“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/167
Sana18.01.2024
Hajmi2,16 Mb.
#140538
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   167
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического 
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online) 
 
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
78 
rivojlantirishni oladi. Aytilganlar esa o‘z navbatida uchta guruhdagi kasbiy sifatlar 
orqali namoyon bo‘ladi. Ularga:
-nazariy bilimlar va intellektual o‘quv;
-maxsus amaliy o‘quv va ko‘nikma; 
-shaxsiy pedagogik,ya’ni pedagogik mahoratlar kiradi. 
Texnologik ta’limi yo‘nalishlarini endigina bitirgan va maktablarga 
pedagogik amaliyotga borgan talabalarimizning ish faoliyatlarini uzoq yillar 
kuzatishimiz natijalari shuni ko‘rsatadiki, texnologik ta’limi o‘qituvchilarini 
tayyorlashning eng og‘riqli ojiz joyi aynan ularda pedagogik mahoratning 
yetishmasligi hisoblanadi. Buni ko‘pchilik amaliyotchi talabalarimiz va yosh 
mutaxassislarimizning maktablarda mehnat ta’limida dars berishda amaliy 
psixologik va pedagogik to‘siqlarni o‘ta qiyinchilik bilan qarshi olishi, 
o‘quvchilarning diqqatini darsning asosiy maqsadi va vazifalari masalalariga jalb 
qila olmasliklarida hamda o‘quv ustaxonalaridagi dastgohlardab ishlov berish 
jarayonlarida o‘quvi bo‘yicha xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari bilan izohlash mumkin.
Texnologik ta’limi o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish 
bo‘yicha texnologik ta’limini o‘qitish metodikasiga oid me’yoriy hujjatlar, 
bilimlar, nazariy tavsiyalar, laboratoriya ishlari va hokazalar institutda o‘rgatiladi. 
Shunga qaramasdan ko‘pchilik talabalarimiz ana shu me’yoriy xujjatlar 
asosidagidek darsni o‘ta olmaydi. 
Buning sababini bizningcha texnologik ta’limi o‘qituvchilari uchun 
o‘qishdan ajralmagan holda pedagogik amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha konkret 
uslubiy tavsiyanoma yo‘qligi bilan izohlash o‘rinlidir. O‘quv pedagogik 
amaliyotida talabalar uslubchi o‘qituvchining aytganini takrorlashdan nariga 
o‘tolmaydilar. Ularning kamchiliklari odamda darsdan keyingi muhokamada 
aytiladi. Aytilganlardan ko‘rinadiki, bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilari 
pedagogik mahoratini oshirish masalasi fanga oid faol o‘qitish metodini ishlab 
chiqishni taqozo etadi. 
Bu o‘qitish metodi bizningcha har xil pedagogik vaziyatlarni o‘rganishga 
asoslangan o‘qishdan ajralmagan holda pedagogik amaliyotni o‘tkazish jarayonini 
ilmiy boshqarishga asoslanishi lozim. Ma’ruzada pedagogik vaziyatlarni o‘rganish 
va yengib o‘tishga asoslangan o‘qishdan ajralmagan holda pedagogik amaliyotni 
tashkil qilishning ba’zi jixatlari va uning bo‘lajak texnologik ta’limi 
o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirishdagi roli haqidagi mulohazalarga 
oid bayon qilinadi.



Download 2,16 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   167




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического

Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish