Bog‘lanish ta’minlanadigan fizik hudud o‘lchamlariga bog‘liq holda simsiz
tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi
:
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo‘lmagan masofasi bilan (17
metrgacha) ajralib turadi va katta bo‘lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning
xarakteristikalari o‘rtacha bo‘lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy
kompyuterida yoki noutbukida ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi
mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni
tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo‘qolishi yetarlicha jiddiy
afzallik bo‘lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang‘ich o‘rnatilishi va
keyingi, zaruriyat tug‘ilganda, joyining o‘zgartirilishi anchagina osonlashadi.
Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning
ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish
binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan
foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni
talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli
va katta ekranli PDA larni
ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa
xonalarida bo‘la turib foydalanashi mumkin. Bu xizmatchiga o‘z vazifalarini samarali
bajarishga imkon beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/sgacha tezligida
barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari,
komponentlari, narxi va bajaradigan amallari bo‘yicha bunday tarmoqlar Ethernet
xilidagi an’anaviy simli lokal tarmoqlariga o‘xshash.
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo‘yicha shaxarga teng bo‘lgan
hududga
xizmat qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi,
ba’zida esa mobillik zarur bo‘ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino
va masofadagi klinikalar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki energetik
kompaniya bunday tarmoqdan shaxar masshtabida foydalanib,
turli tumanlardan
beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini ta’minlaydi. Natijada, simsiz regional
tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga to‘playdi yoki mobil
foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o‘rnatishga imkon
beradi.
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda infraqizil
texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan
katta bo‘lishini ta’minlaydi.
Simsiz global
tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki xatto
kontinent masshtabida foydalanishni ta’minlash bilan ishlanishini ta’minlaydi.
Iqtisodiy mulohazalarga tayangan holda, telekommunikatsiya kompaniyalari ko‘pgina
foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta’minlovchi simsiz global
tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning xarajati
barcha foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi, natijada abonent to‘lovi
unchalik
yuqori bo‘lmaydi.
Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, ma’lumotlarni
uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, ba’zida 170 Kbit/s ni tashkil etadi.
Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron
pochta xabarlarini
uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan
tashqarida bo‘lganida korporativ ilovalardan foydalanishni ta’minlovchi ilovalardir.
Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bo‘yicha sayr
qilinayotganlarida ulanishni o‘rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global tarmoqdan
foydalanuvchilar hududiy chegaralanmaganlar.