|
Optik signallarning qanday xususiyatlarini bilasiz?
|
bet | 18/24 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 15,81 Mb. | | #243747 |
GPON texnologiyasi
GPON texnologiyasining afzalliklari nimadan iborat va u zamonaviy ulanish tarmog'ini amalga oshirishga qay darajada mos keladi.
GPON (Gigabit PON) ulanish tarmog'i arxitekturasini APON texnologiyasining uzviy davomi sifatida qarash mumkin.
GPON XEI-T Rec. G.984.3 tavsiyasi 2003 yil oktyabrida qabul qilingan.
GPON 622 Mbit/s dan 2,5 Gbit/s gacha uzatish tezligida kadrlarni masshtablashgan strukturasini namoyish etadi, kiruvchi va chiquvchi oqimlar uchun PON daraxitida simmetrik kabi assimetrik bitli tezliklarni qo'llaydi, shuningdek sinxron transport
ilovalarida turli xizmatlarni (jumladan TDM ni ham) inkapsulyasiyasini ta'minlagan holda XEI-T G.704.1 GFP (generic framing protocol, kadrlarning umumiy ilovasi) tavsiyasi bazasiga tayanadi.
GPON, to'g'ri oqimi (ulanish tugunidan abonentga) ning 1,244 Gbit/s va 2,488 Gbit/s, teskari oqimining esa 155 Mbit/s, 622 Mbit/s va 1,244 Gbit/s o'tkazish qobiliyatini tashkil etadi.
GPON ning afzalliklari:
PON ga ulanuvchi har qanday mijoz uchun “gigabit rejimida inkapsulyatsiyalash” ni qo'llash;
ma'lumotlarni simmetrik kabi assimetrik uzatish tezligida ham qo'llab quvvatlash (kirish va chiqish oqimlarida);
bir to'lqin uzunligida 256 gacha mantiqiy ONT larni qo'llab quvvatlash;
kirish va chiqish oqimlarida ko'rsatkichlar yordamida o'tkazish polosasining tarqalish mexanizmi;
ONTdagi himoyalangan bitlarning konfigurasiyalangan soni;
ONT ni avtomatik va davriy aniqlash usuli;
har bir ONT ni himoyalash- AES algoritmi yordamida ulanish; - (ONT) abonent tugunlaridan (OLT) markazga turli holatlar va hisobotlar soni;
OAM ajratilgan kanallar.
Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini loyihalash uchun qanday boshlang‘ich ma’lumotlar kerak bo‘ladi?
Telekommunikatsiya tarmoqlarining uzatish liniyalarini loyihalash va qurish haqida qaror regionlararo kompaniyalarni va operatorlarning aloqa tarmoqlarini, ularning magistral, zonaviy va mahalliy birlamchi tarmoqlarini va texnologik aloqa tarmoqlarini rivojlantirish sxemalari asosida, shuningdek iqtisodiy maqsadga muvofiqlilik, xo‘jalik, ijtimoiy va xavfsizlik zaruriyatlari asosida qabul qilinadi. Loyihalash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar quyidagilar hisoblanadi:
- aloqani tashkil etish sxemasi;
- turli ishlab chiqaruvchilarning apparatura va kabellari texnik xarakteristikalariga qo‘yiladigan talablar, ishonchlilik va narx navoni qo‘shib;
- uzatish liniyalarining talab etiladigan o‘tkazish qobiliyati, shuningdek rivojlanish istiqbolini e’tiborga olgan holda;
- aloqa operatorining ta’sir doirasida talab etiladigan ishonchlilik ko‘rsatkichlari va b.q.
Loyihalash bosqichida aniqlash kerak bo‘lgan, tarmoqning asosiy xarakteristikalari quyidagilar hisoblanadi: ishonchlilik, asosiy va rezerv o‘tkazish qobiliyatlari kattaliklarining nisbati, boshqariluvchanlik, moslashuvchanlik va masshtabga muvofiqlik. Bundan tashqari tarmoq iqtisodiy xarakteristikalarga ham ega, masalan, kapital xarajatlar va uning raqobatlilik qobiliyatini aniqlovchi, xarajatlarni oqlash vaqti.
Birlamchi telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish raqamli uzatish tizimlaridan, raqamli kommutatsiya tizimlaridan va tolali optik aloqa liniyalaridan keng foydalanish asosida amalga oshiriladi. Birlamchi tarmoqning uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar faqatgina loyiha va smeta mavjud bo‘lgandagina olib boriladi. Loyiha va smetalar qoida va tarkib, moslashish tartibi haqidagi boshqaruvchi materiallarga mos holda ishlab chiqiladi va bino, inshoot, korxonalarni qurish va rekonstruksiya qilishga loyiha – smeta xujjatlari tasdiqlanadi.
Birlamchi telekommunikatsiya tarmoqlarining faoliyatdagi uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyihalashni asosan «Aloqa loyiha» Davlat Unitar korxonasi amalga oshiradi. Bundan tashqari loyihalash bo‘yicha ishlar aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan ham olib boriladi. Ularning tarkibiga aloqa inshootlarining faoliyat maydoni doirasida ularni qurish loyihalarini aniqlovchi va qurilish maydonlarini tanlashda ishtirok etuvchi va aloqa inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga texnik sharoitlar (TSH) ni tuzuvchi loyiha bo‘limlari (yoki ularga o‘xshash xizmatlar) kiradi.
Loyihalash jarayonida ishchi muloqotga: aloqa inshootlarini qurishni rejalashtiruvchi buyurtmachi, (vazirlik, muassasa, aloqa operatori va b.q.) va loyiha ishini amalga oshiruvchi bosh loyihachi - loyiha tashkiloti kiradi, bunda maxsus loyiha tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin. Loyiha tashkilotlari buyurtmachi bilan birgalikda texnik - iqtisodiy asoslashlar (TIA) ni ishlab chiqaradi.
Loyiha bir qator zarur bo'limlardan iborat: - umumiy tushintirish yozuvi; - ishlab chiqarish texnologiyasi; - qurilish qarorlari; - qurilishni tashkil etish; - aholi turar joylarining qurilishi; - ishchi xujjatlarni tutish va b.q. Loyiha xujjatlarini tayyorlash, uzatish liniyasining kelgusi qurilish sharoitlarini va ularning uskunalarini foydalanishga tushirish sharoitlarini to'liq o'rganish maqsadida, izlanish ishlari majmuasini o'tkazishni talab etadi
Uzatish liniyasini loyihalashda quyidagi masalalar echiladi:
- uzatish liniyasining trassasini tanlash;
- oxirgi va oraliq punklarning ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikalari;
- talab etiladigan kanallar sonini asoslash va hisoblash;
- regeneratsiyalash punktlarini joylashtirish va boshqalar.
Aholi punktlarida trassa asosan mavjud yoki loyihalashtirilayotgan kabelli kanalizasiya bo'ylab, tonnellarda va ayrim xollarda erda o'tishi kerak. Trassa bo'ylab punktlar orasidagi masofa izlanishlar jarayonida aniqlanadi.
Trassaning optimal variantini tanlash quyidagi me'zonlar bo'yicha olib boriladi:
- qurilishga minimal kapital xarajatlar;
- minimal ekspluatasiya xarajatlari;
- xizmat ko'rsatish qulayligi
To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlariga ta’rif bering.
Optik signalning so‘nish parametri qanday aniqlanadi?
Tolali optik aloqa tarmoq’ining tuzilishini tushuntiring va ta’riflang.
Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlari vazifasi va signallarni uzatish masofasiga ko’ra qanday tasniflanadi?
TOATda elektromagnit nurlanishlarning tarqalish yoiini tashkil etish uchun maxsus optik yom giik uzatkich — optik tolalar qoilaniladi. Hozirgi vaqtda uzatish xarakteristikalari yuqori darajada boigan yom giik uzatkichlar, optik tolalar ishlab chiqilgan. Ammo axborotlarni ochiq fazo va atmosferada uzatishga asoslangan OOAT ham, radioaloqa uchun ajratilgan chastotalarni toidim vchi vosita sifatida qiziqishlarni namoyon etadi.
Optik aloqa tarmog‘i bu tugunlar orasi optik uzatish muhiti orqali bogiangan aloqa tarm ogidir. Tugunlar orasi tolali optik uzatish muhiti orqali bogiansa, tolali optik aloqa tarm ogi, ochiq optik uzatish muhiti orqali bogiansa, ochiq optik aloqa tarm ogi deb ataladi. Qoilaniladigan modulyatsiya turiga ko‘ra analog va raqamli OAT ga bo‘linadi. Analog OAT da modulyatsiyaning analog usullari: amplituda, chastota va faza modulyatsiyasi turlari qoilaniladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog uzatish uchun talab etiladigan shovqin bardoshlilikni ta'minlash texnik murakkabligi sababli analog OAT dan foydalanish chegaralangan. Shunga qaramay bir qator sohalar (optik kabelli televideniye, telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlari)da qo‘llaniladi.
Vazifasi va signallarning uzatish masofasiga ko‘ra, OAT magistral, mintaqaviy, mahalliy-shahar va qishloq aloqa tizimlariga bo'linadi. Magistral OAT signallarni 1000 km ga, mintaqaviy OAT signallarni 600 km ga uzatish, shahar OAT shahar telefon tarmog'ining bog‘lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
Optik transport tarmog'ida qanday texnologiyalar ishlatiladi?
Transport tarmog'ining funktsiyalari ikki guruhga bo'linadi:
• asosiy (transport) funktsiyalari -to'g'ridan-to'g'ri bir nuqtadan boshqasiga transport tarmog'idan ma'lumot uzatishni ta'minlash;
• yordamchi funktsiyalar - boshqaruv, sinxronizatsiya, energiya ta’minoti va boshqa funktsiyalarni bajaradigan qo'llab-quvvatlash tarmoqlari.
Abonent kirish tarmoqlarida qanday optik texnologiyalardan foydalanilmoqda? Ularning xususiyatlarini ta’riflang.
Abonent optik kirish tarmoqlari FTTx (Fiber Transport To…, ya'ni optik transport tarmog'i... gacha) degan nom olib yangi avlod tarmoqlarini qurishda keng qo'llanilmoqda.
FTTx tuzilishiga ko'ra quyidagi turlardan iborat:
FTTCab (Fiber To The Cabinet) – taqsimlash jovonigacha optik kabel yotqizish;
FTTC (Fiber To The Curb) – taqsimlash qutisigacha optik kabel yotqizish;
FTTH (Fiber To The Home) – uygacha optik kabel yotqizish;
FTTB (Fiber To The Building) – binogacha optik kabel yotqizish; FTTP (Fiber To The Premises) – tarmoq segmentigacha optik kabel yotqizish;
FTTO (Fiber To The Office) – ofisgacha optik kabel yotqizish; FTTU (Fiber To The User) – foydalanuvchi terminaligacha optik kabel yotqizish.
FTTx texnologiyasining umumiy arxitekturasi FTTx texnologiyasini amalga oshirish variantlari FTTx texnologiyalarini xususiyatlari:
FTTH:
optik kabelning ko'p sarflanishi qimmat va optik tolani abonentgacha (yangi) tortish kerak;
oraliqlarda aktiv qurilma ishlatilmasligi sarf xarajatlarni kamaytiradi; - yuqori o'tkazish polosasi ega;
turli multiservisli xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini beradi; - yuqori uzatish sifatini, to'liq optik tarmoqlarga o'tish imkonini yaratadi.
FTTB:
optik tola/kabel ko'p sarflanmaydi;
mavjud bo'lgan abonent o'tkazgichidan foydalanish mumkin;
o'tkazish polosasi bo'yicha chegaralangan;
oraliqlarda aktiv qurilma ishlatilishi qo'shimcha sarf xarajatlarga olib keladi.
FTTC:
nisbatan arzon;
o'tkazish qobiliyati chegaralangan.
Optik aloqa tarmoqlari qanday tasniflanadi?
Yuqori o'tkazish qobiliyatiga bo'lgan talabni qondirish uchun global telekommunikatsiya tarmoqlari yaratilmoqda. Milliy bozorlarning jahon telekommunikatsiyalariga integratsiyalashuvi har bir fuqaroning jahon axborot tarmog‘iga kirishini ta’minlaydi.
|
| |