• Global axborot infratuzilmasini
  • Optik signallarning qanday xususiyatlarini bilasiz?




    Download 15,81 Mb.
    bet15/24
    Sana19.05.2024
    Hajmi15,81 Mb.
    #243747
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
    Global tarmoqlar (Wide Area Networks, WAN) katta hududga hudud, mintaqa, mamlakat, qit'a yoki butun dunyo bo'ylab tarqalgan ko'p sonli abonentlarga xizmat ko'rsatish uchun xizmat qiladi.
    Telekommunikatsiya rivojlanishining evolyutsion jarayonining yakuniy maqsadi - foydalanuvchilarga ochiq ilovalar to'plamini taqdim etuvchi va barcha turdagi ma'lumotlarni qamrab oladigan xizmatlar to'plamini istalgan joyda, istalgan vaqtda, hamyonbop narxda va talab qilinadigan sifatda olish imkoniyatini beruvchi Global axborot infratuzilmasini (GII) yaratish. Global tarmoq abonentlari - bu turli shaharlar va mamlakatlarda joylashgan korxonalarning mahalliy tarmoqlari bo'lib, ular bir-biri bilan ma'lumot almashishi kerak.
    Global tarmoq orqali har qanday turdagi ma'lumotlar uzatilishi mumkin: kompyuter ma'lumotlari, telefon so’zlashuvlari, fakslar, telegrammalar, televizion tasvirlar, teleteks (ikki terminal o'rtasida ma'lumotlarni uzatish), videoteks (tarmoqda saqlangan ma'lumotlarni terminalingizga qabul qilish) va boshqalar.
    Optik telekommunikatsiya tarmoqlarini mavjud tarmoq topologiyalari bilan o'zaro bog'lashning arzonligi va soddaligini, shuningdek, amalda cheklanmagan o'tkazish qobiliyatini hisobga olgan holda, yaqin kelajakda global va magistral telekommunikatsiya tarmoqlarining to'liq optikaga o'tishini kutishimiz mumkin.
    Keng polosali ulanishga ega tolali optik telekommunikatsiya tarmoqlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishida yangi bosqichni ochmoqda.



    1. Tolali optik kabellar bo‘yicha ishlovchi abonent tarmoqlarida qanday texnologiyalarni qo‘llash mumkin? Ularning afzalligi nimada?

    Agar oxirgi yillarda zamonaviy aloqa tarmoqlarining tolali optik kabellar orqali tashkil qilinayotganini, o'tkazuvchanlik qobiliyatining yuqoriligini nazarda tutsak, abonent tarmoqlarida PON texnologiyasini qo'llash maqsadga muvofiqdir.
    PON texnologiyasining asosiy vazifasi, markaziy tugunlar orasidagi magistralni (SDH/ATM) va abonent tugunlarini ulash, shuningdek daraxtsimon topologiyali to'liq passiv optik tarmoqni yaratishga asoslangan, oraliq tugunlarda esa ta'minot va xizmatni talab qilmaydigan kompakt passiv optik ajratgich (birlashtirgichlar yoki splitterlar deb ham ataladi) joylashgan.
    PON texnologiyasi Telekommunikasiyalar bo'yicha xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU-T) tomonidan G.983.1 va G.983.2 tavsiyalari nomini olgan.
    PON ning passiv optik tarmoqlagichlari asosidagi daraxtsimon topologiya.



    1. PON texnologiyasining afzalligi nimada? Uning qanday turlari mavjud, ular nima maqsadlarda qo‘llaniladi?

    PON arxitekturasining afzalliklari:

    • oraliq aktiv qurilmalarning yo'qligi;

    • markaziy tugunda optik uzatgich va qabul qilgichlarning tejalishi; - tolaning tejalishi;

    • yangi abonentlarni ulashning engilligi va xizmat ko'rsatishning qulayligi.

    Kamchiligi: PON texnologiyasining murakkabligi va oddiy daraxt topologiyasida zahiralashning yo'qligidir.
    PON tarmog'ining xususiyatlari:

    • bir tola bo'yicha bir-biriga qarama-qarshi ikki uzunlikdagi (1550 nm va 1310 nm) to'lqinni uzatuvchi daraxtsimon arxitekturadan iborat. Ikki xil to'lqin uzunligi uzatgich va qabul qilgich orasida yaxshiroq izolyasiyani ta'minlaydi, shuningdek ikki to'lqin uzunliklarining ta'sirlashuvida qimmat bo'lmagan planar lazer diodlar (PLC) ni ishlatish mumkin, bu tizim narxini sezilarli darajada kamaytiradi; - daraxtning oraliq tugunlarida passiv optik tarmoqlagichlar joylashadi;

    • TDMA ulanish usulidan foydalanish abonenlar orasida o'tkazish polosasini moslashuvchan taqsimlanishiga yo'l qo'yadi;

    • markaziy tugundan kelayotgan bitta tolaga 32 ta, maksimum 64 ta abonent tugunlarini ulash mumkin;

    • PON texnologiyasida kiruvchi trafikni keng ommaga yetkazib berishda oqimlarni spektral ajratishdan va chiquvchi kanalda esa vaqt

    bo'yicha multipleksorlashdan foydalaniladi;
    maksimal masofasi 20 km ni tashkil qiladi.



    Download 15,81 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




    Download 15,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Optik signallarning qanday xususiyatlarini bilasiz?

    Download 15,81 Mb.