Oltinning fizik va kimyoviy xossalari




Download 3.03 Mb.
bet2/13
Sana07.02.2023
Hajmi3.03 Mb.
#41298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
uskuna va jihozlar. kurs ishi
«Turkiston lеgioni»-nima (2), Mavzu ko’p pog’onali kuydirish pechidan foydalanish-fayllar.org, 1.2 perevod, Назиркулов Муроджон 402 гурух, 1443063
3

Oltinning fizik va kimyoviy xossalari.
Oltin kimyoviy belgisi Au (lotincha: aurum - „charaqlash“ soʻzidan olingan). Zich, egiluvchan metall. Atom massasi - 196,966569. Zichligi - 19.30 g·sm−3, erish harorati - 1337.33 K (1064.18 °C), qaynash harorati - (3129 K) (2856 °C).
Oltin (Aurum), Au— Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Asl metallardan biri. Tartib raqami 79; rangi sariq, ogʻir metall. Tabiatda Oltin 1 ta barqaror izotop l97Au holida uchraydi. Oltinning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan |95Au va 198Au ning ahamiyati bor. Yer poʻstining massasi jihatdan 4,310—7% ni tashkil qiladi.
Oltin insonga maʼlum boʻlgan dastlabki metallardan. Arxeologik topilmalardan Oltin buyumlarning mil.dan 5—4 ming yil ilgari yasalgani maʼlum boʻldi. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda miloddan avvalgi 3—2 ming yilliklarda Oltin qazib olingan va undan turli buyum va bezaklar ishlangan, keyinchalik tanga pul zarb qilingan.
Tugʻma sof oltin — tugʻma elementlar guruhiga mansub mineral. Oltin tabiatda koʻpincha erkin holda uchraydi, tabiiy birikmalari juda oz. Oltin mayda zarralar holida kvarsga va baʼzan, har xil sulfidli rudalarga, Oltin zarralari esa koʻpincha qumga aralashgan boʻladi. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya (Ural, Sibir), Afrika, Avstraliya, AQSH (Kaliforniya), Kanadada Oltin konlari bor. Gʻarbiy Oʻzbekistonda Oltin makkajoʻxori doni va popugida (2—4 g/t) va Qizilqumda shuvoq oʻsimligida borligi aniqlangan.
Oltinning sofligi (probasi) oʻzgaruvchan boʻlib, koʻpincha uchraydiganlari quyidagi qatorni: 930—900, 820— 780, 650—600 ni tashkil etadi, juda kam uchraydigan probasi 550. Odatda, Oltinning tarkibida Ag, Cu, Fe, Mn, Pb, kam miqdorda Bi, Sb, Hg, Te, Se, Pt, In va boshqa qoʻshimchalar boʻladi. 4
Oltinning zichligi gʻovakligiga bogʻliq boʻlib, 15600 kg/m3 dan 19200 kg/m3 gacha oʻzgaradi, qattiqligi 2—3. Tarkibidagi Hg aralashmasi Oltinni yumshatsa, Pt, Sn, Si qoʻshimchalari qattiqligini oshiradi.
Oltin tabiatda keng tarqalgan boʻlib, effuziv, metamorfik, choʻkindi togʻ jinslarida uchraydi va oltin rudalari konlarini gidrotermal jarayonlar natijasida paydo boʻlishida ishtirok etadi. Oltinning suvda eruvchan birikmalari (xloridlari, gidro-sulfidlari va boshqalar) Yer poʻstining pastki gorizontlari yoki yuqori mantiyadan gidrotermalar bilan olib chiqilib, kvars tomirlarining avval shakllangan yoriqlarida Fe, Cu, Pb, Zn, Bi, As, Sb, Ag sulfidlari va shu elementlarning telluridlari bilan birgalikda kristallanadi. Mis kolchedani va qoʻrgʻoshin-rux sulfid konlari shakllanishida Oltin ishtirok etib, ularning orasida yupqa dispersli donachalar hosil qiladi. Xuddi shu tarzda magmatik genezisli mis-nikelli sulfid rudalarda ham Oltinning qoʻshimchalari paydo boʻladi. Gipergenez zonalarda Oltin qisman qayta choʻkib, sulfid ruda tanalarini yuqori qismini qoʻshimcha boyitadi. Ruda tanalarining keyinchalik yemirilishi bilan yuzada joylashgan Oltin avval birga bogʻlanib turgan agregatlardan ajralib va suv oqimlari bilan chiqarilib toʻplanganda sochma Oltin konlarini hosil qiladi. Bu jarayon mobaynida Oltin zarrachalari silliqlanadi, elektrokimyoviy korroziya natijasida ularning yuzasidagi Ag yemirilishi bilan Oltinning probasi oshadigan qatlam hosil boʻladi. Oltin oltin rudali konlarni hosil qiluvchi asosiy mineraldir.
Oltin kimyoviy faol bo‘lmagan element elektronga nisbatan olganda eng nodir metalldir. Hatto yuqori temperaturalarda ham kislorod, azot, vodorod va uglerod bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Kimyoviy birikmalarda u bir va uch valentlidir. Ammo uning birikmalari uncha kuchli bo‘lmagani sababli, tezda metall holigaqaytarilaoladi.
Oltin ishqorlarda, kislotalarda (azot, sulfat, xlor) erimaydi. Biroq oltin kislotalar aralashmasi: xlor bilan azot, sulfat bilan marganets, sulfat bilan azotlarda eriydi.


Download 3.03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 3.03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oltinning fizik va kimyoviy xossalari

Download 3.03 Mb.