“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “
Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
34
o’quv va kasbiy faoliyatlarida yoritilish darjasiga bog’liq bo’ladi. Ana shu bilimlar
tizimini quyidagi sxemadagidek tasvirlash mumkin (1-rasm).
1-rasm . Talabalar ilmiy tadqiqot ishlari pedagogik tizimi
O’quv-tarbiya jarayonining yuqoridagi ko’rsatilgan zvenolari texnologik
ta’lim yo’nalishidagi talabalar ilmiy tadqiqot ishlari
pedagogik tizimining
bilimlariga oid elementlarini tashkil qiladi. Muhim vazifalardan biri bu
bilimlarning elementar shakllaridan murakkab shakllarini tuzish usullarini tavsiflab
berish va ularning funksiyalarini aniqlashdan iborat.
Ushbu ishda “Mashina detallari” fanida detallarni hisoblash misolida
talabalar ilmiy tadqiqot ishlari sifatini oshirishga oid ba’zi fikrlar bayon qilinadi.
Ma’lumki, “Mashina detallari” kursida konstriksiya elementlari asosan
ularning mustahkamligini baholash (hisoblash) bo’yicha (egilish, ezilish va
hokazo) tekshiriladi. Konstruksiya elementlarini texnologikligi bo’yicha
baholash
muhim ahamiyatga ega. Konstruksiya elementlari detal, uzel va mexanizmlar
majmuasi ekanligi barchaga ma’lum. Biz quyida ana shulardan detal
konstruksiyasining texnologikligini baholashga oid ma’lumotlarni keltiramiz.
Har qanday konstruksiyaning texnologikligini
baholashning ikkita turi
mavjud unga: sifatiy va miqdoriy baholashlar kiradi.
1. Talabalar ilmiy tadqiqot ishida detal konstruksiyasini sifatiy baholashda
e’tiborni konstruksiyaning texnologikligini uning materialiga ishlov berilishi
murakkabligi, materialining narxi va tanqisligi kabi mezonlar tahlili orqali
murakkab material o’rniga nisbatan oddiy va nisbatan mustahkamrog’ini qo’llash
Aniq va tabiiy fanlar
asoslari
Umumtexnika
fanlari
asoslari
Maxsus fanlar
asoslari
Texnika, texnologiya, iqtisod va ekologiyaga oid bilimlar
Talabalar ilmiy tadqiqot ishlari
Texnika va texnologiyaga oid
tadqiqot
ishlarini
shakllantirish
(mustahkamlikka hisoblash)
Texnika va texnologiyalarning
sifatliligini aniqlash (tahlil) bo’yicha
tadqiqotlar (konstruksiyalar
texnologikligini baholash)