|
O‘QUVCHILAR IJODKORLIK QOBILIYATLARINIO‘QUVCHILAR IJODKORLIK QOBILIYATLARINI
RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALAR O‘RNI
Xolmatova Durdona
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Texnologik ta`lim yo’nalishi, I bosqich magistranti,
e-mail:xolmatovad96@gmail.com
Ilmiy rahbar: T.J.Ismoilov
Annotatsiya:
Maqolada
o‘quvchilarda
ijodkorlik
qobiliyatlarini
axborot
texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirishning asosiy belgi va sifatlari bayon qilinadi.
Kalit so’zlar: ijodkor, qobiliyat, axborot, takomillashtirish, belgi, sifat, zamonaviy,
qiyin, tavsif, baho, reja, ishchi, mustaqil, harakatchan.
***
Аннотация: В статье излагается усовершенствование техническое творчество
учащихся пользуясь основные знаки и качества информационных технологий.
Ключевые слова: творчество, способность, информация, усовершенствование,
знак, качества, современный, сложный, характеристика, оценка, план, рабочий,
независимый, энергичный.
***
Abstracts:The article outlines the improvement of technical creativity of students using
the basic signs and quality of information technology.
Key words: creativity, ability, information, improvement, sign, qualities, modern,
complex, characteristic, assessment, plan, working, independent, energetic.
Bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama komil inson qilib
tarbiyalashda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarining o‘rni kattadir.
Yoshlarga zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim berish orqali intelektual
salohiyatga ega bo‘lgan shaxs sifatida shakllanishiga erishiladi.
Shunday ekan ijodkorlik va shaxsning ijodiy xislatlarini shakllantirish
masalasiga o‘z navbatida pedagoglar, psixologlar, filosoflar va sotsiologlar ham
o‘z e’tiborini qaratib kelmoqda.
Har qanday normal insonni va bolani ijodkorlik qobiliyatini o‘stirish
mumkinligi psixologlar tomonidan ilmiy asoslab berilgan.
Psixologiya-pedagogika fanlarining xulosasidan shu narsa ma’lumki,
bolalarda ijodkorlik qobiliyatini yoshlik davridanoq rivojlantirish zarur.
Pedagoglarning fikricha agarda bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish
erta yoshdan boshlanmasa keyinchalik qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Shuning
uchun ham ijodkorlikka juda erta yoshdan bolalarni yo‘llash lozimligi qayd etiladi.
|
| |