Galvanik vannalar va ularning turlari




Download 3.03 Mb.
bet8/13
Sana07.02.2023
Hajmi3.03 Mb.
#41298
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
uskuna va jihozlar. kurs ishi
«Turkiston lеgioni»-nima (2), Mavzu ko’p pog’onali kuydirish pechidan foydalanish-fayllar.org, 1.2 perevod, Назиркулов Муроджон 402 гурух, 1443063
Galvanik vannalar va ularning turlari
Elektrolitik vanna – bu tо‘g‘ri burchakli (parallelopiped) yashiksimon idish bо‘lib, eritmalar quyishga mо‘ljallangan bо‘ladi. Ularga quyilgan elektrolitlarda asosiy metal qoplash jarayonlarini, va qoplashdan avvalgi va keyingi jarayonlarni olib borish amalga oshiriladi.
16
Vannalar korpus, isitgich, sovutgich, barbotyor va boshqa qismlardan iborat bо‘ladi.
Vannalarga quyidagi talablar qо‘yiladi:

  • germetiklik;

  • korpusning eritmaga nisbatan kimyoviy faolsizligi;

  • issiqlik rejimining ushlab turilishi;

  • hizmat kо‘rsatishga qulayligi va xavfsizligi va boshqalar,

Vannalar ichki о‘lchamlarining bog‘liqligi:

  • qoplanayotgan buyumlarning о‘lchamlariga;

  • galvanik tizimning ishlab chiqarish quvvatiga;

  • vanna ichiga о‘rnatiladigan modullarga;

  • vanna ichidagi elektrodlar soniga va oraliq о‘lchamlariga.

Amalda elektrolitik vannalar ichiga, uchta yoki beshta elektrod qatorlari joylashtirilib, shunga yarasha ikkita anod va bitta katod, yoki uchta anod va ikkita katod shtangalari bilan jixozlangan bо‘ladi. Elektrodlar orasidagi о‘lchamlar, qoplanayotgan buyumlar о‘lchamlariga qarab, 150-300 mm gacha bо‘ladi. Buyum-katod bilan anodning oralig‘i qancha kichik bо‘lsa, tokning va metallning buyum sirtiga taqsimlanishi shunchalik yomon bо‘ladi. Demak qoplamaning sifati va qalinligi buyumdan anodgacha bо‘lgan masofaga bog‘liq bо‘ladi.
Elektrolitik vannalar xaqida GOST 23738-85 “Yuzalarga kimyoviy va elektrokimyoviy ishlov berish va qoplamalar olishda ishlatiladigan av-tooperatorli tizimlar vannalari. Asosiy parametrlari va о‘lchamlari.” da mavjud 4 xil vanna korpuslari va ularning ichki о‘lchamlari: uzunligi, eni va balandliklari keltirilgan.
GOST 23738-85 bо‘yicha vannalarning ichki о‘lchamlari 320x320x320 mm dan 8000x2000x2500 mm gachani tashkil qiladi. Galvanik ishlab chiqarishda eng kо‘p uchraydigan vannalar о‘lchamlari:
17
uzunligi L = 1000 - 4000 mm,
eni B = 500 - 1400 mm,
chuqurligi N = 800 - 2000 mm
ga teng bо‘ladi.
Qanday ishlar bajarilishiga qarab, turli vannalar qо‘llaniladi. Chо‘ntaksiz vannalar quyidagi texnologik operatsiyalarda qо‘llaniladi: elektrolitik qoplamalar о‘tkazish; travleniye (yemirilish); yig‘ib olish; faollantirish; faolsizlantirish; yorqinlatish; oksidlash; alyuminiyni bо‘yash; neytrallash; kimyoviy va elektrokimyoviy silliqlash, yaltiratish; sifatsiz qoplamalarni ketkazish; shlamni ajratib, chiqarib olish.
Cho‘ntakli vannalar asosan sovuq va qaynoq suvli yuvishlarda, kimyoviy va elektrokimyoviy yog‘sizlantirishlarda, alyuminiyni yemirishlarda qо‘llaniladi.

7-rasm. Uch bosqichli chо‘ntakli yuvish vannasining korpusi.


18
A/A
8-rasm. Ikki bosqichli, qarama-qarshi harakatli, sovuq va issiq suvli yuvish vannasining korpusi.
Elektroliz olib boriladigan vannalar, tok yо‘qotilishining oldini olish uchun va daydi toklardan saqlanish uchun, izolyatsiyali tayanch (8-rasm A-A kesim) larga, oddiy vannalar esa metall tayanch 7 larga о‘rnatiladi. Qatordagi barcha vannalarni bitta chiziqga joylashishlarini ta’min-lash maqsadida, ularni 100-120 mm oraliqda boshqariladigan tayanchlarga о‘rnatiladi 9-rasm (B-B kesim). Ishchi harorati 60oC dan yuqori bо‘lgan vannalarda, teploizolyatsiya qoplamalari qо‘llaniladi (GOST 17314-81”Pо‘lat apparatlar va qurilmalarda teploizolyatsiya о‘rnatish”)

B/B
9-rasm. Teploizolyatsiya qilingan devorli vannalar korpusi:1-vannaning korpusi, 2-mineral vata, 3-teploizolyatsiyani maxkamlash moslamasi, 4-list, 5-qayrilgan shvellerdan bort о‘ramasi, 6-ugolnik-lardan bort о‘ramasi, 7-rama.
19

10-rasm. Vanna korpusining tuzilishi: 1,3-korpusning yon devorlari, 2,5-egilgan shvellerdan belbog‘, 4-shvellerlar, 6-korpus tubi, 7-platina, 8-vtulka, 9-vint, 10-pо‘lat vtulka, 11,22-prokladka, 12,21-farfor izolyator, 13-tayanch, 14-vertikal stoyka, 15,16-о‘zgaruvchi tayanch, 17-yuk vinti, 18-gayka, 19-kontrgayka, 20-yuk vintinig sferik asosi, 23-asos, 24-rezbali qopqoq, 25-vannaning tubi, 26-vtulka.

11-rasm. Vanna tubiga о‘rnatiluvchi suv bug‘ili isitgich.
20




12-rasm. Vanna yoniga о‘rnatiluvchi suv bug‘ili isitgich.


13-rasm.Suv kо‘ylakli vanna: 1-kо‘ylakka suv beruvchi quvur, 2-troynik, 3-kо‘ylakdan suv tо‘kuvchi quvur, 4-tayanch, 5-zmeyevik, 6-ishchi vannaning oyoqlari, 7-yuqorigi ugolnikli bog‘lama, 8-himoyalovchi oyoqlar, 9-tashqi vanna, 10-ishchi vanna, 11-voronka, 12-tо‘kuvchi quvur.
21

14-rasm. Suv bug‘i kо‘ylakli vanna: 1-tashqi vanna, 2-ishchi vanna, 3-troynik, 4-barboter, 5-kо‘ylakdan suv tо‘kuvchi quvur, 6-vannaning oyoqlari, 7,10- ugol-nikli bog‘lama, 8-ishchi vannaning oyoqlari, 9-tayanch, 11-voronka, 12-tо‘kuvchi quvur

15-rasm. Elektr isitgichning tuzilishi:1-metal quvur, 2-spiral, 3-ulovchi sterjen, 4-tо‘ldiruvchi, 5-germetik, 6-izolyator, 7-gayka, 8-korpusga maxkamlovchi moslama.

22

16-rasm.Elektr isitgichli vanna: 1-qopqoq, 2-vanna, 3-isitgichlar tizimi, 4-teploizo-lyatsiya, 5-korpus, 6-pо‘lat shayba, 7-qо‘rg‘oshin shayba, 8-elektr isitgich, 9,10-quvurlar, 11,15-zichlovchi prokladka, 12-qisuvchi gayka, 13,16-rezbali vtulka, 14-gayka.


Download 3.03 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 3.03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Galvanik vannalar va ularning turlari

Download 3.03 Mb.