III BOB. ESHITISHDA NUQSONI BO'LGAN BOLALAR
MAKTABIDA BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIK
KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI
YO’LLARI .
3.1. Eshitishda nugsoni bo’lgan bolalar maktabida boshlang ich sinflarda matematik
kompetensiyalarni shakllantirish usullari..............................................................................19-21
3.2. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar maktabida boshlang'ich sinflarda matematika darslarida
qo'llaniladigan metodlar......................................................................................................... 21-27
XULOSA...............................................................................................................................28-30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR................................................................................ 31-34
1
KIRISH
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ta’lim samaradorligiga erishish
ustivor vazifa qilib qo‘yilmoqda. Uzluksiz ta’limni amalga oshirishga qaratilgan
davlat hujjatlari qabul qilindi va ular hayotga tadbiq etilmoqda. Xalq ta’limining
barkamol shaxs tarbiyasini, malakali mutaxassislar tayyorlashni yuqori va jahon
talablari darajasiga mos ravishda amlga oshirish maqsad va vazifalari belgilandi.
Bu jarayon «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro‘yyobga chiqarishdagi
zamonaviy bosqichda Oliy ta’lim muassasalari mukammal ta’lim standartlari,
o‘quv metodik qo‘llanmalar va darsliklarini yaratish kabi muammolarni hal etishni
talab
etmoqda.
Xususan,
«Maxsus
pedagogika»
(surdopedagogika,
oligofrenopedagogika, tiflopedagogika) fanni o‘qitishdan maqsad – defektologiya
fakulteti talabalarida ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar
uchun maxsus muassasalarda korrektsion ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
shakllari hamda usullari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishdir.«Maxsus pedagogika» (surdopedagogika) o‘quv qo‘llanmasi
eshitishda nuqsoni mavjud bolalarni maxsus ta`lim-tarbiya jarayoni nazariyasi va
amaliyoti, eshitishda nuqsoni mavjud bolalarning xususiyatlari, ularni rivojlantirish,
korrektsiya vositalarini yaratish, qo‘llash, o‘rganish masalalarini qamrab oladi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtlari Defektologiya yo‘nalishi talabalar maxsus
pedagogikaning metodologik asoslari, xalq ta’limi hamda pedagogika fanining
hozirgi zamon talablari, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim- tarbiyasi
nazariyasi va amaliyotining hozirgi zamon holati bilan tanishib borishadi. Bunda
“Maxsus pedagogika” fani yetakchi o‘rin egallaydi.Oliy o‘quv yurtlari
bakalavriatida “Maxsus pedagogika” fani quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash asoslarining
nazariy bilimlari;amaliy kasbiy ko‘nikmalarining shakllanishi;pedagogik
qobiliyatlarining rivojlanishi;bo‘lajak kasbiga qiziqish, o‘z ustida ishlash hamda
pedagogik ko‘nikmasini takomillashtirish.O‘z mutaxassisliklariga binoan talabalar
surdopedagogikaning metodologik asoslari, xalq ta’limi hamda pedagogika
fanining hozirgi zamon talablari, eshitishida
2
nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi nazariyasi va amaliyotining hozirgi zamon
holati bilan tanishib borishadi. Bunda “Surdopedagogika” kursi yetakchi o‘rin
egallaydi.
Oliy o‘quv yurtlari bakalavriatida “Surdopedagogika” kursi quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash
asoslarining
nazariy
bilimlari;amaliy
kasbiy
ko‘nikmalarining
shakllanishipedagogik qobiliyatlarining rivojlanishi;bo‘lajak kasbiga qiziqish, o‘z
ustida ishlash hamda pedagogik ko‘nikmasini takomillashtirish.Bu borada
talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga, ularning mustaqil, tanqidiy
fikrlash qobiliyatlarini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini egallashiga alohida e’tibor
qaratiladi.Mazkur talablarga muvofiq ravishda darslikda nafaqat nazariy
materiallar bayon etilgan, balki talabalarning mustaqil ishlashi uchun ham vazifalar
ro‘yxati berilgan. Mazkur vazifalar mazmun jihatdan turlichadir. Unga materialni
ongli ravishda idrok etishga, eshitadigan va eshitishida nuqsoni bo‘lgan
bolalarning o‘qish jarayonining umumiy va xususiy tomonlarini ajratishga,
materialni qayta guruhlashtirishga, sxema va jadvallar tuzishga doir vazifalar
kiritilgan. Qator vazifalarni talabalar maktab-internatga borganidan so‘ng,
laboratoriya mashg‘ulotlarida yoki pedagogik amaliyot davrida bajarishi nazarda
tutilgan.Taklif etilayotgan darslik surdopedagog olimlarning tadqiqotlarini ma’lum
tizimga keltiradi. Mualliflar mazkur darslikni yaratishda yetakchi olimlarning
ishlari va xorijiy adabiyotlardan, internet tizimidagi axborotlardan foydalanishgan.
Ayrim mavzular ma’lum darajada zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida
yoritilgan. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlari xodimlarining ilg‘or
ish tajribasi natijalari keng miqyosida jalb etilgan.«Maxsus pedagogika»
(Surdopedagogika) o‘quv qo‘llanmasi yetti bo‘bdan iborat bo‘lib,birinchi bo‘b
Surdopedogogikaning umumiy asoslari deb nomlanadi. mazkur bo‘b
Surdopedagogika
fanining
mavzu
bahsi,
vazifalari
va
metodlari,
surdopedagogikaning nazariy asoslari,surdopedogogikaning tadqiqot metodlari,
surdopedogogning shaxsiy va kasbiy sifatlari, surdopedogogikaning rivojlanish
tarixi, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixologogik-pedagogik tasnifi kabi
masalalarni qamrab oladi. Ikkinchi bob Surdopedogogikaning rivojlanish tarixi deb
3
nomlanib, mazkur bo‘limda Chet elsurdopedogogikasining rivojlanishining
bosqichlari
Rossiya
surdopedogogikasining
rivojlanishining
bosqichlari
O‘zbekistonda surdopedagogik nazariya va amaliyotning taraqqiy etishi kabi
masalalar ochib beriladi. Uchinchi bob Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning
psixologogik-pedagogik tasnifi deb nomlanib, mazkur bo‘limda eshitishida
nuqsoni bo‘lgan bolalarning ruhiy rivojlanish xususiyatlari va eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalarning tasnifi kabi masalalar yoritiladi. To‘rtinchi bob Kar bolalar
maktabi didaktikasi deb nomlanib, mazkur bo‘limda kar bolalarni o‘qitish jarayoni
mazmuni, kar bolalar maktabida ta’lim tamoyillari va o‘qitish metodlari,
o‘qitishning tashkiliy shakllari kabi masalalar ochib beriladi.Beshinchi bo‘lim Zaif
eshituvchi bolalar maktabi didaktikasi deb nomlanadi.Ushbu bo‘limda zaif
eshituvchi bolalarni o‘qitish jarayoni mazmuni, zaif eshituvchi bolalar maktabida
ta’lim tamoyillari va o‘qitish metodlari, o‘qitishning tashkiliy shakllari kabi
masalalar yoritiladi. Oltinchi bo‘lim Maxsus ta’lim jarayonida pedagogik
texnologiyalar samarasi deb nomlanib, pedagogik texnologiyalarning nazariy
asoslari va rivojlanish , maxsus ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribalar, maxsus ta’lim jarayonida pedagogik
texnologiyalar samarasi, maxsus ta’lim jarayonida interfaol darsni tashkil etish
kabi masalalar yoritiladi.
2025-yilgacha bo‘lgan konsepsiyada inklyuziv ta'limning yuksak sifatini
ta'minlash uchun quyidagi o‘zgarishlar kiritish mumkin:
1. O‘quvchilarning barcha turdagi xususiyatlari va zarur talablari hisobga
olgan holda individual ta'lim rejasi tuzish.
2. O‘quvchilar bilan birgalikda ota-onalar, o‘qituvchilar va boshqa
tashkilotlar orasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish.
3. O‘quvchilarning ijtimoiy integratsiyasini ta'minlash uchun darslik va
muhitni inklyuziv qilish.
4. O‘quvchilarning barcha sohalarda qatnashish imkoniyatlarini kengaytirish.
5. O‘quvchilarning turli xususiyatlariga ega bo‘lgan ta'lim usullarini
rivojlantirish.
4
Bu o‘zgarishlar orqali inklyuziv ta'limning 2025-yilgacha bo‘lgan
konsepsiyasi, barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash va
ularning ijtimoiy integratsiyasini kuchaytirishga yo‘l ochildi deb hisoblanadi.
|