Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




Download 11,8 Mb.
bet94/147
Sana21.03.2017
Hajmi11,8 Mb.
#732
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   147
2-masalaning bayoni. Musulmonchilikda erkak kishi zimmasiga oilani boshqarish uchun katta mas’uliyatlar yuklatilgan va shuning uchun erga tegishli vakolatlar berilgan.

Erkak oilaning boshlig’i ekan, oilada erkak xotini va farzandlari oldida rahbar vazifasini bajaradi. Shundan kelib chiqib Kur’onda so‘z boradi: «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularning birodarini birodaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir» (Niso surasi 4:34).

Erning xotin oldidagi burchi qoidasi. Ibn Umarning guvohlik berishicha Muhammad Payg’ambarning hayoti haqidagi Hadis kitobda batafsil ifodalangan: «Har biringiz sizning (oilada va jamiyatda) mavqeingiz bevosita majburiyatlarning himoyachisi va muhofaza hisoblanasiz va sizga tobelikda yoki naslingizda bo‘lganlarning harakatlari uchun javob beradi. Erkak o‘z uyida yashovchilar uchun targ’ib o‘rnatuvchi hisoblanadi. O‘z navbatida ayolning ham o‘z eri va bolalariga nisbatan haqi bor. Boshqacha aytganda xar biringiz o‘z urug’ingiz sarboni va o‘z qavmingiz uchun mas’ul hisoblanasiz»1.

Hakiqiy musulmon erkak kishi Muhammal Payg’ambarning fikricha kuyidagi koidalarga rioya kilishi kerak: 1. Xotini bilan hamisha yaxshi muomalada bo‘lishi. 2. Agar ular (xotini) juda bema’ni ish qilishmasa, ularga ozor bermaslik va mabodo noo‘rin ish qilgan taqdirda ularni beozor urish mumkinligi. 3. Har qanday holatda ham ayolga qarshi hech qanday ish qilmaslik. 4. Chunki erkakning xotinida va o‘z navbatida xotinni o‘z erida ham haki borligi. 5. Erga yoqmaydigan kishilarni uyga kiritmaslikni talab kilish. 6. Xotinni eridan o‘ziga nisbatan yaxshi boqishini va yaxshi kiyintirishini talab qilishga xaqli ekanligi.

Bu borada erlarni xotini bilan yaxshi yashashi hakida Qur’oni Karimda shunday deyiladi: «Ular bilan tinch-totuv yashanglar. Agar ularni yomon ko‘rsangizlar ham (sabr kilib inoq holda yashayveringlar). Zero, sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh ko‘p yaxshiliklarni qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin» (Qur’on, Niso surasi ).

Haqiqiy musulmon kishi islom dini qadriyatlariga amal qilmasligi mumkin emas. Hatto uyga kirar ekan, u birinchi bo‘lib xotini va bolalariga salom berishi va ularga yaxshilik tilashi kerak. «...Qachon uylarga kirsangizlar bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalom alaykum», denglar») (Nur surasi).

Erkak kishi tegishli ravishda o‘z oilasiga g’amxo‘rlik qiladi. Bunday g’amxo‘rlik erkak kishi zimmasiga muayyan majburiyatlarni yuklaydi. Boshqacha aytganda, erkak kishi o‘z oilasi va farzandlari uchun to‘liq javob beradi. Bu bir musulmon kishi his qiladigan javobgarlikdir Abu Hurayra guvohlik berishicha, Hadislardan biri oila uchun erkak kishining javobgarligi darajasini aniq belgilab beradi: «Tangri yo‘lida siz sarflaydigan dinorlardan, ya’ni qul sotib olishga sarflaydigan, qashshoklarga sadaqa sifatida beradigan, zavjangiz va bolalaringiz uchun sarflaydigan dinorlardan (Tangri) sizni taqdirlashda eng qimmatlisi, oilangiz uchun sarflaganingizdir»1.

Oilada ayol kishining roli ham katta ahamiyatga ega, chunki har bir musulmon ayoli alohida fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:

... U eri yo‘qligida nomusi va mol-mulkni saqlaydi: «ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir» (Niso surasi).

U sababsiz taloq so‘ramaydi. Hadislardan birida shunday deyiladi: «(Islomda) ruxsat berilganlardan Alloh eng xushlamaydigani taloqdir» va «sababsiz taloq so‘ragan ayol hatto jannat bo‘yini hidlamaydi».

Ayol eriga biror zarar etkazishdan tiyiladi, doim uydan chiqishga, mehmon chaqirishga va boshqa muhim masalalar bo‘yicha eridan ruxsat so‘raydi.

Bolani chaqaloqlikda ko‘tarish, o‘stirish va unga g’amxo‘rlik qilish ayolning vazifasiga kiradi. Payg’ambar deganki: «o‘z erlariga yaxshi munosabatda bo‘lgan, bolalar tuqqan (agar tug’olsa) va doim o‘z erining ehtiyojlarini bajarishga yordam bergan ahli ayollaringiz jannatga kiradi...»2. Bu nafakat buyuk, balki o‘ta muhim vazifa hamdir.

Shohjahon Jamna daryosi bo‘yiga o‘z umr yo‘ldoshi Arjumandbonu begimga atab qurilgan Tojmahal maqbarasi buyuk insoniy muhabbat, sadoqatga qo‘yilgan haykaldir. Shohjahon shu maqbaralarni tiklaganda jon bergan... Ko‘zi yumilmay ochiq qolgan. Erkaklar, ayollar o‘z umr yo‘ldoshiga mehribon, oqibatli, sadoqatli bo‘lgan, sevgini o‘z qalbida beg’ubor saqlashi shikast etkazmay, ma’naviy kamoloti darajasining ko‘rsatkichidir.

O‘zbeklar hamma vaqt farzand ko‘rishni baxt, farzandsizlikni baxtsizlik deb qadrlaganlar. «Bolali uy bozor». Bolalar tashvishi bilan bog’liq bo‘lgan ishlarni ham ota-onalar ichki bir mas’uliyat sifatida quvonch bilan, quvonch aralash tashvish bilan bajaradilar. Bolalarining tashvishi qanchalik ko‘p bo‘lsa ham ota -onalar hech vaqt buni o‘zlari uchun og’ir yuk deb bilmaydilar. Ba’zan ishdan charchab yoki biror narsadan ranjib qolganlarida bolalarning g’alvasi ortiqcha...

Ota-ona uchun ko‘p farzandlari o‘ynab yurgan uy hech vaqt tor bo‘lmaydi. Bolalarsiz huvillab qolgan, bahaybat xonadon tor ko‘rinadi. Bolalar oiladagi ma’naviy muhitnigina emas, balki er bilan xotin o‘rtasidagi munosabatni ham mustahkamlaydi. Farzandli oilalarda er bilan xotinlarning bir~biriga bo‘lgan hurmati oshadi...

Bolalarning ko‘pchiligi ulg’aygani sari ota - onaning bir - biriga kerakliligi yanada oshadi. Farzand bo‘lmasa har qanday kuchli muhabbat ham darz keta boshlaydi, farzandsiz turmush bo‘lmaydi. U har qanday oila uchun ham fojeadir.

Ota -ona hamda farzandlar o‘rtasidagi ishonch, xurmatga asoslangan munosabatlar - oila mustahkamlanganligining yana bir zaminidir.

Shariatda oilaviy turmushning ma’naviy, huquqiy asoslari keng yoritib borilgan. Ulardan biri - har bir yigit o‘zi uylanadigan qizni, qiz esa yigitni ko‘rib, bilib olmog’idir.

O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar xotin-qizlarga munosabatda Asosiy Qonunning xalqaro huquqqa mos qoidalariga amal qiladilar. O‘zbeklar ayolga, avvalo, Ona, mehribon opa-singil, ardoqli qiz deb qaraydilar. Oilada ayolning o‘ziga xos mavqei va o‘rni bor. Xalqning boy madaniy merosi, adabiyoti,  san’ati va falsafasi milliy g’oyasida aks etadi. Shuningdek ayollarining  go‘zallik va nafosati, ularning vafo va sadoqati timsoli sifatida gavdalanadi1.

Onaga bo‘lgan hurmat va sadoqat – eng oliy qadriyatdir. Shuning uchun Vatanga, milliy tilga nisbat berilganda Ona nomi qo‘shiladi. «Xalqimiz orasida Ona so‘zi muqaddasdir, uni tushunmaganlarning aqli pastdir», - degan xikmat mavjud. Milliy istiqlol g’oyasi Onalar uchun, jamiyatdagi barcha ayollar uchun farovon hayot, go‘zal turmush yaratishni maqsad qilib, xotin-qizlarning erkinligi va o‘z qadr-qimmatini anglab etishiga, o‘z salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishiga sharoit yaratishni bosh g’oyasi orqali mujassamlashtirgan.




Download 11,8 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   147




Download 11,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

Download 11,8 Mb.