|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
77
TEXNOLOGIK TA’LIMDA PEDAGOGNING MAHORATINI
RIVOJLANTIRISH
Alqorov Qodir Xolmatovich
1
, Xolmatova Madina
2
, Xayitboyeva Dilfuza
3
1
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
2
Jizzax politexnika instituti, Sanoat texnologiyasi fakulteti talabasi
3
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabasi, Jizzax,
O’zbekiston
e-mail: mr.qodir@bk.ru
.
Annotatsiya: Maqolada texnologik ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy
saviyasi darajasini ko‘tarish nazarda tutilgan.
Kalit so‘z: mahorat, kasbiy saviya, antik, konkret, ojiz.
***
Аннотация: При подготовке учителей технологическое образование призвано
повысить уровень их профессионального уровня.
Ключевые слова: мастерство, профессиональный уровень, антиквариат,
конкретное, беспомощное.
***
Abstract: When preparing teachers, technological education is designed to raise the level
of their professional level.
Key words: skill, professional level, antiques, concrete, helpless.
Har qanday sohaga taalluqli jumladan bo‘lajak pedagog mutaxassislarni
kasbiy psixologik kompetentligi (puxta va chuqur bilimli, omilkor, kasbiy
mahorati yuqoriligi)ni rivojlantirish masalasining alohida tashkil etuvchi
elementlari hatto antik dunyo vakillari (Demokrit, Platon, Suqrot va boshqalar)
tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa-da, bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarining
kasbiy va psixologik kompetentligini rivojlantirish muammolari bo‘yicha
tadqiqotlar nisbatan yakunda boshlandi deyish mumkin. Xususan, 1985-86 o‘quv
yillaridan boshlab birinchi marta sobiq ittifoqning pedagogika oliygohlarida
“Pedagogik mahorat asoslari” (Основы педагогического мастерства) fakultativ
kursi joriy etildi. Unda aynan bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarini
tayyorlashda ularning kasbiy saviyasi darajasini ko‘tarish nazarda tutilgan edi.
Texnologik ta’limi o‘qituvchilari uchun – u o‘z ichiga nazariy materiallarni
aniq va ishonchli tushuntira bilish, o‘quvchilarni har qanday turdagi instruksiya
(yo’riqnoma)lar bilan tanishtirish metodikasini amalda bajara olishi mehnat
darslarida har xil ishlov berish usullarini yuqori darajada ko‘rsata bilish,
tarbiyalash metodikasi, pedagogik takt va bosiqlik kabi pedagogik sifatlarni
|
| |