“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/167
Sana18.01.2024
Hajmi2,16 Mb.
#140538
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   167
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического 
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online) 
 
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
54 
murabbiy)lar mehnatsiz, umuman maktab ko‘rmagan o‘rta yashar kishidan oddiy 
Pifagor teoremasi (arifmetika yoki yozuv)ni aytib berishni talab qilishi behuda 
urinish bo‘lar edi. Agar u uch karra daho bo‘lish qobiliyatiga ega bo‘lib tug‘ilgan 
shaxs bo‘lganda ham pedagogik ta’limsiz, ya’ni ustozlar mehnatisiz buning 
uddasidan chiqa olmaydi. Aytilganlar "pedagogika" bilan "fan" orasidagi uzviy 
bog‘liqlik ijtimoiy taraqqiyot mahsuli sifatida o‘ziga xos tahlilga muhtojligidan 
dalolat beradi. Tahlilga kirishishdan oldin "pedagogika" va "fan"larni shartli 
ravishda ajratib qaraymiz. Pedagogika ham o‘qitish metodikasi haqidagi fan 
ekanligi oldin aytildi. Biz nazarda tutayotgan "fan" esa olam manzarasini ob’ektiv 
tavsiflashga xizmat qiluvchi ko‘plab: ijtimoiy, gumanitar, texnologik, tabiiy, 
maxsus va hokazo fanlarga taalluqlidir. 
Ta’lim tizimi hamda xalq xo‘jaligi o‘zaro chambarchas bog‘liq. Ammo bu 
aloqadorlik ba’zan tushunarsiz va ishonchsiz tahlil qilinadi, natijada gohida sun’iy 
yoki tabiiy uzilishlar sodir bo‘ladi. Tartib bilan ana shu uzilishlar sababiga 
e’tiborni qaratamiz: 
Zamonaviy pedagogika zamonaviy fan yutuqlaridan orqada qolishi 
mumkin (pedagogika < fan < xalq xo‘jaligi tarmoqlari); 
Zamonaviy pedagogika zamonaviy fan yutuqlari bilan hamoxang (parallel) 
boradi (pedagogika = fan = xalq xo‘jaligi tarmoqlari); 
Zamonaviy pedagogika fan yutuqlaridan oldinga o‘tadi (pedagogika > fan 
> xalq xo‘jaligi tarmoqlari). 
Yuqoridagi mantiqiy bog‘lanishlar sxemalaridan uchinchi tipdagi o‘zaro 
aloqadorlikni eng optimal (muvofiq) deyish mumkin. Unga ko‘ra pedagogika 
nafaqat fan yutuqlarini o‘rgatadi va xatto fan tarmoqlarining vujudga kelishiga 
ham sababchi bo‘ladi.
Bundan ko‘rinadiki, uzluksiz ta’lim tizimi o‘ziga xos murakkab tuzilma 
bo‘lib, u bir qancha kichik tizim, zveno va elementlardan tashkil topgan. Jumladan, 
undan oliy ta’lim (oliy o‘quv yurtlari) eng muhim o‘rinni egallaydi. Oliy 
maktablarning o‘rni muhimligi shundaki, ular faqatgina xalq ta’limi va xalq 
xo‘jaligi uchungina kadrlar tayyorlab qolmasdan, ilmiy pedagogik olimlar
tadqiqotchilar (magistr, doktorlar)ni ham tayyorlab beradi. SHu ma’noda, oliy 
ta’lim yuqorida so‘z yuritilgan mustaqil tizimlar bilan o‘zaro murakkab 
munosabatda faoliyat ko‘rsatadi. 
Fanning ta’siri insonlarning moddiy va ma’naviy-ma’rifiy 
faoliyatlari barcha jabhalarida yorqin namoyon bo‘lib kelayotgani tarixiy ijtimoiy 
hodisadir. Shu ma’noda, fanning uzluksiz ta’lim tizimiga ta’sirini ham inqor 
etishning imkoniyati yo‘q.



Download 2,16 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   167




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического

Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish