|
yangi optik kabellarni yotqizish
|
bet | 11/24 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 15,81 Mb. | | #243747 |
yangi optik kabellarni yotqizish;
-yuqori ishlab chiqaruvchanli vaqtli multipleksorlashga ega bo'lgan apparaturalardan foydalanish;
WDM texnologiyalaridan foydalanish.
Birinchidan tolada, yorug'lik impulslarini kengayishiga olib keluvchi dispersiyaning mavjudligi axborotni uzatish tezligini chegaralanishiga olib keladi.
Ikkinchidan, uzatish tezligining oshishi bilan FQq ning sezuvchanligi va yorug'lik signallarining eltuvchisini axborotli signallar bilan modulyasiyalanish chuqurligi pasayadi, natijada S/ShN ham kamayadi.
Tolali optik aloqa liniyalari bo'yicha axborotlarni uzatish tezligini, axborot hajmini oshishi yangi optik texnologiyalarni, kanallarni to'lqin uzunligi bo'yicha multipleksorlovchi (zichlovchi) WDM va DWDM deb ataluvchi texnologiyalarni yaratilishiga olib keldi.
WDM texnologiyasini qo‘llashdan maqsad nima, sinxron raqamli
uzatish tizimlariga nisbatan uning qanday afzalliklari mavjud?
WDM texnologiyasining avzalligi:
kanallarning o'tkazuvchanlik qobiliyatini yuqoriligi;
ma'lumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi;
WDM tizimining modul tuzilishi tarmoqni oson modernizasiyalash va kanallar sonini oson oshirish; - bitta optik tola orqali trafiklarni ikki tomonlama, dupleks rejimda (bir vaqtning o'zida ikki tomonlama yo'nalishda) uzatish imkonining mavjudligi;
tor oraliqli yarim o'tkazgichli lezerlardan foydalanish imkoniga egaligi (nurlanish spektrining kengligi 0,1 nm); - keng polosali kuchaytirgichlardan va yaqin kanallarni ajratishda optik filtrlardan foydalanish imkoniyati;
qo'llaniladigan multipleksor va demultipleksorlarni narhini arzonligi;
to’liq optik tarmoqlarga o’tish.
WDMli tizimning tuzilishi va uning ishlash prinsipini tavsiflang.
WDM texnologiyasi bir vaqtning o'zida keng spektrdagi optik nurlanishlarni o'tkazuvchi optik tola qobiliyatiga yoki interferensiyalanmaydigan va o'zaro bog'lanmagan to'lqin uzunliklarining juda katta majmuasiga asoslangan.
WDM (wavelength division multiplexing) to'lqin uzunligi bo'yicha ajratishga ega bo'lgan
multipleksorlash,
DWDM (dense wavelength division multiplexing) to'lqin uzunligi bo'yicha ajratishga ega bo'lgan zich multipleksorlash ma'nosini anglatadi.
WDM texnologiyasi optik kanallarning va aloqa tarmoqlarining o'tkazuvchanlik qobiliyatini 100 martagacha oshirish va OT ning o'tkazish qobiliyatidan samarali faydalanish, terabit va undan yuqori tezligiklarga etkazish imkonini beradi.
WDMning qanday afzallik va kamchiliklarini bilasiz?
|
| |