|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
72
- mustaqilligi;
- vaziyatni tez va chuqur anglay olishi;
- harakatchanligi;
- tashabbuskorliligi va hokazolar.
Mazkur belgilanishlar yetarli bo‘lmasa uni sharoitdan kelib chiqib,
o‘zgartirish (kengaytirish) ham mumkin.
“Kommunikativ” xususiyatlari guruhida ishni batartib bajarish qobiliyatiga
va “ishchi” xususiyatlari guruhidan mohirligi va sifatlilikka moyilligi, vaziyatni tez
va chuqur anglay olishi va harakatchanligiga asosiy e’tiborni qaratish zarur bo‘ladi
va shu bo‘yicha ularni rivojlantirish ustida ko‘proq ish olib borish belgilanadi.
Yuqorida keltirilgan har bir belgi va sifatlarni axborot texnologiyalari
asosida batafsil tahlil qilib, yoritib berilsa, o‘quvchilar o‘zlarida mavjud bo‘lgan
hislatlarni tezda seza biladi va o‘z-o‘zidan yuzaga chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Buning uchun namoyish qilinadigan belgi va sifatlarni dastlabki
boshlang‘ich saviyadan yuqori saviyalarga takomillashtirish ishlarini amalga
oshirish uchun bir necha darajadagi mezonlar tavsiya etiladi:
I darajada. Masala (muammo)ni rahbarning o‘zi qo‘yadi va o‘zi yechadi.
O‘quvchi uni o‘rganib chiqadi va yodida saqlaydi.
II daraja. Rahbar masala yoki bironta muammoni qo‘yadi, uni hal qilish
shartlarini tushuntiradi, mumkin bo‘lgan barcha variantlari bilan tanishtiradi va
shular ichidan eng samaralisini tanlashni taklif qiladi.
III daraja. Rahbar faqat muammo va topshiriqni aytadi. O‘quvchiga uni
har tomonlama tadqiqot qilish va hal qilish yuklatiladi.
IV daraja. O‘quvchining o‘zi bironta muammoni payqaydi va uni o‘zi hal
qiladi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini
rivojlantirish uchun quyidagi holatlarga e’tiborni qaratishni maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz:
- innovatsion va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish;
- o‘quvchini yangi axborot texnologiyalariga oid bilimlar bilan boyitish;
- o‘quvchining tabiati, qobiliyati, ehtiyoji va moyilligiga moslashish;
- ijodkor shaxsga yo‘naltirilgan ma’lumotlarni berishni yo‘lga qo‘yish;
- ijodkorlikni kompyuterda modullashtirish, loyihalashtirish, algoritmlash,
faollashtirish asosida texnologiyalashtirish;
- kompyuterda o‘qitish darslarini takomillashtirib borish.
Ishga axborot texnologiyalari asosida yondoshish, ya’ni ijodkorlik
sifatlarini aniq belgilab, uni chuqur tahlil qilish bilan tegishli zarur maslaxatlar
|
| |