Texnologik jarayonning kirish va chiqish parametrlari haqidagi axborot
o‘lchov asboblarining datchigi va axborotni kiritish-chiqarish
kompleksi orqali
raqamli hisoblash mashinasiga (RHM) boradi. Bu axborotni (yoki uning bir
qismini) operator ham aloqa qurilmasi orqali RHM ga kiritishi mumkin. Bu holda
operator nazorat qurilmasidagi ko‘rsatkichlardan foydalanadi. Boshqaruvchi RHM
oldindan belgilangan algoritmlar
va boshqaruv dasturi, boshqarish maqsadi,
tanlangan optimallash simvoli, cheklashlar asosida ma’lum bir tartib bilan kirgan
axborotni qayta ishlaydi.
Server xonasi
–
avtomatlashtirishning dasturiy vositalari \hamda axborotlar
saqlanadigan joy.
Server
(ing. Server, to serve inglizchadan—
xizmat qilish)
—
axborot
texnologiyalarida hisoblash sistemasining
dasturining komponenti, mijozning
so‘roviga ko‘ra servis (xizmat ko‘rsatish) funksiyalarini bajaradi, mijozga ma’lum
bir resurs yoki xizmat ko‘rsatishdan foydalanishiga yordam ko‘rsatadi.
Server apparatlari
(apparatli ta’minot) odatda ishlatish uchun sodda va
foydalanish uchun ishonchli, kam energiya iste’mol qiladi, ba’zi holatlarda arzon.
SHu bilan bir qatorda uncha moslashuvchan emas.