Mahsulotning namlik saqlash qobiliyati
Mahsulotning namlik saklash kobiliyati – bu kattik jismning uzini yuzasidagi namlikni saklash xususiyatidir.
Foydali qazilmalar va boyitish mahsulotlari turli xil namlik saqlash qobiliyatiga ega bo‘lib, zarrachaning solishtirma yuzasi va zarracha bilan suvning tasirlashishiga sarflanadigan energiyaga bog‘lik. Minerallar yuzasida yutiladigan suvning miqdori ana shu energiya quvvatiga bog‘liq.
Solishtirma yuza hajmiy va massaviy bo‘lishi mumkin.
Mahsulotning birlik hajmiga to‘g‘ri keladigan yuza solishtirma hajmiy yuza SV (m2/m3, yoki 1/m) deyiladi:
(8)
bu yerda, S – zarrachaning umumiy yuzasi m2;
V – mahsulotning hajmi, m3.
Mahsulotning birlik massasiga to‘g‘ri keladigan yuza solishtirma massaviy yuza SM (m2/kg) deyidali
(9)
bu yerda, M – mahsulot massasi, kg.
SHarsimon va kub shakliga ega bo‘lgan zarrachalar aralashmasining solishtirma massaviy yuzasi quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin:
, (10)
bu yerda, – zarrachaning zichligi, kg/m3;
di – sharning o‘rtacha diametri yoki har xil kattalikdagi kublarning qirrasi uzunligi, m;
γi – alohida sinflarning chiqishi, %.
Agar zarrachaning shakli shar va kubning shaklidan farq qilsa shaklga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient kiritiladi. Ksh = 0,5 ÷ 0,7. U holda mahsulotning solishtirma hajmiy yuzasi quyidagicha aniqlanadi:
(11)
Zarrachaning ichki va tashqi yuzalari farqlanadi. Tashqi yuzasi deganda zarrachaning geometrik yuzasi, ichki yuzasi deganda mikrog‘ovak va mikroyoriqchalar yuzasi tushuniladi. Umumiy yuza tashqi va ichki yuzalar yigindisiga teng.
Mahsulotning solishtirma yuzasi qancha katta bo‘lsa, unda saqlanadigan suvning miqdori shuncha katta bo‘ladi. Mahsulotning solishtirma yuzasi 74 mkm sinfdagi zarrachalar miqdoriga bog‘liq.
74 mkm sinfdagi zarrachalar miqdori, %
|
10
|
20
|
40
|
60
|
80
|
90
|
95
|
Solishtirma massaviy yuzasi, m2/kg
|
19
|
36
|
69
|
107
|
158
|
203
|
240
|
Qattiq zarracha yuzasining namlanish darajasi oquvchi suyuqlik yuzasi va qattiq jism yuzasi bilan urunma hosil qiluvchi chekka namlanish burchagi bilan tavsiflanadi. CHekka namlanish burchagi nazariyada keng - noldan (suv bilan to‘la namlanish) 180 gradusgacha (umuman namlanmaslik, yani suv tomchisi umuman oqmaydi) chegarada o‘lchanadi. SHunday qilib, suyuq va qattiq fazalar orasidagi bog‘lanish energiyasi qancha katta bo‘lsa, namlanish shuncha katta bo‘ladi va zarracha yuzasida shuncha ko‘p namlik ushlanib qoladi. Umuman olganda, solishtirma yuza va namlanishning ortishi bilan qattiq jismning namlikni saqlab qolish qobiliyati qam ortadi.
Mexanik usulda suvsizlantirishda maksimal molikulyar namlik sigdiruvchanlik (MMN) – namlikning maksimal miqdori, WMMN %, boyitish mahsulotlarining namlikni saqlab qolish qobiliyatining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. MMN zarracha yuzasining suv bilan tasirlashish kuchi, bunga zarracha yuzasida saqlanib koluvchi suv pleonkasi qalinligiga bog‘liqligi orqali aniqlanadi.
Magnetit boyitmalari uchun massaviy solishtirma yuza 120 m2/kg bo‘lganda WMMN ning qiymati 8,5 % ni, 180 m2/kg bo‘lganda esa WMMN ning qiymati 10,5 % ni tashkil qiladi.
Suvsizlantirish jarayonining yoki suvsizlantirish uskunasining samaradorligi (%) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(91)
(92)
bu yerda, WH va WO – mos holda mahsulotning suvsizlantirishdan oldin va keyingi namligi, %.
SHunday qilib, suvsizlantirilgan mahsulot tarkibida suvning miqdori qancha kam bo‘lsa, suvsizlantirish jarayonining samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
2. Suvsizlantirish usulini tanlash qattiq mahsulotning zichligi va o‘lchamiga, boshlang‘ich mahsulot tarkibidagi suvning miqdoriga va suvsizlantirilgan mahsulotning namlik miqdoriga qo‘yilgan talablarga bog‘liq.
Suvsizlantirish jarayoni mexanik va termik usullarda amalga oshiriladi. Mexanik usulga quyidagilar kiradi: drenajlash, quyultirish, filtrlash va sentrifugalash. Termik usulga quritish kiradi.
Drenajlash - bu og‘irlik kuchi tasirida zarachalar oralig‘idan suvni tabiiy holda sizib chiqishiga asoslangan qattiq va suyuq fazani ajratish jarayonidir.
Drenajlash jarayoni o‘lchami 1,0-0,5 mm dan katta bo‘lgan mahsulotlarni suvsizlantirishda qo‘llaniladi. Bunday mahsulotlarga yirik o‘lchamdagi magnetit boyitmalari, oraliq mahsulotlar va boshqar misol bo‘ladi. Drenajlash jarayoni mahsulotlar tarkibidan suvni yo‘qotish uchun suvsizlantirishning dastlabki bosqichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Quyiltirish - bu qattiq va suyuq fazani ularni zichligining farqiga asoslangan holda ajratish jarayonidir.
Quyiltirish jarayoni o‘lchami 1,0 mm dan kichik bo‘lgan mahsulotlarni suvsizlantirishda qullaniladi va gravitatsiya yoki markazdan qochma maydonda amalga oshiriladi.
Filtrlash - bu qattiq va suyuq fazani hosil qilinadigan bosim farqi hisobiga govak to‘sinq orqali ajratish jarayonidir.
Filtrlash jarayoni o‘lchami 0,5-0,1 mm dan kichik bo‘lgan mahsulotlarni suvsizlantirishda qullaniladi. O‘lchami 50 mkm dan kichik bo‘lgan mahsulotlarni suvsizlantirish uchun bosim ostida filtrlash, 50 mkm dan katta o‘lchamdagi zarralar uchun esa vakuum ostida ishlaydigan filtrlash qo‘llaniladi.
Sentrifugalash - bu qattiq va suyuq fazani aylanayotgan rotorda markazdan qochma kuch tasirida ajratish jarayonidir.
Sentrifugalash – o‘lchami 15 mm dan kichik o‘lchamdagi mahsulotlarni suvsizlantirish uchun qo‘llaniladi. O‘lchami 15-1,0 mm kattalikdagi mahsulotlar uchun markazdan qochma maydonda filtrlash, 1,0 mm dan kichik mahsulotlar uchun esa zarrachalarni markazdan qochma kuch tasirida cho‘ktirish qullaniladi.
Quritish - bu qattiq va suyuq fazani issiqlik (harorati) tasirida parlantirish natijasida ajratish jarayonidir.
Issiqlik tasirida quritish jarayoniga o‘lchami 0,1 mm dan kichik bo‘lgan mayin yanchilgan flotatsiya boyitmalari va har xil o‘lchamdagi foydali qazilmalar boyitishdan avval yuborilishi mamkin.
Quritish suvsizlantirishning eng ko‘p energiya sarf qilinadigan usuli hisoblanadi. SHuning uchun uning qo‘llanilishi texnika-iqtisodiy asoslangan bo‘lishi kerak.
|