Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




Download 11,8 Mb.
bet95/147
Sana21.03.2017
Hajmi11,8 Mb.
#732
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   147
3-masalaning bayoni. Farzandning har bir hohish-istagini bajo keltirish, bir aytganini ikki qilib tutqazish, qimmatbaho kiyimlar, taqinchoqlar olib berish noto‘g’ri ish bo‘lib, o‘z avlodini o‘z qo‘li bilan bebaxt qilish, jahannamga otish demakdir.

Ey mehribon ota-ona! Ehtiyot bo‘l! Shaytonning aldashiga, hiylasiga uchma! Nafsning so‘zlariga quloq solma! Bryligim, qo‘sha-qo‘sha mashinam, dang’illama uy-joyim, mulkim, davlatim bor deb shaytonning befahm sherigi bo‘lmagin! O‘lar ekansan, dunyodan bir chaqa ham olib ketmaysan. O‘zingga kel, esingni yig’! Diningni sev, bola-chaqangni dinni sevadigan qilib tarbiya ber. Avlodni dinsiz etuvchi – otadir, muhitdir, yurtdir. Allohga shukmlar bo‘lsinki, mustaqil O‘zbekistonimizda – ona Vatanimizda diniy bilimlar olish sharoit yaratildi.

Ta’lim va tarbiya dinga, Alloh va Payg’ambarimiz (S.a.v.)ning amrlariga uyg’un bo‘lishi kerak.

Jannat rayhonlari bo‘lmish farzandlarimizning faqat dunyoga havasi, moddiy ehtiyojlarinigina o‘ylab, ma’naviyatini unutmaylik.

Bir dono ota o‘z farzandiga shunday nasihat beribdi:


  • Ikki eahonda sadoqatli bo‘layin desang quyidagi pandu-nasihatlarga amal qil! – Ey farzand, vijdonli bo‘l! Haq Subhonahu va taolo rahmatidan noumid bo‘lma, qanchalik dono bo‘lsang ham o‘zingni shunchalik nodon deb tasavvur qil. Shunday qilsang yanada donoroq bo‘lasan. Ilmu donishing qanchalik ko‘p bo‘lsa ham yana ilm tahsil qilaver va bu ilmni o‘z joyida ishlat! Aytgan so‘zingni takrorlayvermaki, uni eshitish vaqtni bekorga o‘tkazishdir. Omi odamga omiyona, olimga olimlarcha tushintir, so‘zni har bir odamning fahmu-farosatiga muvofiq gapir. Gapiruvchining so‘zidan kimligini bilishni o‘rgan. Chunonchi, hazrati Ali – Alloh uning yuzini mukarram qilsin – aytadilar: “Kishiningziynati taylasoni (choponi)da emas, balki lisoni (tili)dadir”, - deydi.

Odamlardan biror narsa eshitsang, unga amal qilayotgan vaqtda ehtiyot bo‘lginki, xalq ichida da’vo va g’avg’o yuz bermasin. Har bir ishda o‘rtacha yur. Qanchalik mukammal bo‘lsang ham, o‘zingni kamroq his qil. Gavhar bilan emas, hunar bilan faxrlan. Ota fazilati bilan emas, o‘z fazilating bilan keril! Chunonchi hazrati Ali – Alloh undan rozi bo‘lsin – aytadi: “Insonning sharafi asli va nasli bilan emas, balki fazli va adabi bilandir”.

Ey farzand! YoLg’ondek tuyuladigan rostni gapirishdan ehtiyot bo‘l!

Sendan biror narsa haqida so‘rasalar, qanchalik mukammal mag’rurlanma. Dunyoda ranju-kulfat tortmayin desang, senga ishonib aytilgan sini oshkor qilma!

Ma’lumki, shu Sharqda, oila tushunchasi, oila qurish va uning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash insonning o‘z millati, avlod-ajdodlari, jamiyat oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g’risida emas, balki oilasining qarindosh urug’lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g’risida g’amho‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”1.

Har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaviy munosabatlar alohida olingan har bir holatda o‘ziga xos tomonlarga ega bo‘ladi. Chunki, bu munosabatlar o‘ziga xos ma’naviy qiyofaga ega bo‘lgan kishilarning o‘zaro ta’sirining natijasidir. Shunga ko‘ra, oilaning bolaga ta’siri spetsifik, o‘ziga xos bo‘lgani uchun, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishi ham o‘ziga xos va takrorlanmasdir.

Ikkinchidan, bola o‘z ota-onalarining xatti-harakatlari, butun hayotiy faoliyatlarini kuzatib yuradi. Shu tufayli narsa va hodisalarga ta’sir qilishga qodir bo‘lgan faoliyatning sub’ekti sifatida o‘z-o‘zini anglay boshlaydi.

Uchinchidan , oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg’ular jamuljam bo‘ladi. Ana shu boisdan bola hissiyotini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar oilada o‘zaro hurmat va ishonch bilan birga, yaxshi kayfiyat asosidagi sog’lom muhit qaror topgan bo‘lsa, bu bola ruhiyatiga, uning hissiyotiga ijobiy ta’sir etishi tabiiydir.

To‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg’ulari ham tarbiyalanadi. Chunki bola yoshligidanoq hayotda g’am-tashvishlar bilan quvonch-sevinchlar birga yurishligini anglab borishi kerak. Ota-onalar bolalarida jamiyatda va oilada kerakli ekanliklarini ilk bor his qilishni uyg’ota olsalar, insondagi bebaho xislat bo‘lgan mehnat qilish quvonchidan bolani bahramand qilgan bo‘ladilar.

Beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili hisoblanadi. Chunki, bola hayoti asosan uy sharoitida o‘tadi. Oila a’zolari o‘rtasida muomala madaniyati oilaviy tarbiyada muhim o‘rin o‘ynaydi.

Ota-onalar ma’naviy jihatdan qanchalik boy bo‘lsa, ular o‘z farzandlariga nisbatan shu qadar jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo‘ladilar. O‘zlaridagi mavjud ma’naviy-axloqiy fazilatlarni farzandlari timsolida ko‘rishni har qanday ota-ona orzu qiladi.

Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-onalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi; axloqiy tarbiyalash jarayonida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy o‘zbek an’analaridan foydalaniladi; ota-onalar pedagogika va psixologiyaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda va oilaviy tarbiya masalalari bo‘yicha Sharq mutafakkirlarining boy madaniy merosidan foydalangani holda o‘zining pedagogik ma’lumotini doimo oshirib boradi.

«Farzandlarimizning ongi shakllanadigan maktab yoshigacha bo‘lgan davrda ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlar, go‘zal qadriyatlar va zamonaviy tarbiya usullariga amal kilgan holda tarbiyalash, ularni ko‘z o‘ngida ochilayotgan dunyo mo‘’jizalari bilan tanishtirib borish, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasining 8-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida, - barcha ota-onalar va tarbiyachilarimizning asosiy vazifasi bo‘lmog’i kerak»1.

Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jamiyat uchun aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalashdan manfaatdor. Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-axloqiy jihatdan sog’lom va mustahkam oilada shakllanadi. Chunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun qilinadigan g’amxo‘rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog’liqdir. Har qanday jamiyatda ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo‘lishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga bog’liq. Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» deb yozgan edi2.

Milliy mafkuraning negizida yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash g’oyasi yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlarni milliy g’urur, milliy iftixor, Milliy ong va o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishni taqozo etadi.



Download 11,8 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   147




Download 11,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

Download 11,8 Mb.