“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/167
Sana18.01.2024
Hajmi2,16 Mb.
#140538
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   167
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического 
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online) 
 
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
59 
2. Xotirasi yaxshi, ammo o’zi o’qigan qiziq narsalarning hammasini 
tushunishiga va eslab qolishiga haddan ortiq ishonadigan talabalar. Ular odatda 
(vaqtni bekor ketkazmaslik uchun) hech narsani yozmaydilar. Ular to’garakdagi 
amaliy mashg’ulotlarda o’zlarining texnik hujjatlar (rasmlar, chizmalar, eskizlar va 
xokazolar) bilan bajaradigan ishlarini to’g’ri tashkil eta olmasliklari sababli 
yuqoridagi guruhga mansub talabalardan birmuncha ortda qoladilar, ko’pincha 
tushuntirilgan topshiriqni va boshqa mayda-chuyda narsalarni to’garak rahbaridan 
qayta-qayta so’rab aniqlaydilar. 
3. O’qishni umuman xohlamaydigan, lekin amaliy ishda idroki bilan ajralib 
turadigan talabalar. Ular texnikada o’zlarining umumiy xususiyatlariga, 
xarakterlariga mos narsalarni topadilar. Bunday bolalar dastaki asboblar bilan 
bajariladigan amaliy faoliyatga (montaj ishlariga, remont qilishga, modellarni 
ishlatishga, texnik qurilmalarni sinab ko’rish va hokazolarga) ko’proq nazariy 
ishda va adabiyotlar bilan ishlashda qiynaladilar. Asosan sarguzashtlarga, 
sayohatlarga doir kitoblarni o’qiydilar. 
4. 
Tasodifiy 
qiziqish 
bilan 
farqlanadigan 
talabalar. 
Ular 
ko’pincha o’zlaridagi qiziqish tufayli emas, balki tengqurlari orasidagi eng obro’li 
bolalarga yoki mashhur kishilarga taqlid qilishlari tufayli shug’ullanadilar. 
To’garakdagi ishning o’zi esa ularni qiziqtirmaydi. Odatda bunday talabalar 
to’garakda uzoq vaqt qatnasha olmaydilar. 
Rahbarlar talabalarning to’garakdagi faoliyatga, ilmiy-texnik 
adabiyotlarni o’qishga munosabatining o’ziga xos xususiyatlarini bilishi to’garak 
qatnashchilari shaxsining u yoki bu sifatlarini tarkib toptirish va
rivojlantirishga o’z vaqtida ta’sir ko’rsatish imkonini beradi. 
To`garak ishlarda talabalar ijodiy faolligini oshirish uchun tushuntirish - 
illyustrasiya metodlaridan foydalanishning muvaffaqiyati ko’proq rahbarning o’z 
fikrlarini aniq va yaqqol bayon qilish, to’garak mashg’ulotlarida talabalarga tavsiya 
etiladigan topshiriqlarni ifodalash mahoratiga bog’diq. 
Tajribali to’garak rahbarlari talabalar bilan birinchi uchrashuvdan, dastlabki 
mashg’ulotlardan boshlab ularda ijodiy ishlash haqida bir xil tushuncha hosil 
qilishga kirishadilar. Ular konstruksiyalashga doir vazifani qo’yishda doimo uni 
izchil tushuntiradilar, murakkab, bolalar uchun yangi tushunchalardan ancha sodda 
va odatdagi tushunchalarga o’tadilar. Masalan, talabalar yangi, g’aroyib, hatto, 
fantastik (kibernetik, avtomatik, kosmik vezdexodlar, robototexnika va boshqa) 
mashinalarni ishlab chiqish kabi topshiriqlarni yoqtiradilar, ammo ular ishni 
nimadan boshlash, yasaladigan modelning alohida uzellari va detallari qanday 
o’rnatilishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lavermaydilar. Shunga ko’ra, ko’pincha 



Download 2,16 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   167




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического

Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish