|
Malaka oshirish kursining ishchi dasturi quyidagi modullar mazmunini o‘z ichiga qamrab oladi
|
bet | 130/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgMalaka oshirish kursining ishchi dasturi quyidagi modullar mazmunini o‘z ichiga qamrab oladi:
I. Ijtimoiy modullar.
1.1. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosati
1.2. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari
II. Umumkasbiy modullar.
2.1. Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati
183
2.2. Ta’lim-tarbiya jarayoniga psixologik yondashuv
2.3. O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalarini qo‘llash
2.4. Amaliy xorijiy til
III. Mutaxassislik modullar.
3.1. Ona-tili fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar
3.2. Ona-tili fanini o‘qitish metodikasi
IV. Fanni o‘qitishning dolzarb masalalari. Kursning maqsadi va vazifalari
Ona tili fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursining maqsadi – ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni muntazam yangilash, mustaqil amaliy faoliyatda qo‘llash, malaka talablari asosida ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi:
-tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini muntazam o‘rgatish;
ona-tili fanini o‘qitishda ilg‘or ta’lim-tarbiya texnologiyalari va xorijiy tajribalarni o‘rganish;
ona-tili o‘qituvchilarini texnik va kreativ fikrlash, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish;
ona-tili fani o‘qituvchilarini ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
ona-tili fan o‘qituvchilarini xorijiy tilni o‘rganishga yo‘naltirish;
o‘quv jarayonini fan va ishlab chiqarish bilan samarali integrattsiyasini ta’minlashga qaratilgan faoliyatni tashkil etish;
malaka talablariga mos holda ona tili o‘qituvchilarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini innovatsion yondashuvlar asosida uzluksiz rivojlantirish.
|
| |