• Rasm 66. Markazdan harakatlantiruvchi periferik quyiltirgich MA’RUZA №23 Mavzu: CHangni ushlash. Sanoat changi. Reja
  • Rasm 65. Quyultirigichdagi oqimlar sxemasi




    Download 13,14 Mb.
    bet87/90
    Sana10.02.2024
    Hajmi13,14 Mb.
    #154290
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
    Bog'liq
    Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)

    Rasm 65. Quyultirigichdagi oqimlar sxemasi:
    Ws – bo‘tananing sliv oqimi, Wpit – yuklanayotgan bo‘tana oqimi; Wp- qum oqimi

    CHo‘kish jarayonini tezlashtirish va tiniqroq suv olish maqsadida bo‘tanaga xar xil sirt faol moddalar – flokulyatlar qo‘shiladi. Flokulyatlar o‘ta mayda zarrachalarni bir-biriga yopishib yirik zarra hosil bo‘lishiga yordam beradi.







    Rasm 66. Markazdan harakatlantiruvchi periferik quyiltirgich
    MA’RUZA №23


    Mavzu: CHangni ushlash. Sanoat changi.


    Reja:
    1. CHanglarning turlari
    2. CHanglarni tutishning yo‘llari va samarali usullari
    3. Og‘irlik kuchi ta’sirida changni tutish
    CHanglarning turlari

    CHanglarga diametri 0.1 – 0.5 mm dan kichik bo‘lgan mayda qattiq zarrachalar kiradi. Sanoat changlari deganda mayin qattiq zarralar va havodan tashkil topgan dispers tizim tushuniladi.


    Ruda va boyitishning quriq mahsulotlarini qayta ishlash, tashish va qayta to‘kish ishlari chang chiqishi bilan boradi va bu chang boyitish fabrikasi ishlab chiqarish maydoni atmosferasiga chiqadi. Eng ko‘p chang miqdori maydalash va g‘alvirlash jarayonlari, havo yordamida saralash va boyitish mahsulotlarini quritish jarayonlarida ajralib chiqadi.
    CHangni hosil bo‘lish manbai qayta ishlanayotgan mahsulot tarkibidagi kichik zarrachalar bo‘lib, uning boyitish fabrikasining ishchi maydonida paydo bo‘lish sababi foydali qazilmalarni qayta ishlash joylariga bog‘liq.
    CHanglar kimyoviy tarkibiga ko‘ra ular hosil bo‘lgan mahsulotdan farq qiladi. Agar, tog‘ jinslari mustahkam, mo‘rt, yumshoq minerallardan tashkil topgan bo‘lsa, uni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chang maxsulotlari tarkibida yumshoq va mo‘rt minerallar bo‘ladi. Mustahkamligi bo‘yicha bir xil bo‘lgan minerallarni qayta ishlashda chang ularning tarkibiga mos bo‘ladi.
    Birlamchi va ikkilamchi changlar mavjud. Birlamchi yoki asosiy changlarga texnologik va transport uskunalardan chiquvchi, ikkilamchi changlarga esa – uskunalarning ustiga qo‘ngan va tozalash vaqtida hosil bo‘ladigan changlar kiradi.
    Granulometrik tarkibiga ko‘ra changlar 5 taga bo‘linadi:
    - yirik changlar o‘lchamlari 100 mk dan 500 mk gacha;
    - kichik changlar o‘lchamlari 10 mk dan 100 mk gacha. Ishchi binoning havosida ushlanib qoluvchi va tinch holatda dastlab tez va vaqt o‘tishi bilan bir xil tezlikda cho‘kuvchi changlar;
    - yupqa chang yoki tuman o‘lchamlari 0,1 – 10 mk gacha bo‘lgan zarrachalar, tinch sharoitda ham qiyin cho‘kadi (qo‘nadi).
    - o‘ta yupqa chang yoki tutun, o‘lchamlari 0,1 mk dan kichik bo‘lgan va og‘irlik kuchi ta’sirida cho‘kmaydigan changlar.
    CHangning havodagi ruxsat etilgan miqdori PDK normasi bilan nazoratga olinadi. Boyitish fabrikalari sanoat korxonalari xonalarining ishchi maydonida xizmat ko‘rsatadigan ishchilar salomatligiga yomon ta’sir ko‘rsatadigan chang ruxsat etilgan miqdori 28-jadvalda keltirilgan.



    Download 13,14 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




    Download 13,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm 65. Quyultirigichdagi oqimlar sxemasi

    Download 13,14 Mb.