“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/167
Sana18.01.2024
Hajmi2,16 Mb.
#140538
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   167
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического 
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online) 
 
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
71 
Qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda “Ijodkor yoshlar bilan ishlash 
dasturi” ni bajarish avvalo ijodkor yoshlarni qanday mezonlar asosida tanlab olish 
va uni qanday takomillashtirib, rivojlantirish kerakligini axborot texnologiyalari 
asosida ilmiy asoslashni taqoza etadi. Xo‘sh, o‘quvchining ijodkorlik darajasi 
qanday aniqlanadi va u qanday rivojlantiriladi?
Ijodkorlik darajasi avvalo har bir soha, mutaxassislik yoki fan bo‘yicha 
mutasaddi murabbiylar tomonidan o‘quvchilarning axborot texnologiyasiga 
qiziqishiga qarab aniqlab olish mumkin. Bunda bitta «qolip»ga tushadigan mezon 
yoki o‘lchov bo‘lishi mumkin emas. Bu yerda ijodkorlikni aniqlash individual 
imkoniyatlarni hisobga olish tamoyiliga asoslangan bo‘lishi muhim hisoblanadi. 
Bu jarayon: 
Birinchi bosqichda shaxsni ijodkor deb tan olishni belgilovchi sifatlarning 
eng muhimlari ro‘yxatini tuzib olishni talab qiladi (dastlabki mezon). 
Ikkinchidan esa ana shu belgilarni takomillashtirish va rivojlantirish 
sharoitlari muvofiqligini ta’minlovchi vazifalarni shakllantirish va uni hal qilish 
yo‘nalishini to‘g‘ri belgilab olish zarur. 
Uchinchidan, shaxsni tavsiflovchi ijodkorlik belgilarining qay darajada 
rivojlanib, takomillashib borayotganligini baholash ishlari amalga oshiriladi. 
To’rtinchidan, o‘quvchining ijodkorligini belgilovchi kuchli va kuchsiz 
(bo‘sh) tomonlari ro‘yxati tuzilib, qaytadan takomillashtirish rejasi ishlab chiqiladi. 
Beshinchidan, belgilangan muddatda takomillashtirish zarur bo‘lgan 
ijodkorlik belgilari holati natijalari tahlil qilinadi.
Ijodkorlikning barcha belgi va sifatlarini umumiy holda ikkita guruhga 
bo‘lish mumkin (I bosqich misolida). 
I. Har tomonlama aloqador sifatlarini belgilovchi («kommunikativ») 
xususiyatlari guruhi: 
- o‘ziga bo‘lgan ishonchi;
- umuminsoniy fazilati; 
- tanqidga, o‘ziga bildirilgan salbiy fikrlarga munosabati;
- ishni batartib bajarish qobiliyati (taktikaliligi);
- uddaburonliligi;
- jonkuyarligi;
- kishilarga yoqimliligi, yaqinligi va hokazo.
II. “Ishchi” xususiyatlari guruhi:
- maqsad sari intiluvchanligi;
- fikrida qat’iyligi;
- mohirligi va sifatlilikka moyilligi; 



Download 2,16 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   167




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического

Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish