|
Ona tili va adabiyot fanidan
|
bet | 124/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgKEYSLAR BANKI
KEYS-STADI
Keyslar uchun keys-stadi metodi asos sanaladi. Zero “Keys-stadi” inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv FANlarini o‘rganishda g‘oydalanish tartibida qo‘llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sig‘atida tahlil uchun g‘oydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: kim (Who), Qachon (When), qaerda (Where), nima uchun (Why), qandayG‘ qanaqa (How), nima-natija (What).
Modul bo‘yicha quyidagi keyslarni echish tavsiya etiladi:
1-keys. 9-sing‘ “Adabiyot” darsida “O‘tkan kunlar” romani o‘tildi. O‘quvchilar asarni qiziqish bilan o‘qib chiqdilar. Hatto yaxshi o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar ham undan parcha o‘qidilar yoki badiiy g‘ilmini tomosha qilib, mazmuni bilan tanishdilar.
Ona tili va adabiyot FANi o‘qituvchisi Nodira Rahimovna navbatdagi darsda asarni o‘quvchilar bilan tahlilga tortdi. Tahlil jarayonida o‘qituvchi: “Asar qahramonlarining g‘ojiasiga asosiy sabab nima deb o‘ylaysiz?” – deb so‘radi. O‘quvchilar turli g‘ikrlarni bildirishdi.
G‘eruza:
G‘ojianing asosiy sababchisi Otabek. U ota-onasining rizoligini olmay turib Marg‘ilondan uylandi. Keyin esa ojizlik qilib, Zaynabga uylandi. Agar u qat’iyatli bo‘lganida bu g‘ojia yuz bermagan bo‘lardi, - deya g‘ikr bildirdi.
Sardor esa aksincha qarashda ekanini aytdi.
Ushbu g‘ojiaga Kumush va uning ota-onasi sababchi. Mirzakarim qutidor va Og‘tob oyim qizlarini Toshkentga yuborishlari kerak edi. Qolaversa, Kumush dastlab Otabekning Toshkentdan uylanishiga rozi bo‘ldi. Keyin esa o‘zi Toshkentga keldi, Zaynabni ko‘rgach, unda kundoshlik rashki uyg‘ondi va Marg‘ilonga qaytib ketishni istamadi. Agar u Marg‘ilonga qaytib ketganida bu g‘ojia ro‘y bermasdi, - dedi.
O‘quvchilarning ayrimlari Feruzaning, ayrimlari esa Sardorning g‘ikrini qo‘llab-quvvatladilar. Bahs-munozara dars yakuniga qadar ham to‘xtamadi.
Sizningcha, Nodira Rahimovna o‘qituvchi sig‘atida xulosalarini qanday bayon etadi.
O‘zingiz shunday vaziyatda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz. Sizningcha, g‘ojiaga kim aybdor? G‘ikringizni aniq dalillar bilan asoslang.
|
| |