Operator – boshqarish huquqining pastki darajasi, o‘zining
uchastkasidagi
boshqarish tizimini amalga oshirish huquqiga ega (ishga tushirish/ma’lum bir
texnologik siklni to‘xtatish, retsepturaga rioya etish, texnologik jarayonning to‘g‘ri
kechishini nazorat qilish).
Muxandis (muxandis-texnolog) – boshqarish huquqining o‘rta darajasi,
operatorning huquqlari bilan bir qatorda jarayonni optimallashtirish
algoritmini
amalga oshirish huquqiga ega, shuningdek ishlab
chiqarish jarayonining har
qanday uchastkasida operator vazifasini bajarish huquqiga ega, ya’ni
ishlab
chiqarish jarayoniga keng nazar bilan qaraydi.
Menedjer – ham operator, ham muxandis xuquqiga egal bo‘lishi bilan birga
jarayonning mantiqiy dasturiga kirish, dasturga tuzatishlar va o‘zgartirishlar
kiritish huquqiga ega.
Analog-son
qiymatli
(ASQ),
son-analogli
(SA) o‘zgartirgichlar-
o‘zgartiruvchi bloklar bo‘lib, boshqaruchi kompyuter
bilan axborot alamashinish
imkoniyatini beradi.