c h i s t o n
Biror predmet yoki hodisaning xarakter va belgilarini ta'rif-tavsif
etish orqali o ‘quvchini o ‘sha predmet yoki hodisani topishga dalolat
qiladigan she'r chistondir. Lirikaning bu turi xalq og‘zaki ijodidagi
topishm oqlar asosida yuzaga kelgan b o iib , X-XII asrlarda fors-tojik
adabiyotida lug‘z nomi bilan atalgan. Bu she'riy
forma XV asrdan
o ‘zbek yozma adabiyotida fors-tojik so‘zi chiston, (chist - nima, on
- u) nomi bilan yaratila boshladi.
Alisher Navoiy o ‘zbek yozma adabiyotida bu lirik janm ing
dastlabki
namunalarini
yaratib,
uning
adabiyotdagi
o ‘rnini
qonunlashtirgan va «Badoe'ul-vasat» devoniga o ‘nta chiston
kiritgan. Navoiy chistonlari, boshqa
janrlardagi asarlari kabi,
diqqatga sazovordir. Ularda shoir o ‘z atrofini o ‘rab turgan
predmetlami, ijtimoiy munosabatlami, turmush hodisalarini aks
ettiradi.
Shuni ham aytish kerakki, bu asarlar boshdan oxirigacha
nozik yumor bilan sug‘orilgan b o ‘lib, asosiy g ‘oya shu yumor orqali
ifodalanadi. M asalan, shoir tanganing nomini aytmasdan, uning
tashqi belgilari va ichki mohiyatini shunday tasvirlaydi: