|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического Pdf ko'rish
|
bet | 105/167 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #140538 |
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
109
Kreativ yondashuv – termini AQSHda XX asrning 60-yillarda paydo
bo‘ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil
qilish qobiliyati, hislatilini bildiradi.
Fizika fanini o‘qitishda talabalarning fanni yaxshi o‘zlashtirishi uchun o‘quv-
uslubiy ta’minot muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan fanni o‘qitishda ta’lim
texnologiyalaridan samarali foydalanish lozim. Fizika ta’limida modulli tizimlarni
qo‘llash ayniqsa diqqatga sazovor.
Fizikani o‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari
namoyon bo‘ladi:
Fizika fani, tabiiy fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligi
ta’minlanishi;
har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayoni barcha turlarining
uslubiy jihatdan asoslangan muvofiqligi o‘rnatilishi;
fizika fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi;
tahsil oluvchilar bilimini muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan
so‘ng) qilinishi;
tahsil oluvchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki
modullardan so‘ng, o‘qituvchi ayrim tahsil oluvchilarga fanni individual
o‘zlashtirishni tavsiya etishi mumkin);
axborotni «siqib» berish natijasida, o‘qishni jadallashtirish, auditoriya
soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini ma’ruzavy, amaliy
(tajribaviy) mashg‘ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni -
maqbullashtirish. Buning natijasida, tahsil oluvchi etarli bilimlarga ham,
ko‘nikmaga ham, malakaga ham ega bo‘ladi.
O‘quv mashg‘ulotlarining rivojlantiruvchi funksiyasini ta’minlash uchun
zamonaviy modulli yondashuv bo‘yicha fizika fanidan ta’lim berish tizimini
takomillashtirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga o‘z fanini chuqur bilishi, bu fanning rivojlanish istiqbolini
tahlil qila olishi hamda o‘z bilimlarini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida
o‘rgatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, har doim mustaqil ishlab bilim va
malakasini zamon talabi asosida oshirib borishi zarur. Yuqoridagi talablardan kelib
chiqqan holda fizika darslarida fan o‘qituvchisining o‘z mashg‘ulotlarini
pedagogik an’anaviy usullarda, interfaol metodlarda maqsadli ravishda olib borish
ta’limning samaradorligini oshiradi. Mashg‘ulot samaradorligini oshirishda fizika
fani o‘qituvchisi mavzuning maqsadini belgilab olishi, noan’anaviy va an’anaviy
darslarning farqini ko‘ra bilishi natijasida o‘zlashtirish ko‘rsatkichini ko‘tarish
mumkin. Noan’anaviy mashg‘ulotlardan maqsad–bo‘lajak fizika o‘qituvchisining
|
| |