“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “
Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
65
STEAM TA’LIMI VA UNING INTEGRATSIYALASHUVI
Majidova Hurriyat Eshmurodovna
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Texnologik ta`lim yo`nalishi II bosqich magistranti
e-mail:mxurriyat@list.uz
Ilmiy rahbar: T.J.Ismoilov
Annotatsiya: Maqolada STEAM ta`lim texnologiyasining mazmuni va uning ta`lim
tizimiga joriy etilishdagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar: ta`lim, mazmun, tizim, ahamiyat, fikr, zamonaviy, sinf, muammo, kasb,
muhandis, mutaxassis, tabiiy, miya.
***
Аннотация: В статье излагается мысли о содержание образовательной
технологии СТЕАМ и его значение при применении образовательной системы.
Kлючевые слова: образование, содержание, структура, значение, мысли,
современный, класс, проблема, профессия, инженер, специалист, естественный, мозги.
***
Abstracts:The article expounds thoughts on the content of educational technology
STEAM and its importance in the application of the educational system.
Key words: education, content, structure, meaning, thoughts, modern, class, problem,
profession, engineer, specialist, natural, brains.
Bugungi kunda mamlakatimizning umumiy o`rta ta`lim tizimiga kirib
kelgan STEAM ta`limining yutuqlari nimalardan iborat? STEAM ta`lim
texnologiyasining ta`lim tizimiga joriy etilishi
bilan qanday imkoniyat va
yutuqlarga erishish mumkin? Maqolada shu haqda fikr yuritishga harakat qilinadi.
STEAM
bu – S-science, T-technology, E-engineering, A-art va M-math.
Ingliz tilida bu: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika.
Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini
unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan
biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni
qo’llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim
tizimiga
integratsiyalashuviga asoslangan.
STEAMning asosiy g’oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar
singari muhimdir. Ya’ni, o’rganish paytida
biz nafaqat miyamiz bilan, balki
qo’limiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf devorlarida o’rganish tez
o’zgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM yondashuvining asosiy farqi
shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o’rganish uchun ham miyani,
ham qo’llarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o’zlari “uqib oladilar”.