danlarning 25 % dan ortig'i yеr ostida qolib ketadi. Konlarni ochiq va yopiq, usulda qazish jarayonida chiqindilar yig'ilgan sun'iy tepaliklar bilan birga yеr satxini cho'kishi, yoriqlar hosil bo'lishi sodir bo'la­di. Sathning cho’kishi ko'pincha yopiq, usulda qazib olish ja­rayonida hosil bo'lgan bo'shliqlarni ustki va yon atrofdagi tog' jinslarining o'pirilib tushishi hisobiga sodir bo'ladi. Bunday cho'kishlar AQSh ning Kaliforniya shtatida, San-Fransiskoda, San-Xaokin vodiysida, Mexikoda, Tokio, Osaka shaharlarida, shuningdek, Kuzbassda, Karagandada, Volga bo'ylarida kuzatiladi. Bu hududlarda yеr sathining cho’ki­shi hozirgacha o'rta hisobda 8-10 metrdan 20 metrga yеtadi. Cho'kish oqibatida kanallar, binolar, gidrotexnik inshootlar buziladi. Qazilmalarni qazib olish chuqurligi oshgan sari suv saqlovchi qatlamlardan konga oqib kiradigan suv miqdori ham ortib boradi. Kon ichida va uning atrofida burg’ulangan quduqlar orqali minglab, millionlab m3 suv kon tashqarisiga chiqarib turiladi. Natijada, kon atrofidagi 10-20 km gacha bo'lgan masofalarda yеr osti suvlari sathi pasayib, buloq va quduqlarni qurishiga sabab bo'ladi.

Kon qazish ishlarida bir vaqtning o'zida yoki ketma - ket qisqa vaqt ichida 5-6 tonnadan 200-300 tonnagacha, ba'zan 500-1000 tonnagacha portlovchi moddalar ishlatiladi. Har bir m3 tog’ jinsini portlatish uchun 0,7-0,9 kg portlovchi modda ishlatiladi. Kar'erlarda bo'ladigan portlatishlar atmosferani katta miqdorda chang va gazlar bilan ifloslanishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda tog' jinslarini portlatish hiso­biga atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar hajmi 2 mil­lion m3 ga yеtadi. Kar'erlarda bir marotaba umumiy portla­tish vaqtida atmosferaga 250 tonna chang va 5-6 ming m3 zararli gazlar chiqadi. Bunda hosil bo'lgan chang bulutlari 3000 metr balandlikkacha ko'tarilib, shamol yo'nalishi bo'ylab 1-1,5 km gacha tarqaladi. Bulardan tashqari, tog' jinslarini tashish vaqtida atmosfera transport vositalaridan chiqadigan zararli gazlar va yo'llardan ko'tariladigan changlar bilan ham ifloslanadi. Oqibatda, tuproq tarkibi o’zgarib hosildorlik kamayadi, suv havzalari, dov-daraxtlar, parrandayu darrandalar zarar ko'radi. Insonlar turli kasalliklarga chalinishlari mumkin. Masalan, Buyuk Britaniya tuproqlarida rux elementi miqdorining va o'simliklarda molibdenning ko'payishi oshqozon-ichak va rak kasalliklarining ko'payishiga sabab bo'layotganligi aniqlangan. Tarkibida ko'p miqdorda selen elementi bo'lgan ozuqani iste'mol qilish odamlar sochini to’kilishiga, qo'ylarning tuyoqlari kasallanishiga ham sabab bo'ladi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, hozirga kelib, dunyo mamlakatlarining energiyaga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun yеrdagi organik yonilg'ilar zaxirasi taxminan 150 yilga, jumladan, neft 35-40 yilga, gaz 50 yilga, ko'mir esa 425 yilga yеtishi aniqlangan. Ko'mir zaxiralari neft va gaz zaxiralaridan ikki marta ko'p. Olimlarning fikriga ko'ra, energiya manbalarining asosini tashkil qiluvchi neft va gazni tejab-tergab ishlatish uchun ulardan olinadigan sintetik mahsulotlar, turli xil xomashyolarni ko'mirni qayta ishlash hisobiga almashtirish lozim. Qazib olish jarayonlarida texnologik jarayonlarni talab darajasida takomillashmaganligi natijasida, ko'mirning 45 foizi, neftning esa 60 foizi yеr bag’rida qolib ketmoqda. Neft konlaridan neftni to’la qazib olish kabi muhim vazifani hal etish uchun qatlamlararo bosimni oshirish, issiq suyuqliklar va elektr zaryadlari yordamida neftning qovushqoqlik xossasini kamaytirish usullarini qo'llash lozim. Energetik muammolarni hal etishning muhim yo’nalishlaridan biri - gaz bilan birga olinadigan, ammo gaz quvurlarida tashish imkonini bermaydigan gaz kondensatlaridan foydalanishdir. Ulardan foydalanishning eng maqbul yo’li ularni dizel' yonilg'isigacha qayta ishlashdir. Kondensatlardan olingan dizel' yonilg’ilarining toksiklik darajasi ancha kam bo'ladi. Bunday yonilg'ilarda ishlagan avto-transportlar sundirg'ichlaridan chiqadigan gazlar tarkibida konserogen moddalar odatdagi dizel' yonilg’isidagiga nisbatan 30 foiz kam bo'ladi. Yaqin kelajakda benzin, kerosin va boshqa yonilg’ilarni ko'mir tarkibidan olish, shuningdek, noan'anaviy energiya manbalaridan va ikkilamchi energetik resurslardan keng foydalanishni yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga mavjud energiya manbalari energayasidan tejab-tergab foydalanish lozim.

Dunyo bo'yicha atom elektr stansiyalari hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 1990- yilgacha 16% ga еtdi. Bir qator mamlakatlarda, shu jumladan, Fransiyada bu ko'rsatkich 70% ni, sobiq Ittifoqda esa 12 % ni tashkil qilgan. Chernobil' AES ida sodir bo'lgan fojiadan so’ng, atom energetikasiga bo'lgan ishonch ancha so'ndi. Bu tabiiy hol edi, chunki radioaktiv ifloslanishdan insonlar va biosfera juda katta zarar ko'rdi. AESlarni yopish mumkin emas, ammo xavfsizligini ta'minlash mumkin va kerak. AESlarning O'rta Osiyo hududiga joylashtirish geologik nuqtai nazardan maqbul emas. Chunki, O'rta Osiyoning tog'lik hududlari seysmik faol zonalarga kiradi.

Yadro chiqindilari ham juda xavfli. Masalan, Chelya­binsk – 40 yadro markaziga yaqin bo'lgan ko'lda katta miqdorda Sz137 va 8 g 90 to'plangan. Yadro chiqindilarini saqlash uchun ko’p yillar davomida Murmansk yaqinidagi suv havzalaridan foydalanilgan.

Ekologik xavfsiz bo'lgan energiya manbalari – suv elektrostansiyalaridir. Suv energetikasi uchun tog’ va tog' oldi hududlarida joylashgan o'rta va kichik daryolardan foydala­nish maqsadga muvofiq. Chunki, tekislik bo'ylab oqadigan daryolarga qurilgan suv elektrostansiyalari tabiiy muhitga katta salbiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, Volga daryosiga suv elektrostansiyasi uchun qurilgan to’g'on ta'sirida daryoning suvi yon-atrofga yoyilib, suv harakati ma'lum muddat to’xtagan, suvni o'zini-o'zi tozalash xossalari pasaygan, suvning rangi va sanitariya holati o'zgargan.

Muhim yonilg'i-energetik resurslardan yana biri gidrotermal suvlardir. Ularning tabiiy issiq suvlaridan foydalanib uylarni va issiqxonalarni issiqlik bilan ta'minlash mum­kin. hamdo'stlik mamlakatlari hududida 50 dan ortiq shunday manbalar mavjud. Ulardan 60 million m3 dan ortiq termal suvlar va 400 ming tonna atrofida bug’ olish mumkin. Gidrotermal suvlar evaziga olinayotgan energiya hajmi 0,5 million tonna shartli yonilg'iga teng. Bu yеr bag'ridan olinadigan is­siqlik resurslarining bir qismini tashkil qiladi, xolos. Juda katta issiqlik zaxirasi yеr qa'rida 4-5 km chuqurlikda joylashgan. Bunday chuqurlikda tog' jinslarining harorati 200°S dan oshadi. Ma'lum miqdordagi suvni chuqurlikka haydab, issiq. suvga aylantirish yo'li bilan gidrotermal elektr stansiya­lari barpo etish mumkinligi isbotlangan.

Milliardlab kVt arzon energiyani shamol yordamida olish mumkin. Ularning quvvati yеr shari bo'yicha foydalanilayotgan elektr energiyasidan 500 marta yuqori ekanligi isbotlab chiqilgan. Bu kabi arzon va ekologik toza energiya manbai hisobiga butun Rossiyani energiyaga bo'lgan talabini 20% ini ta'minlashi mumkin. Hozirgi kunda Fransiya, AQSH, Daniya davlatlarida quvvati 2 MVt gacha, shamol g'ildiragi diametri 50-60 metr bo'lgan avtomatik boshqariladigan elektrostansiyalar barpo etilgan. quvvati 1-3 kVt bo'lgan shamol energiya qurilmalaridan cho'ponlar va geologlarni vaqtinchalik yashash joylarini, chorvachilik majmualarini elektr energiyasi bilan ta'minlashda, binolarni isitishda, suvlarni chuchuklashtirishda keng foydalanishni yo'lga qo'yish lozim. Shamol dvigatellariga ishlaydigan ki­chik suv elektr stansiyalari agrosanoat majmualaridagi ener­giya sarfini kamaytirishga yordam bergan bo'lar edi.

Quyosh energiyasidan foydalanish, ya'ni quyosh energiyasini gelioqurilmalar yordamida elektr energiyasiga aylan­tirish imkoniyatlari cheksiz. Dunyoning bir qator mamlakatlarida, masalan, AQSh ning Moxavi ( Kaliforniya ) cho'lida quyosh termodinamik elektrostansiyasi ishlab turibdi. Uning yordamida yiliga 355 MVt energiya ishlab chiqarilmoqda. Bu quvvat 0,5 million kishining energiyaga bo'lgan ta­labini qondirish uchun еtarli. Dunyo okeanlari suvlari sathining ko'tarilishi va qaytishi (to'lqinlanishi) hisobiga elektr stansiyalari barpo etish ham energiya olishning samarali yo'llaridan hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko'ra, dunyo okeanlari hisobiga 2,7 milliard kVt energiya olish mumkin. Bu energiya dunyo bo'yicha iste'mol qilinayotgan energiyaning 30 % iga teng. To’lqin elektr stansiyalarining ishlash tamoyili to'lqinning potensial energiyasini kinetik energiyaga aylantirib, elektr generatoglari valini harakatlantirishga asoslangan. 1982- yilda birinchi marta Kol'sk bo’gozi qirg'oqlarida tajriba uchun to'lqin elektr stansiyalari qurilgan. Keyinchalik bu kabi elektr stansiyalar AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Hindistonda qurildi.

Muqobil energiya manbalarini xalq xo'jaligining turli sohalariga keng joriy etish, yеrning qayta tiklanmaydigan yonilg'i resurslaridan foydalanishni keskin kamaytiradi. Hisob-kitoblar shuni ko'rsatmoqdaki, noan'anaviy energiya manbalarining roli kamida 20-30 yilda seziladi. Hozircha ular mahalliy ehtiyojlarni qondirish uchungina iqtisodiy jihatdan o'zini oqlaydi. Bu o'rinda bioenergeti­ka katta qiziqish uyg'otadi. Masalan, 1 tonna go'ngdan 1 sutkada 15 m3 gacha biogaz olish mumkin. 1 m3 biogaz bir litr suyultirilgan gaz yoki 0,5 litr yuqori oqtanli benzin quvvatiga teng. Xitoyda biogaz ishlab chiqarish qurilmalaridan qishloq xo’jaligida keng foydalanilmoqda. Biogaz ishlab chiqarishning boshqa manbai-suv havzasi qirg'oqlarida suv o'tlari yеtishtirish va ularni metan gazigacha qayta ishlashdir. 1000 gektar maydondagi suv o'tlaridan har yili shunday hajmdagi metan gazi olish mumkinki, uning issiqlik hosil qilish xususiyati 10000 tonna neftniki bilan teng. Benzinni tejash yo'llaridan biri, unga etanol va metanol qo'shishdir. Buning uchun maxsus «energetik» madaniy o'simliklar (shakarqamish, qizilcha, kungaboqar va boshqalar) benzin tarkibiga qo'shiladi. Braziliyada avtotransportlarning aksariyati shu kabi yonilg’i aralashmalariga ishlaydi. Bunday aralashmalar qo'shilgan yonilg'iga ishlagan avtotransportlar nafaqat benzinni kam sarf qiladi, balki atrof-muhitni zararli gazlardan ifloslanishini kamaytiradi.

Ma'lumki, butun tabiiy ob'ektlar yеr, yеr osti va yеr usti boyliklari, suv, o'rmon, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonlar olamining vakillari davlat mulki hisoblanadi. Shu boyliklardan foydalanishning qonun qoidalari bo'lib, davlatning maxsus ruxsati, yoki viloyat, tashkilot bilan davlat o'rtasidagi shartnoma asosida tabiiy boyliklardan foydalaniladi.

Davlat huquqiy qoidalariga binoan, mamlakatning har bir aholisi toza, sog'lom va go'zal tabiat, uning elementlari- yеr, suv, o'rmon, o'simlik qoplami va hayvonlar vakillarini ijaraga olib, foydalanish huquqiga egadir.

Yer boyliklari va tuproqni muhofaza qilish huquqiy qonun-qoidalarga asoslangan. Ma'lumki, sayyoraning toza qatlami tuproq bo'lib, uning ekologik va iqtisodiy funksiyasi, ahamiyati juda yuqoridir.

Yer boyliklari va tuproqni muhofaza qilish davlatlarning qonun-qoidalari asosida olib boriladi. Yerni muhofaza qilish huquqiy chora-tadbirlari, undan foydalanish hisobi, choralari va ayniqsa, qishloq xo'jalik yеrlari sifatida, umumdorligini saqlash, buzulgan yеrlarning bioekologik xususiyatlarini tiklash, tuproq umumdorligini oshirish, sug'orish va melioratsiya ishlarini yaxshilash, tuproqni turli zaharli moddalar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish va bu sohada turli chora-tadbirlarni ishlab chiqish kerak.

Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish davlatning maxsus tashkilotlari nazoratida bo'ladi. Yerga oid qonun-qoidalarni buzgan shaxslar tashkilotlar va xo'jaliklar maxsus huquqiy qonunlari asosida jazolanadilar. Suv boyliklardan foydalanish ham u yoki bu davlatning qonun-qoidalari asosida olib boriladi, ya'ni: suv havzalari va ulardagi suvlarni huquqiy muhofaza qilish, suvning bioekologik va iqtisodiy funksiyasi ahamiyatini bilish, suvni ifloslovchi manbalarni aniqlash, suv zaxiralariga kamayishi yo'l qo'ymaslik kerak. Undan tashqari, suv havzalari va ulardagi suvlarni muhofaza qiluvchi qonun-qoidalarni bilish, ish olib borish kerak.

Tabiiy zaxiralardan yеr, yеr osti va yеr usti boyliklari ma'lum joyda joylashganligi sababli, ular bir davlat qonun-qoidalari asosida muhofaza qilinadi. Ammo atmosfera havosining chegarasi yo'qligi sababli, uning tozaligi halqaro hamjihatlik kuchlari tomonidan muhofaza qilinadi. Malumki, ba'zi daryolar bir nechta davlatlarning hududlaridan oqib o'tadi.
II.BOB. ROSSIYA FEDERATSIYASI TABIIY RESURSLARINING HUDUDIY JOYLASHUVI



Download 1.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Download 1.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TABIIY RESURSLARDAN XO’JALIKDA FOYDALANISH XUSUSIYATLARI

Download 1.64 Mb.