“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/167
Sana18.01.2024
Hajmi2,16 Mb.
#140538
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   167
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического 
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online) 
 
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
68 
1. Talim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki “mavzular” bo‘yicha 
intenratsiyalab olib borish. STEAM ta’limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi 
birlashtirilgan bo‘lib, uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muxandislik 
ijodiyotiga va matematikaga integratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan 
bog‘liq kasblarga bo‘lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi.
2. Ilmiy texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash. STEAM ta’limida amaliy 
mashg‘ulotlar yordamida, bolalarga ilmiy-texnik bilimlardan real hayotda 
foydalanish namoyish qilinadi. Har bir darsda o‘quvchilar zamonaviy loyihalashga 
oid modellarni ishlab chiqadi, quradi va modelni takomillashtiradi. Ular aniq 
loyihani o‘rganadi, natijada real mahsulotning prototipini yaratadilar. Masalan, 
o‘quvchilar harakatlanuvchi sodda robotni yasashda muhandislik kasbi, 
muhandislik dizayniga bo`lgan qiziqishi shakllanadi. 
3. Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni echish. 
STEAM dasturi, bolalar kundalik hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni 
engishda zarur bo‘ladigan tanqidiy taffakur va muammolarni echish ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi. Masalan, bolalar tez yuradigan mashina modelini yig‘adilar, so‘ngra 
uni sinovdan o‘tkazadilar. Birinchi sinovdan so‘ng kutilgan natijaga erishilmasa, 
uning sabablari haqida o‘ylaydi va topadilar. Balki, g‘ildiraklarning kattaligi yoki 
ishlash mexanizmlari to‘g‘ri kelmagandir. Har bir sinovdan so‘ng mavjud 
kamchiliklarni bartaraf etib boriladi.
4. O‘z kuchiga ishonch hissini ortishi. O‘quvchilar robototexnika, mashina 
va samolyot modelini ishga tushirish va boshqa ishlarni bajarishda oldilariga 
qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun harakat qiladilar. Har bir sinovdan so‘ng 
modelni takomillashtirib boradilar. Oxirida barcha muammolarni o‘z kuchlari bilan 
engib, o‘ylagan maqsadlariga erishadilar. Bu o‘quvchilar uchun ruhlanish, g‘alaba 
va quvonch demakdir. Har bir g‘alabadan so‘ng ular o‘z kuchlariga yanada 
ishonadilar.
5. Faol kommunikatsiya va jamoada ishlash ko`nikmasi. STEAM dasturi 
faol kommunikatsiya va jamoada ishlash bilan farqlanadi. Muloqat davrida o‘z 
fikrlarini bayon qilish va bahs-munozara olib borish uchun erkin muhit vujudga 
keltiriladi. Ular gapirishga va taqdimot o‘tkazishga o‘rganadilar. O‘quvchilar 
doimo o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan muloqotda bo‘ladilar. O‘quvchilar har bir 
ish jarayonda faol qatnashsalar, mashg‘ulotni yaxshi eslab qoladilar.
6. Texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish. Boshlang‘ich 
ta’limda STEAM ta’limining vazifasi, o‘quvchilarni texnologiya faniga bo‘lgan 
qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, bajaradigan ishini sevib bajarish
qiziqishlarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. STEAM 



Download 2,16 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   167




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического

Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish