|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
52
OLIY TA’LIMDA PEDAGOGIK TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI
TAKOMILLASHTIRISH
Ismoilov To’ychi Djabborovich, Tog‘ayev Xo’jamberdi,
Aliboyev Turg’un Chindaliyevich
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari,
Jizzax, O’zbekiston
e-mail:ismoilov_t@jspi.uz
Annotatsiya: Maqolada оliy ta’lim tizimida sifatli mutaxassislar tayyorlashning tahlili
va muvofiq boshqaruvga asoslangan istiqbolini ta’minlashda zamonaviy pedagogika oldida
turgan dolzarb muammolar haqidagi ba’zi fikrlarga qaratilgan.
Kalit so’zlar: Оliy, ta’lim, tizim, sifat, mutaxassis, tahlil, boshqaruv, zamonaviy,
dolzarb, muammo, fikr, ilmiy, tadqiqot.
***
Annotatsiya: В статье обращено внимание некоторые мысли актуальным
проблемам предстоящих при современной педагогике обеспечивающий основанный на
перспективное управление и анализ подготовки качественных специалистов в системе
высшего образования.
Ключевые слова: Высшый, образование, структура, качества, специалист,
анализ, управление, современной, актуальный, проблема, мысл, научный, исследование.
***
Abstracts: The article draws attention to some thoughts on topical problems facing
modern pedagogy, providing a perspective-based management and analysis of the training of
quality specialists in the higher education system.
Key words: higher, education, structure, quality, specialist, analysis, management,
contemporary, relevant, problem, thought, scientific, research.
Avvalo zamonaviy pedagogika, fan, oliy ta’lim tizimi haqidagi
tushunchalarni qaytadan chuqurroq tasavvur qilib olamiz.
O‘zbek ensiklopediyasida "Pedagogika (yunoncha, pedagogue) insonni
shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan tizimiy faoliyat to‘g‘risidagi
hamda ta’lim tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fan bo‘lib,
uning asosiy kategoriyalari: shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ma’lumotli qilish,
ta’lim berish" deb ta’riflanadi.
Mazkur ensiklopediyaning 12-tomi 15-betida fan haqida "Fan - dunyo
haqidagi ob’ektiv bilimlar tizimi; ijtimoiy ong shakllaridan biri" deyilgan.
Fan haqida Jon Bernol - "Fan dunyoni kishilar tomonidan tubdan
o‘zgartirish omilidir" degan bo‘lsa, Albert Eynshteyn uni "Fan -tafakkurning
dunyodagi bilish mumkin bo‘lgan barcha hodisalarni muayyan bir sistema asosida
|
| |