|
- rasm. Donadorlangan karbamid olish sxemasiBog'liq карбамид1.7 - rasm. Donadorlangan karbamid olish sxemasi:
1 - karbamid eritmasi uchun idish (yig’gich); 2 - press-filtr; 3,16 - baklar; 4 - birinchi
bosqich bug’latish jixozining isitish kamerasi; 5 - separator; 6 - bug’langan eritma yig’gich; 7 -
yuza kondensatori; 8 – tomchi tutgich; 9 - vakuum-nasos; 10 - barometrik bak; 11 - ikkinchi
bosqich rotorli bug’latish jixozi; 12 — barometrik kondensator; 13 — bug’ oqimli ejektor; 14 —
donadorlash minorasi; 15 — donadorlagich; 17 — ventilyator; 18 — lentali transportyor; 19 —
donachalarni qaynovchi qatlamda sovuggich; 20 - elevator; 22 - chang va yirik donachalarni
baki; 23 -markazdan qochma nasos.
Birinchi bosqich qizdiruvchi kamera 4 va bug’ separatori 5 dan iborat. Ikkinchi bosqich
bug’latish jixozi esa 11 rotor turiga ega. Bunda vertikal bug’latish quvurida (bug’ kuylagi ichida)
rotor bo’ladi. U radial joylashgan plastinkalari bo’lgan vsrtikal o’qdan iborat. Uning aylanishi
natijasida bug’lanuvchi eritma yuza bo’ylab yupqa qatlam xolida taqsimlanadi.
Karbamid suyuqlanmasi bug’latish jarayonining 2-bosqichidan donadorlash minorasi 14
ustidagi idish 16 ga yuboriladi. U bug’ bilan isitib turiladi. Suyuqlanma idishdan donadorlarich
15 ga tushadi. Sochilayotgan tomchilar qarama-qarshi oqimli xavo ta’sirida donadorlanib
quriydi. Donachalar 60-70°S dan 40-50°S xaroratgacha «qaynovchi qatlam» jixozida sovutiladi.
Donachalar o’lchami 1-4 mm bo’lgan mahsulot minora ichidagi yoki yonma-yon joylashgan ikki
elakli elagichda ajratiladi va qoplarga joylanib omborga yuboriladi. O’lchami 1 mm dan kichik
va 4 mm dan katta bo’lgan donachalar (yoki kukun) bak 22 da yig’iladi. Ularni suvda eritilib
siklga qaytariladi.
«Stamikarbon» stripping jarayon usuli buyicha 1 t karbamid ishlab chiqarish uchun 0,58 t
NN3 (100% li), 0,75 t СО
2
(100% li), 4,82 GDj bug’, 65 m3 sovituvchi suv va 480 MDj
elektroenergiya sarf bo’ladi.
|
| |