|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
75
Ijodkorlikda ehtiyoj bir necha o‘z rivojlanish pog‘onasini bosib o‘tadi.
Birinchi pog‘ona - band bo‘lish. Bu ehtiyojning elementar holatiga to‘g‘ri
keladigan namoyon bo‘lish shakli bo‘lib, u hali o‘quvchilar tomonidan ongli
ravishda tan olinmagan bo‘ladi.
Ikkinchi pog‘ona - xohish hisoblanadi. Bu ehtiyojning rivojlanishini
ta’minlaydigan ancha yuqoriroq pog‘ona bo‘lib, o‘quvchilarning ongli ravishda
biron hodisa, predmet yoki kasbi bilan bog‘liq ob’ekt (ixtiro qilish, yaratish,
takomillashtirish)ni o‘rganishga bo‘lgan munosabatlari majmuasini nazarda tutadi.
Uchinchi pog‘ona - qiziqish hisoblanadi. Ishtiyoq ehtiyojni
rivojlantirishning ancha murakkab pog‘anasi bo‘lib, aslida ehtiyoj asosida vujudga
keladi. Ehtiyojsiz hech qachon qiziqish yuzaga kelmaydi. Ehtiyoj asosida hosil
bo‘lgan qiziqish ma’lum darajada o‘quvchi xarakteriga bog‘liq bo‘lib, ehtiyojga
nisbatan olganda faol omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Ishtiyoq o‘quvchilarning faoliyati va tashqi hayot tarzi sharoiti ta’sirida
shakllanadi, shuningdek unda ta’lim va tarbiyaning roli ham muhim hisoblanadi.
Bularning barchasi diqqat, sezgi, tasavvur, xotira, tushuncha, fikrlash va erkinlik
kabi psixologik funksiyalarga ta’sir o‘tkazib alohida o‘quvchi hayotida muhim rol
o‘ynaydi.
O‘quvchilar ishtiyoqini shakllantirishda tasavvur ham faol ta’sir ko‘rsatadi.
Buni tasavvurning predmetni yaqqolroq «ko‘ra olishi» bilan izohlash mumkin.
Tasavvur o‘zi esa orzular og‘ushida pishib etiladi va «ertangi kun
xursandchiligi»ni aks ettirishi bilan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
O‘qituvchi yoki to‘garak rahbarning vazifasi ijodkorlik faoliyatida
qatnashayotgan o‘quvchilarda ongli hatti-harakatlarni ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy
shakllantirish, ya’ni «jamiyatga foydali bo‘lish» uchun ijodkor bo‘lish ehtiyoji
zarurligi va unga ishonchini o‘yg‘otish, ijodkorlik masalalari echimiga ishtiyoq
(qiziqish) hissini ularda shakllantirish va tarbiyalashdan iborat. Ijodkorlik
faoliyatida qatnashuvchi o‘quvchilarda bilimga qiziqishlar uyg‘otila olingan va
rivojlantirilgan bo‘lsagina, ijodkorlik jarayoni muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Bu holda
bilishga qiziqish ko‘p bilishga intilish o‘quvchini yetaklovchi ehtiyojiy
sabablardan biriga aylanadi.
Ishtiyoq o‘quvchilarning ijodkorlik faoliyatida eng muhim omillardan biri
hisoblanib, uning ta’sirida intellektual faollik o‘sadi, xotira takomillashadi,
tasavvur etish, qabul qilish ishlari kuchayadi, diqqat fikrni to‘plash o‘sadi. Uning
ta’siri yana ma’naviy irodaviy sifatlarni tarbiyalashda, shaxsning umumiy
rivojlanishida ifodalanadi.
|
| |