|
PON texnologiyasi Full Services Access Network (FSAN) standartiga asoslangan bo'lib, bu texnologiya quyidagi standartlar bo'yicha qurilishi mumkin
|
bet | 16/24 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 15,81 Mb. | | #243747 |
PON texnologiyasi Full Services Access Network (FSAN) standartiga asoslangan bo'lib, bu texnologiya quyidagi standartlar bo'yicha qurilishi mumkin:
A-PON – ATM protokolini qo'llashga asoslangan;
E-PON – Ethernet formatida kadrlarni optik trakt orqali uzatishga asoslangan;
B-PON - Broadband PON – keng polosali xizmatlar bilan birga
Ethernet ulanishni, analog va raqamli videoni translyasiya qilishni amalga oshiradi;
G-PON - Gigabit PON – yangi echim, juda yuqori unumdorlikka
ega bo'lib, multiservisli xizmatlarni amalga oshirishga mo'ljallangan.
Bunday tarmoqlar iqtisodiy tomonidan tejamli va keng polosali turli axborotlarni o'tkazish qobiliyatiga ega.
APON texnologiyasi
1990 - yil o'rtalarida ko'pchilik nuqtai nazaridan faqat ATM protokoligina oxirgi abonent bilan aloqa xizmatlari sifatiga muvofiq kafolat berish qobiliyatiga ega bo'lgan. Shuning uchun FSAN (British Telecom, France Telecom, Deutsche Telecom, NTT, KPN, Telefonica va Telecom Italia kabi yetti kompaniya tomonidan FSAN (full service access network) deb nomlangan konsorsium tuzildi), PON tarmog'i orqali mulьtiservis xizmatlarni transportini ta'minlashni, ATM texnologiyasiga asosan tanlagan.
Shunday qilib, APON standartining kengaytirilgandan keyingi nomi BPON (broadband PON) deb ataldi. Turli ishlab chiqaruvchilarning APON qurilmasi quyidagi magistral interfeyslarni qo'llaydi: SDH (STM-1), ATM (STM-1/4), Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, video (SDI PAL), E1 (G.703) abonent interfeyslari, 100/10 Mbit/s li Ethernet 10/100 Base-TX, (FXS) telefoniya.
Markaziy va abonent tugunlari bilan o'zaro bog'lanuvchi APON MAC protokoli. Abonent tuguni bilan markaziy tugunning o'zaro bog'lanishi, ulanish o'rnatish bilan boshlanadi. Shundan so'ng ma'lumotlar almashinishi sodir bo'ladi. Bularning barchasi APON MAC protokoliga muvofiq bajariladi. Ulashni o'rnatish jarayonida quyidagilarni o'z ichiga oluvchi ranjirlash protsedurasi ishga tushadi: masofa bo'yicha ranjirlash, quvvat bo'yicha ranjirlash va sinxronizatsiya.
MAS protokoli APON ulanish tizimi uchun uchta masalani echadi:
- teskari oqimdagi uzatishlarda kolliziyaning yo'qotilishi; - teskari oqimda polosani aniq, samarali dinamik bo'lishi; - ilova transporti uchun eng yaxshi moslashtirishni saqlashi.
APON MAC protokoli so'rov/ruxsat mexanizmiga asoslanadi. Asosiy g'oyani ONT tomonidan talab qilingan polosa so'rovlarini jo'natish tashkil etadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
PON texnologiyasi Full Services Access Network (FSAN) standartiga asoslangan bo'lib, bu texnologiya quyidagi standartlar bo'yicha qurilishi mumkin
|