Server Experion PKS rezerv serveri bo‘lishi mumkin.
Asosiy
server
ishdan chiqqan holatda uning barcha funksional vazifalarini rezerv server o‘z
zimmasiga oladi.
Quyidagi holatlardan biri sodir etilganda rezerv server asosiy serverdan
boshqarishni oladi:
-
Asosiy serverning apparat qismi ishdan chiqqan va rezer server bilan
asosiy server
aloqasi uzilgan holatda
-
Asosiy server bilan rezerv serverning tarmoq kanallari uzilgan holatda
-
Asosiy serverning kontroller S300 bilan aloqasi uzilganda
-
foydalanuvchi serverlarni qo‘lda o‘chirganda
Operator stansiyalari (xonalar)
OS (operator station) shaxsiy
kompyuterlarni
o‘z ichiga oladi. Operator stansiyalari o‘nlab bo‘lishi mumkin.
Operator stansiyalari texnologik ma’lumotlarni interaktiv grafik mnemosxemalar
tarzida
ifodalash, shuningdek jarayonni samarali boshqarish uchun xizmat qiladi.
Mnemosxemalarda aniq ma’lumotlar: kirish va chiqish parametrlari,
o‘zgaruchilarning qiymatlari,
avariyali signallash, grafiklar, hiobotlar va shu
kabilar ko‘rsatiladi.
Stansiyada operator har qanday datchikning ko‘rsatishini ko‘rishi, klapanni
qo‘lda yopishi, nasosni ishga
tushirishi yoki qurilmaning
temperaturasini o‘zgartirishi mumkin.
Jarayon Kontrolleri
•
Kontrollerni to‘liq rezervlashtirish
– Rezervlashtirish imkoniyati
– Tarmoqni rezervlashtirish imkoniyati
– Rezervlashgan Kontrollerlar
•
Boshqarish uchun bitta muhit:
– Rostlagichli boshqaruv
– Mantiqiy boshqaruv
Dasturlashgan mantiqiy
kontroller
yoki Dasturlashgan
kontroller-
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun ishlatiladigan ixtisoslashgan sonli
kompyuter. Boshqa shaxsiy kompyuterlardan farqi shuki, u ancha datchik va
ijrochi qurilmalarning takomillashgan kiritish va chiqarish qurilmalariga ega, uzoq
vaqt
ishonchli ishlaydi, shuningdek atrof-muhitning noqulay sharoitlarida ham
ishonchli irshlaydi.
Analogli va sonli kommunikatsiya HART-protokolbir vaqtning o‘zida
analogli va sonli signallarni bir sim orqali uzatishga imkon yaratadi.
Bir qancha paraetrlarni bir vaqtning o‘zida uzatish HART-protokol
ko‘pparametrli asboblar (masalan sarf o‘lchagichlar)
bilan ishlashda juda qulay,
chunki bitta kabel simi orqali jarayonning bir qancha parametrlari to‘g‘risida
axborot olish imkonini beradi.