|
WDM texnologiyasining avzalligi
|
bet | 12/24 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 15,81 Mb. | | #243747 |
WDM texnologiyasining avzalligi:
kanallarning o'tkazuvchanlik qobiliyatini yuqoriligi;
ma'lumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi;
WDM tizimining modul tuzilishi tarmoqni oson modernizasiyalash va kanallar sonini oson oshirish; - bitta optik tola orqali trafiklarni ikki tomonlama, dupleks rejimda (bir vaqtning o'zida ikki tomonlama yo'nalishda) uzatish imkonining mavjudligi;
tor oraliqli yarim o'tkazgichli lezerlardan foydalanish imkoniga egaligi (nurlanish spektrining kengligi 0,1 nm); - keng polosali kuchaytirgichlardan va yaqin kanallarni ajratishda optik filtrlardan foydalanish imkoniyati;
qo'llaniladigan multipleksor va demultipleksorlarni narhini arzonligi;
to’liq optik tarmoqlarga o’tish.
WDM texnologiyasi kamchiliklari:
yaqin chastotalarni qo'llaganda DWDM tizimlarining eng qimmatbaho elementlaridan biri bo'lgan, to'lqin uzunliklarining yuqori mo'tadil va tor nurlanish spektriga ega bo'lgan lazerlarning talab qilishi;
multipleksor/demultipleksorlarda signal quvvatlarining zaiflashishi;
ko'p hollarda WDM qurilmalarining va vaqtli multipleksorlash qurilmalarining ishchi to'lqin uzunliklarini mos kelmasligi;
kommutasiya tugunlari sifatining pastligi;
turli texnologiyalarning axborotlarini multipleksorlash kerakligi
tufayli boshqarishda muammolarining yuzaga kelishi; - nurlanish quvvatining oshishi nochiziqli effektlarni yuzaga keltiradi va kanallarning o'zaro ta'sirlashuviga olib keladi.
WDMli tizimlarda qanday multipleksorlar qo‘llaniladi, qaysi biri keng tarqalgan, nima uchun?
Tizimning uzatuvchi qismi turli to'lqin uzunligiga ega bo'lgan signallar WDM MUX multipleksorlari yordamida multipleksorlanadi va optik tolaga uzatiladi.
WDM texnologiyasi turli to'lqin uzunlikli signallarni optik kabelning bitta optik tolasi orqali uzatish imkonini beradi, bu bilan o'tkazish qobiliyati talablariga bo'lgan ehtiyoj qondiriladi. Qabul qiluvchi qismda tola chiqishidan oqim qabul qilinadi va demultipleksorlanadi, ya'ni to'lqin tashuvchiga ega bo'lgan oqimlarga ajratiladi.
WDM ning prinsipial sxemasi juda oddiy. Bunday texnologiyada bir tola orqali SDH ning bir nechta optik kanalini uzatish uchun, signallarning optik to'lqin uzunligi o'zgartiriladi, multipleksor yordamida ular birlashtiriladi va optik liniyaga beriladi. Qabul qiluvchi punktda teskari jarayon amalga oshadi
WDMda multipleksorlash qanday amalga oshadi?
WDMning qanday sinflarini bilasiz? Ularning bir-biridan farqi nimada?
|
| |