Har qanday tarmoq tizimidagi saytlar ma’lum bir topologiyada, tugunlarni bog‘laydigan ulanishlarning (kabellar, simsiz tarmoqlar yoki ikkalasi) geometrik joylashuvida bir-biriga fizik yoki mantiqan ulanishi mumkin. Eng keng tarqalgan topologiyalar shina, yulduz, xalqa, daraxtdir. Har bir topologiyada barcha saytlar o‘rtasida tezkor aloqa zarurligi, sayt yoki aloqa liniyasi ishlamay qolish (nosozliklar tufayli) holatlari, uzun aloqa liniyalarining narxi va bitta saytni boshqa ko‘plab saytlarga ulashning qiyinligi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqliklar mavjud. Tarmoqni loyihalashtiruvchisi uchun juda ko‘p yechimlar mavjud va ularning barchasi mijozning talablariga javob berishi mumkin. Loyihalashtiruvchilar qaysi konfiguratsiyani ishlatishni tanlashda to‘rtta mezonni hisobga olishlari kerak:
Asosiy xarajat - tizimdagi turli saytlarni bog‘lash uchun zarur bo‘lgan xarajatlar;
Aloqa narxi - xabarni bir saytdan boshqasiga yuborish uchun ketadigan vaqt;
Ishonchlilik - tizimda havola yoki sayt ishlamay qolgan taqdirda ham ko‘plab saytlar bir-biri bilan aloqada bo‘lishining kafolati;
Foydalanuvchi muhiti - biznesni muvaffaqiyatli investitsiyalash uchun tarmoq javob berishi kerak bo‘lgan muhim parametrlar.
Har bir mijoz uchun bir nechta yechimlar bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi tanlov barcha to‘rtta mezonni hisobga olishi kerak.
Shina topologiyasi
Shina topologiyasida barcha tugunlar 6.1- rasmda ko‘rsatilga-nidek tarmoqning butun uzunligi bo‘ylab ishlaydigan bitta aloqa liniyasiga
ulanadi. Qurilmalar kabellar bilan fizik bir-biriga bog‘langan, lekin kabellar markazlashtirilgan boshqaruv mexanizmi orqali o‘tmaydi. Barcha topologiya oxirida signallarni ifodolovchi terminatorlar joylashadi. Xabarlar bitta mashina orqali hammaga jo‘natiladi va faqat u kimga mo‘ljallangan bo‘lsa o‘sha uni qabul qiladi. Bunday tarmoq juda arzon va sozlash oson hisoblanadi. Kamchiligi umumiy kabel va terminator tizimidan chiqishda ishni rad etishi hisoblanadi. Shuningdek tarmoqni shikastlangan joyini topish qiyin.
6.1- rasm. Shina topologiyasi asosida qurilgan tarmoq
Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‘yicha uzatishi mumkin, chunki aloqa liniyasi bir dona bo‘ladi. Aks holda ustma ust (konflikt) tushishi natijasida uzatiladigan axborot buziladi. Ko‘p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologiyalarga nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. Shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chetdagilardan tashqari) ikkita kabel keladi, bu esa har doim qulay bo‘lmaydi.
Yulduz topologiyasi
Ba’zan konsentrator yoki markazlashtirilgan topologiya deb nomlanadigan yulduz topologiyasida 6.2- rasmda ko‘rsatilganidek, jo‘natuvchidan qabul qiluv-chiga o‘tish paytida barcha uzatiladigan ma’lumotlar markaziy boshqaruvchidan o‘tishi kerak bo‘lgan a’nanaviy yondashuvdir, chunki unda bitta markaziy kompyuterga qolgan barcha kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi.
Yulduz turidagi topologiyalarning umumiy kamchiligi, boshqa topologiyalarga qaraganda juda ko‘p kabel sarflanishi hisoblanadi. Bu esa butun tarmoqning narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yana bir kamchiligi sifatida markaziy tugunning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishini to‘xtatib qo‘yadi. Topologiyaning bu ko‘rinishi yuqori samarodorligi, tarmoqning to‘g‘ri loyihalashtirilganligi va shikastlangan joylarning oson aniqlashligi bilan ajralib turadi.
6.2- rasm. Yulduz topologiyasi asosida qurilgan tarmoq
Xalqa topologiyasi
Xalqa topologiyasi har bir punktga faqat ikkita liniyalar birlashtirilgan tapmoqni tavsiflaydi. Xalqa topologiyasi optik kabel yordamida lokal kompyuter tapmoqlari, transport tarmoqlari va abonent kirish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.
Xalqa topologiyasida qurilma o‘z qo‘shnisiga ikkita vosita orqali ulanadi. Ma’lumotlar paketi to‘qnash kelmasligi uchun qurilmadan- qurilmaga bir yo‘nalishda uzatiladi. Har bir qurilma ma’lumotlar uzatish uchun o‘z navbatini kutadi. Tizimdagi barcha qurilmalardan istalgan birining rad etilishi chiqishda muammolar keltirib chiqaradi va shikastlangan joyni topish qiyin.
6.3- rasm. Xalqa topologiyasi asosida qurilgan tarmoq
Xalqa topologiyada aloqa liniyalari orqali har bir kompyuter faqat ikkita boshqalari bilan bog‘lanadi: Faqat u biridan axborot oladi,
ikkinchisiga esa – faqat uzatadi. Har bir aloqa liniyasida, yulduz holatiga o‘xshab, faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi ishlaydi. Bu narsa tashqi terminallarni qo‘llashdan ozod qiladi. Halqani kamchiliklaridan (yulduzga taqqoslanganida) shuni hisoblash kerakki, tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak. Ikki qavat xalqa oraliq punktlar o‘rtasida fizik ulanishni juftliklari bilan tashkil qilinadi, bunda axborot oqimi ikki yo‘nalishda yo‘naltiriladi, ulardan biri asosiy, boshqasi esa –zahira bo‘ladi.
Daraxt topologiyasi
Daraxtsimon topologiya - bir nechta yulduz topologiyalarining kombinatsiyasi hisoblanadi. Ushbu topologiya passiv yoki faol kommutatorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulashni ta’minlaydi. Daraxt har bir yuqori darajadagi tugunni yulduzlarning birlashmasidan tashkil etuvchi, past darajadagi yulduz shaklidagi tugunlar bilan bog‘langan tarmoqlarning topologiyasi. Bundan tashqari, daraxt ierarxik yulduz deb ham ataladi. Daraxt nomi grafik nazariyasidan kelib chiqqan. Daraxtning birinchi tuguni ildiz deb ataladi. Daraxtlar faol va passiv bo‘lishi mumkin. Faol daraxtlarda kompyuterlar tugun sifatida ishlatiladi, passiv daraxtlar esa kommutatorlarda ishlatiladi. Topologiya ko‘pincha mahalliy tarmoqlarni kichik hajmdagi qurilmalar bilan o‘rnatish uchun asosan korporativ kommutatorlarni yaratishda ishlatiladi. Daraxtsimon topologiya katta tarmoq bo‘lgani uchun, barcha kompyuterlar tarmoqqa yaxshi kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu, aslida, bir nechta kompyuterni bitta daraxtga ulashning eng samarali usuli hisoblanadi.
6.4- rasm. Daraxt topologiyasi asosida ulangan tarmoq
|