,, Rossiya Federatsiyasi’’ mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish




Download 1.64 Mb.
bet5/27
Sana24.03.2017
Hajmi1.64 Mb.
#1668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
I.BOB. TABIIY RESURSLAR VA ULARDAN FOYDALANISH XUSUSIYATLARI.

1.1 Tabiiy resurslar va ularning asosiy turlari.

Tabiiy resurslar — kishilik jamiyati faoliyati uchun zarur bo’lgan va xo’jalikda bevosita foydalaniladigan tabiat elementlaridir (modda va quvvat turlari). Tabiiy resurslarga tuproqlar, foydali yovvoyi o’simlik va hayvonot dunyosi, mineral xomashyo, suv va hokazolar kiradi. Inson faoliyati jarayonida hosil bo’lgan moddiy resurslar tabiiy resurslarni qayta ishlash jarayonida vujudga keladi. Tabiiy resurslarning hududiy majmualarining rivojlanishini va ulardan foydalanish muammolarini tabiiy resurslar geografiyasi o’rganadi. Uning quyidagi tarmoqlarga ajratiladi: yеr, o’rmon, agroiqlim, yеr osti, Dunyo okeani, quruqlikdagi suv resurslari va boshqalar. Tabiiy resurslar geografiyasi o’z muommolarini yеchishda tabiiy va iqtisodiy geografiya fanlari yutuqlariga tayanadi. Demak, tabiiy resurslar tabiiy sharoitdan farq qilib, moddiy ishlab chiqarishga bevosita jalb qilinadi va uning xom ashyo bazasini tashkil qiladi. Tabiiy resurslar kelib chiqish manbalariga va joylashishiga, qayta tiklanish darajasiga, iqtisodiy jihatdan to’ldirilishiga, almashtirish (boshqa narsalar bilan) imkoniyatiga qarab turli xil guruhlarga bo’linadi. Kelib chiqish manbalariga qarab energetika, iqlim, suv, mineral, o’simlik, tuproq, rekreasiya resurslariga bo’linadi. Foydalanish maqsadlariga ko’ra ko’p maqsadli (yеr, suv, havo, o’rmon), sanoatda yoki qishloq xo’jaligida ishlatiladigan resurslarga ajratiladi.

Zahira xususiyatiga qarab tugaydigan va tugamaydigan resurslarga bo’linadi. Tugaydigan resurslar o’z navbatida tiklanmaydigan (mineral yoqilg’i, metall rudalari va h.k) va tiklanadigan (suv, havo, yеr, o’rmon, tuproq, hayvon, gidroenergetika) resurslarga bo’linadi. Tugamaydigan tabiiy resurslarga quyosh, geotermal, shamol, qalqish va oqim energiyalari kiradi. Boshqa narsalar bilan o’rnini almashtirish darajasiga qarab, almashtirib bo’ladigan va almashtirib bo’lmaydigan resurslarga bo’linadi. Masalan, ko’mirni suv va quyosh energiyasi bilan almashtirish mumkin. Almashtirib bo’lmaydigan (o’rnini boshqa narsa bilan qoplash) resurslarga metall resurslar kiradi. (1-chizma).

Jahonda faqat to’rtta davlat, ya’ni AQSH, Xitoy, Rossiya, Kanada barcha tabiiy resurslarga ega. Qolgan davlatlar ma’lum bir resurslarga boy, ma’lum birlari esa ularda umuman yo’q. Masalan, Arab davlatlari neftga boy, ammo ularda o’rmon, suv, tuproq boyliklari kam.

Yer resurslari— bu ma’lum bir davlat, viloyat, joy, mintaqa yoki materiklar hududidagi tabiiy-tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadigan, aniq bir xo’jalik maqsadlarida muntazam foydalanib kelinayotgan yoki shu maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli bo’lgan yеrlardir.

Ma’lum bir hududdagi barcha yеrlar shu davlatning (viloyat, tumanning) yеr fondi deb ataladi. Yer fondi quyidagi qismlardan iborat: qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yеrlar va maxsus maqsadlarda foydalaniladigan yеrlar (sayohat, transport, sanoat va boshqa maqsada) va boshqalar. Ko’p davlatlarda yеr fondi uch qismdan iborat: davlat ixtiyoridagi yеrlar, turli tashkilotlar ixtiyoridagi yеrlar, xususiy yеrlar. Ma’lum bir joyning, davlatning yеr resurslari tizimining tavsifi ana shu davlatning yеr kadastri deb ataladi. Xalq xo’jaligining, ayniqsa, qishloq xo’jaligining rivojlanishi ko’p jihatdan tuproq resurslariga bog’liqdir.

Tuproq resurslari — bu ma’lum bir joydagi, foydalanish shaklidan qa’tiy nazar barcha tuproq qatlamidir. Xosildor tuproqlarga ega bo’lgan davlatlarda yoki xududlarda qishloq xo’jaligini, ayniqsa, dehqonchilikni rivojlantirish ancha yеngil va kam xarajat talab etadi. Eng hosildor tuproqlar dasht va o’rmon-dasht zonalarida tarqalgan qora tuproqlardir. Ular tarkibida chirindi miqdori yuqori bo’lishi bilan ajralib turadi. Tuproqlarning o’simliklarni hosil beradigan darajada suv va moddiy oziqlar bilan taminlay olish xususiyatiga hosildorlik deb ataladi. Tuproqning hosildorligi uning fizikaviy, kimyoviy va biologik







Download 1.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



,, Rossiya Federatsiyasi’’ mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Download 1.64 Mb.