Ta'rix o ‘zining ayrim xususiyatlari bilan m uam m oga o ‘xshab
ketadi. M uam m oda biror nom yashirib berilsa, ta'rixda biror raqam
yashirib beriladi. Shoirlar ayrim tarixiy voqealarga bag‘ishlab she'r
bitar, am m o odatdagi raqam larni har vaqt xam she'rga kiritish
m umkin b o ‘lmas, bunga she'r vazni va qofiyasi imkon beravermas
edi. Shuning uchun ham shoirlar she'rda voqea tarixini k o ‘rsatish
uchun arabcha harflarning son qiymatidan - abjad hisobidan
foydalanar edilar. Bu k o ‘pincha m uam moga o ‘xshash murakkab
usul va ishoralar qo‘llashni talab etar, yil bir jum boqda aylanar edi.
Arab alifbosidagi harflarning son qiymati quyidagicha: