“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “
Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
57
TO`GARAKLARDA TALABALAR TEXNIK IJODKORLIGINI
RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI METODLARI
Ismoilov To’ychi Djabborovich, Yusupov Kirmon Yasinovich,
Burxonov Rasul Romilovich
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Texnologik ta`lim kafedrasi
o`qituvchilari, O’zbekiston
e-mail:ismoilov_t@jspi.uz
Annotatsiya: Texnik ijodkorlik to`garagida talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirishda
foydalaniladigan metodlarning o’zaro bog’liqligi va ularning har qaysisini turli formalarda
qo’llash mumkinligi bayon qilingan.
Kalit so’zlar: ijodkorlik, to`garak, talaba, bilim, usul, loyiha, rahbar, qiziqtirish, fan,
tajriba, eksperiment, hujjat, rasm, chizma.
***
Aннотация: Излагается связи методов и возможности их формы применении при
развитии умение творческой деятельности студентов в кружках техническое
творчество.
Ключевые слов: творчества, кружок, студент, знание, metod, проект,
руководитель, интерес, предмет, практика, испитания, документ, фото, чертёж
***
Abstracts: The connection of methods and the possibility of their forms of application in
the development of the skill of students' creative activity in technical creativity circles is
described.
Key words:
creativity, circle, student, knowledge, method, project, leader, interest,
subject, practice, food, document, photo, drawing.
Ma’lumki, talabalar fizik-texnik ijodkorligiga pedagogik rahbarlik asosida ular
oldiga asta-sekin murakkablashib boradigan (konstruktorlik,
texnologik, tashkiliy)
vazifalar qo’yish, o’kuvchilarga bu vazifalarni hal qilishning muvofiq usullarini,
texnik qurilmalar (modellar,
texnik loyihalar, tajriba namunalari) tayyorlashni
o’rgatish yotadi.
Turli pedagogik yo’llar va an’anaviy metodlarning
hammasini guruhlarga
jamlash mumkin va ularning har biri talabalar texnik ijodkorligini rivojlantirish
ishining u yoki bu bosqichida eng samarali hisoblanadi.
Quyida talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirishda
foydalaniladigan
metodlarning o’zaro bog’liqlik bo`lib, mazkur metodlarning har qaysisini turli
formalarda ommaviy, gruppaviy, individual ravishda qo’llash mumkin. Bunda so’z
ham ish ham ta’sir ko’rsatish vositasi bo’la oladi.